AI | DigiTech
53.3K subscribers
2.94K photos
1.54K videos
2.67K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🌊 Okean tubida 93 kun yashagan olimning tanasi 10 yoshga yoshardi

Haddan tashqari kuchli bosim inson tanasiga qanday ta’sir qilishini o’rganish uchun shifokorlar professor Jozef Dituri bilan bir qator sinovlarni o’tkazishdi. U uch oydan ortiq vaqt davomida Atlantika okeani tubida yashadi.

Ma’lum bo’lishicha, olim hujayralarining yoshligi uchun mas’ul bo’lgan va yoshga qarab qisqaradigan telomerlari 20 foizga, ildiz hujayralar soni esa 10 barobarga ko’paygan. Shuningdek tanadagi xolesterin darajasi sezilarli darajada kamaygan.

Okeanga ko’chamiz shekilli :)

📟 DigiTech
👍247😁70🤯24🤓14😇12👏7😨7🔥5💯53🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Matnli tavsif asosida 3D modellar generatsiya qilib beruvchi yana bir ajoyib neyrotarmoq — 3DFY

Har-xil turdagi tayyor 3D modellar ham mavjud, ro’yxatdan o’tgandan so’ng 10 ta generatsiya bepul.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍36🔥85🤯3💯2👨‍💻2🤝1
☀️ Olimlar birinchi bor quyosh energiyasini koinotdan Yerga uzatishga muvaffaq bo’lishdi

Kosmik sun’iy yo’ldoshga energiya uzatish uchun mikroto’lqinli panjara o’rnatildi. U Quyoshdan energiya yig’ib, uni elektr energiyasiga aylantirdi va uni o’ta aniq mikroto’lqinlar ko’rinishida Kaliforniya universiteti tomida joylashgan qabul qiluvchi uskunaga uzatdi.

Bu texnologiya yordamida cheksiz miqdordagi kosmik energiyani to’plab, uni sayyoramizning istalgan nuqtasiga jo’natish mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
👍162🤯67👏29🔥6😡4🤔3🤓3😍21😨1
🧩 Kanadadagi Vaterloo universiteti o’z veb-saytida Slide o’yinini joylashtirdi va barchamizga tanish ekran qulfini g’ayrioddiy boshqotirmaga aylantirdi

Tashqi ko’rinishidan hamma narsa oddiy: barmog’ingizni suring, keyingi bosqichga o’ting. Biroq, ishlab chiquvchilar har-xil qiyinchiliklar va tuzoqlarni qo’shishgan.

Sinab ko’ring, qaysi bosqichgacha yetganingiz bilan izohlarda bo’lishing.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍87😡19👏9👨‍💻21💯1😇1
📰 Germaniyaning Bild gazetasi moliyaviy muammolar tufayli yuzlab ishchilarni sun’iy intellektga almashtiradi

Ular "muharrirlar, matbuot xodimlari, korrektorlar va foto muharrirlar kelajakda kerak bo’lmaydi", ChatGPT va boshqa sun’iy intellektlar "mustaqil jurnalistikani har qachongidan ham yaxshiroq qilishlari" mumkin deb hisoblashadi.

Kompaniyaning hisob-kitoblariga ko’ra, ular xodimlarni qisqartirish orqali 100 million yevro tejashadi.

📟 DigiTech
🤯118👍24😨10👏9🤔6👨‍💻41
🤔 Mark Sukerberg Ilon Mask bilan jang qilmoqchi. Yoki aksincha?

Hammasi Ilon Mask, Sukerbergning Twitter’da raqobatchilar texnologiyasidan nusxa ko’chirish strategiyasini masxara qilishi bilan boshlandi. Sharhlarda kimdir unga "ehtiyot bo’lish kerak", deb yozdi, chunki Mark yoshroq va jiu-jitsu bilan shug’ullanadi, keyinroq Sukerbergning o'zi unga: "Menga joy nomini yubor" deb yozgan.

Ilon Mask kulib, "qafasdagi jangga tayyorligini" aytdi va buni Las-Vegas oktagonida qilishni taklif qildi.

Asr jangini ko’ramiz shekilli :)

📟 DigiTech
🔥164😁96👍53👏73👨‍💻3🤯2🤩21🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍕Kuryerlar endi uchadi! Domino's pizza reaktiv uchuvchi kostyumlarda pitsa yetkazib beradi.

Yangi yetkazib berish usulini bugun 200 000 ga yaqin odamlar to’planadigan Glastonberi musiqa festivalida sinovdan o’tkazishadi.

📟 DigiTech
🔥82👍47😁11🤩75👨‍💻4👏21
▪️Daniya Bosh vaziri ChatGPT tomonidan yozilgan matn bilan nutq so’zladi

Daniya hukumati rahbari an’anaviy nutq so’zlab, so’ngra nutq ChatGPT tomonidan yozilganligini aytdi. Shu bilan birga, Bosh vazir sun’iy intellektlar rivojlanishi bilan bog’liq foyda va xavfni aytib o’tdi.

