AI | DigiTech
53.4K subscribers
2.94K photos
1.54K videos
2.67K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️MetaHuman Animator plagini chiqdi — endi har kim o’zini iPhone'ga yozib, virtual personajini yaratishi mumkin

Videoda namuna ko’rsatilgan — bu odamni animatsiyalashtirilgan personaji. Plagin bepul, lekin faqat Unreal Engine 5.2 bilan ishlaydi.

Yaqinda o’yinlardagi grafika yangi darajaga chiqadi.

📟 DigiTech
🔥25👍15👏4🤓42🤯2😡2🎉1👨‍💻1
▪️Olimlar genlarni tahrirlab, kar sichqonlarga eshitish qobiliyatini qaytarishdi

Mass General Brigham tadqiqotchilari rAAV genini muvaffaqiyatli o’zgartirib, kar bo’lib tug’ilgan sichqonlarga eshitish qobiliyatini qaytarishdi.

Olimlar texnologiyani odamlarda sinab ko‘rish uchun tadqiqotlarni davom ettirishni va karlikni yangi usulda davolashni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
🔥114👍57😨23👏10😁8🤯42👨‍💻21🤔1🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎵 Neyrotarmoqlar endi to’laqonli qo’shiqlarni ham yaratoladi — Songr neyrotarmog’ining beta versiyasi chiqdi

Qo’shiq yaratish uchun uning matnini to’liq kirgazish ham shart emas, kichik matnli tavsif kiritish kifoya, neyrotarmoq ham qo’shiq matnini, ham musiqani yaratadi.

Eng qizig’i, qo’shiqlarni vokal bilan yaratadi. Ishlatish mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tish ham shart emas, kuniga 5 ta qo’shiq chegarasi bor, lekin VPN bilan istagancha ishlatish mumkin.

Ishlatib ko’ring, yoqishi aniq, men o’ziyam 1 soat tinimsiz qo’shiqlar generatsiya qilibman :)

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍63🤯15💯6🔥5👏32🤓21👨‍💻1🤝1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧮 Synthesis startapi bolalar yaqin kelajakda matematikani qanday o’rganishini ko’rsatdi: kompaniya o’zining sun’iy intellekt o’qituvchisini namoyish etdi

Hechqanday zerikarli misollar yoki formulalarsiz, faqat interaktiv misollar, qiziqarli vazifalar va sabrli o’qituvchi. Hozir beta-versiyaga qabul ketmoqda.

Kutish (waitlist) ro’yxatiga ushbu havola orqali qo’shilishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍51🔥64😡3👏2🤓21💯1👨‍💻1
👷‍♂️ ChatGPT ko’pchilikni ishini olib qo’yayapti, qurilish kompaniyasidagilar bunga javoban texnologiyani ustidan hazil qilib, undan bino qurilishini tugatishini so’rashibdi.

Hozircha buni iloji yo’q, lekin yaqin yillarda buni ham qiloladigan robotlar chiqib ketadi.

📟 DigiTech
👍143😁92😡9🔥733👏3👨‍💻3🥰2😇2🤝1
▪️Tinch okeanida 4600 ta fanga noma'lum hayvonlar topildi

Olimlar biologik xilma-xillik uchun xavflarni baholash maqsadida Tinch okeanining chuqurlarida tadqiqot o’tkazishdi. Topilgan 5000 hayvondan faqat 400 tasi fanga ma’lum bo’lgan.

Bu hayvonlar millionlab yillar davomida okean tubining sovuq va qorong’u nuqtalarida rivojlangan.

📟 DigiTech
🤯183👍53😨20👏7🤔6🔥5😇4🤝3🎉2🤓2😡1
🏡 Arxitektor tashlab ketilgan Boeing 727 samolyotini Kosta-Rika o’rmonlarida salqin daraxt uyiga aylantirdi. Sayyohlarga bu g’oya shu qadar yoqdiki, bir necha oy ichida narx 1 kun uchun 550 dollargacha ko’tarilib ketdi.