“Uning nimaga qodirligi bir vaqtda ham qiziqarli, ham qo’rqinchili” — deya ta’kidladi. Gap shundaki, chatbotlar Internetni noto’g’ri ma’lumotlar bilan osongina to’ldirishi mumkin va bu haqiqatni yolg’ondan ajratishni juda qiyinlashtiradi.

📟 DigiTech
👍121😁20🤯11🔥84🤓3👨‍💻3👏2🤔2😡1
▪️Twitter foydalanuvchisi chiroyli AR animatsiyali 3D QR-kod yasadi

Sinab ko’rish uchun QR-kodni skanerlang, brauzeringizda so’ralgan ruxsatlarni bering va animatsiyani ko’rish uchun QR-kodni qayta skanerlang.

Siz bunday QR-kod turlari bo’yicha qanday fikrdasiz?

📟 DigiTech
👍85🔥9👏7🤩6🤓4💯3👨‍💻31🤯1
🔋Kembrij universiteti olimlaridan yig’ilgan startap, elektromobillar uchun o’ta tez zaryadlashni ishlab chiqdi – bu deyarli yoqilg’i quyish shoxobchasida benzin to’ldirgandek tez

Texnologiyani namoyish qilish uchun Lotus Elise asosida prototip qurilgan. Uning 35 kVt/soat quvvatga ega akkumulyatori atigi olti daqiqada 100% to’ldi, shu bilan birga u bir zaryadda 250 km yurgan.

Ular 2024-yildayoq bunday akkumulyatorlarni ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
👍110🔥166😍4👏3🤯2👨‍💻2🤩1
🤖 ChatGPT Shveytsariyalik muhandislarga pomidor teruvchi robotni yaratishda yordam berdi

Neyron tarmoq robotning texnik xususiyatlarini, uning shakli, materiallari va boshqaruv tizimini tanlashga yordam berdi. Natijada pomidorlarga zarar yetkazmasdan terib oladigan robot yasaldi.

📟 DigiTech
👍98🤯47👏7🔥5💯52👨‍💻1😇1
😴 Olimlar chet tilini uyquda o’rganish mumkinligini aniqlashdi

Shveytsariyalik tadqiqotchilar chuqur uyqu paytida miya yangi xorijiy so’zlarni va ularning tarjimasini samarali eslab qolishga qodirligini aniqlashdi.

Tajribada 30 kishi quloqchin bilan uxlagan: ularga 27 juft xorijiy so’zlar va ularning tarjimasini eshittirishgan (so’zlar 4 marta takrorlangan). Tajribaning haqqoniyligi uchun xato tarjima eshittirilgan.

12 va 36 soatdan so’ng ishtirokchilar testdan o’tishdi. Tajribadan 12 soat o’tgach tarjimadagi so’zlarni to’g’ri topish foizi 37%, 36 soatdan keyin esa - 41% to’g’ri javoblar berilgan.

Endi sizga nega ko’p uxlaysan deyishsa, ularga shu postni jo’nating 😎

📟 DigiTech
👍135😁93🤯7🔥6👏4👨‍💻421😇1
AI | DigiTech
Photo
▪️Ilon Maskning Mark Sukerberg bilan jangi «bekor» qilindi

Bu kutilmaganda yuz berdi: Ilon Maskning onasi twitterda u jangga qarshi ekanligini va "jangni bekor qilganini". Shu bilan bir qatorda, 75 yoshli Mey Mask raqiblarga mushtlashib emas, zukkolik bilan bellashishni va uchta savolga imkon qadar kulgili javob berishni taklif qildi.

Ilon Maskning o’zi bu ma’lumotga hali rasman izoh bermagan. Biroq, bundan oldin UFC prezidenti Dana Uayt ikkala milliarder bilan telefon orqali gaplashib, ularning qarorlari jiddiyligi va jang tashkilot tarixidagi eng ko’p ko’rilgan jangga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega degan xulosaga kelgan.

📟 DigiTech
👍162😁62👏13🤯76🔥6🤩3👨‍💻3🤔2💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Sun’iy intellekt 15-20-asrning buyuk haykaltaroshlari birgalikda ishlaganda nima bo’lishini ko’rsatdi

Muhandislar sun’iy intellektni 1475-yildan 1962-yilgacha yashagan beshta mashhur haykaltaroshlarning, jumladan Mikelanjelo va Rodenning ishlari asosida o’rgatishdi. Ular bu bilan, haykaltaroshlar birgalikda ishlaganda, nima yaratishi mumkinligini ko’rishni xohlashdi.

Sun’iy intellekt har bir san’at va texnologik burilish davridagi uslublarni o’zida mujassam etgan androgin insonning "Imkonsiz Haykali"ni yaratdi.

Haykal Shvetsiya muzeyiga qo’yildi.

📟 DigiTech
👍49🤔10👨‍💻6🔥5🤝321👏1💯1😡1