Ko’plab detallar eski samolyotdan saqlanib qolgan, ichkarida umumiy maydon, ikkita konditsionerli yotoq xonasi, shuningdek, sobiq boshqaruv kabinasida joylashgan yuvinish xonasi mavjud.

Bir vaqtning o’zida oltitagacha odam yashashi mumkin, narxi esa 1 kun uchun 550 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👍14218🔥7😡5🎉32👏2👨‍💻2
Ular qaytishadi 🦑

Netflix “Kalmar o’yini” serialining ikkinchi mavsumi uchun birinchi tizer treylerni chiqardi, unda yangi aktyorlarni ko’rsatishdi. Ikkinchi mavsum chiqish sanasi hozircha ma’lum emas.

Shuningdek, Tudum taqdimoti doirasida serial asosida realitik-shou o’tkaziladigan joylar aks etgan videorolikni namoyish etishdi.

Serialni ikkinchi mavsumini kutayotganlar bormi?

📟 DigiTech
👍179🤯12👏94💯4😡4😁32😍2🔥1👨‍💻1
🧠 Ilon Maskning Neuralink startapi shu yilni o’zida odamlarda miya implantlarini sinashni boshlaydi

VivaTech konferensiyasida ishtirok etish uchun Fransiya poytaxtiga tashrifi chog’ida Ilon Mask o’zi asos solgan va rahbarlik qilayotgan Neuralink kompaniyasining miya implantlarini odamlarda birinchi sinovi joriy yil oxirigacha bo’lib o’tishini aytdi.

Buning uchun barcha to’rtta yoki faqat ikkita oyoq-qo’llarining harakatchanligi bilan bog’liq muammolar bo’lgan bemorlar orasidan ko’ngilli tanlanadi.

📟 DigiTech
🔥70👍44😨9😡75👨‍💻3👏2🤓2🤝21🤔1
🚘 Volkswagen kompaniyasining Germaniyaning Volfsburg shahridagi shtab-kvartirasida 48 metrli ikkita bino mavjud bo’lib, ularni hatto bir qavatida ham ofislar yo’q

Ikkala minora ham avtomobillarni ishlab chiqarishdan to’g’ridan-to’g’ri mijozlarga yetkazib berish uchun robotlashtirilgan tizimdir.

Eng gavjum soatlarda robotlashtirilgan avtoturargoh har 45 soniyada avtomobillarni joylardan pastga tushirishi va ko’tarishi mumkin: natija hatto Ginnes kitobiga eng tez avtomatlashtirilgan avtoturargoh sifatida kiritilgan.

📟 DigiTech
👍88🤯15🔥63👨‍💻32😁1🤔1😍1🤓1
🌊 Okean tubida 93 kun yashagan olimning tanasi 10 yoshga yoshardi

Haddan tashqari kuchli bosim inson tanasiga qanday ta’sir qilishini o’rganish uchun shifokorlar professor Jozef Dituri bilan bir qator sinovlarni o’tkazishdi. U uch oydan ortiq vaqt davomida Atlantika okeani tubida yashadi.

Ma’lum bo’lishicha, olim hujayralarining yoshligi uchun mas’ul bo’lgan va yoshga qarab qisqaradigan telomerlari 20 foizga, ildiz hujayralar soni esa 10 barobarga ko’paygan. Shuningdek tanadagi xolesterin darajasi sezilarli darajada kamaygan.

Okeanga ko’chamiz shekilli :)

📟 DigiTech
👍247😁70🤯24🤓14😇12👏7😨7🔥5💯53🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Matnli tavsif asosida 3D modellar generatsiya qilib beruvchi yana bir ajoyib neyrotarmoq — 3DFY

Har-xil turdagi tayyor 3D modellar ham mavjud, ro’yxatdan o’tgandan so’ng 10 ta generatsiya bepul.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍36🔥85🤯3💯2👨‍💻2🤝1