AI | DigiTech
53.9K subscribers
2.92K photos
1.53K videos
2.65K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Karib dengizi tubidan afsonaviy ispan kemasi San-Xose'ning xazinalarini olib chiqishni boshlashdi. Ushbu xazinalarning qiymati 18-20 milliard dollar atrofida baholanmoqda — u tarixdagi eng katta dengiz xazinasi bo’ladi.

Kema 1708-yilda inglizlar bilan jangdan so’ng Kolumbiya qirg'oqlarida cho‘kib ketgan. Uning bortida Janubiy Amerikadan Yevropaga olib ketilayotgan 200 tonnaga yaqin oltin, kumush va qimmatbaho buyumlar bo’lgan.

Boyliklarga Ispaniya, amerikalik tadqiqotchilar va hatto qimmatbaho metallar qazib olingan hududlardagi qabilalar ham da'vo qilishdi. Biroq, Kolumbiya o‘z suvlarida cho‘kkan barcha narsalar unga tegishli ekanligini ma'lum qildi va bu topilmalarni muzeyga topshirishga va'da berdi.

📟 DigiTech
👍11628👏23😁14😨9👨‍💻21🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Ba'zan mashinalardagi texnologiyalar mutlaqo kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Tesla Model X eshikni avtomatik ochilish funksiyasi tufayli boshqa avtomobilga zarar yetkazdi — tizim egasining smartfoni yaqinlashayotganini sezib, haydovchi eshigini oldindan avtomatik ochib yubordi.

Aynan shu paytda egasi Mini Cooper'da Tesla yonidan o’tib ketayotgan edi: eshik kuzovga urilib, har ikkala mashinada ham qirilgan izlar qoldi.

📟 DigiTech
3👍59😁389🫡3👏2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧯Xitoyliklar baland binolardagi yong'inlarni o‘chirish uchun o’rnatilgan dronga ega yangi avlod o’t o‘chirish mashinalarini namoyish etishdi.

Kopter bir daqiqada ishga tushib, 200 metrgacha balandlikka ko‘tariladi va 45 metr masofaga suvni samarali purkaydi. Dron o’rnatilgan maxsus mashinalar shu oydan ishlashni boshlaydi.

📟 DigiTech
2👍10716👏15🤝4🔥3💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Google Android smartfonlarga muhim qo‘ng'iroqlarni e'tiborsiz qoldirmaslik uchun alohida belgilash funksiyasini qo’shadi.

Agar sizda va qo‘ng'iroq qiluvchida standart Google qo‘ng'iroq ilovasi o‘rnatilgan bo‘lsa hamda u kontaktlaringiz ro‘yxatida mavjud bo‘lsa, qo‘ng‘iroq paytida maxsus belgi qo‘yish mumkin bo’ladi. Shunda suhbatdoshning qo‘ng‘iroq ekranida uning muhimligi haqidagi belgi paydo bo’ladi.

Hozircha funksiya sinov bosqichida, rasmiy chiqarilishi biroz keyinroq bo‘lishi va'da qilinmoqda.

📟 DigiTech
👍5310🔥9🤓4🫡2😢1🎉1💯1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 EngineAI kompaniyasi haqiqiy jang robotini — T-800 ni chiqardi.

Ishlab chiquvchilar video sun’iy intellekt yoki kompyuter grafikasi emasligini va ularning 173 santimetrli ajoyib roboti chindan ham sakrab epik tarzda zarba bera olishini ta'kidlashmoqda.

Reja bo‘yicha, T-800 shaxsiy tansoqchi bo’lib, egasini himoya qilishi kerak. Uni orqasidan yashirincha yaqinlashishning iloji yo’q — bo‘lajak Terminatorning sensorlari atrofni 360° skanerlay oladi.

📟 DigiTech
1😁51🤯33👍1410😢5🔥4😨3💯2🫡21👨‍💻1
🚀 Orbitada ham joy qolmayapti: tarixda birinchi bor XKSga birdaniga sakkizta kosmik kema biriktirilib, barcha shlyuzlar band qilindi.

Hozirda stansiyaga ikki dona «Soyuz» va ikkita SpaceX kapsulasi, shuningdek, Yaponiyaning HTV-X1 kemasi, Rossiyaning ikkita «Progress» yuk kemasi hamda AQSh'ning Cygnus (u ham yuk kemasi) ulangan.

Bortda jami 10 kishi (besh nafar rossiyalik, to‘rt nafar amerikalik va bir nafar yaponiyalik) bor, biroq 8-dekabr kuni ularning uchtasi «Soyuz» kemalarining birida Yerga qaytishadi.

📟 DigiTech
🫡59🤯24👍165🔥1🤝1
⚡️Operativ xotira chiplari yanada kamayadi — Micron kompaniyasi Crucial brendini yopib, iste'molchi mahsulotlari bozoridan butunlay chiqib ketmoqda.

Endi ular faqat neyron tarmoqlarni ishlab chiqish va ishga tushirish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar markazlari uchun tezkor xotira ishlab chiqaradi.

Hozir bozorda faqat ikkita yirik kompaniya qoldi: Samsung va SK Hynix.

📟 DigiTech
🤯77👍1311😢8🫡4👏3🤝2🔥1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyda yo‘l harakatini tartibga soluvchilarni sun’iy intellektli robotlar bilan almashtirishga qaror qilishdi — ular avtomobillar oqimini mustaqil ravishda taqsimlaydi va mopedlardagi qoidabuzarlarga ogohlantirish beradi.

G'oya bo‘yicha, bunday robotlarni svetofor ishdan chiqqan har qanday ko‘chaga joylashtirish mumkin bo’ladi. Hozirda ular Xanchjou va Shanxay ko‘chalarida sinovdan o‘tkazilmoqda, kelajakda esa boshqa shaharlarda ham joriy etish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
🫡48👍1311🤯7🔥4😢3🤝3😨1
👨‍💻 Yaponiyalik maktab o‘quvchisi 7 milliondan ortiq kishining ma’lumotlarini ChatGPT yordamida buzib kirdi.

17 yoshli yigit chat-botdan zararli dastur yozishni so‘radi... va shu dastur yordamida mahalliy internet-kafe'ning ma'lumotlar bazasiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, politsiya uning ma’lumotlardan zararli maqsadlarda foydalanganligi belgilarini topmadi, o‘quvchining javobi esa hayratda qoldirdi:

Tizimdagi zaifliklarni topish shunchaki qiziqarli edi.


📟 DigiTech
😁168👍21👨‍💻117👏6🤯3💯2🫡2🤝1
O'zbekistonlik finalchilar Istambuldagi Yandex Cup 2025 musobaqasiga uchib ketishmoqda

🧑‍💻 Nazarbek Boltaboyev va Akobir Abdug‘aniyev O‘zbekiston nomidan Yandex Cup 2025 xalqaro dasturlash chempionati finalida ishtirok etadi. Finalda 21 mamlakatdan eng kuchli dasturchilar kuch sinashadi.

🏆 Final 5–7 dekabr kunlari o‘tadi va 196 ishtirokchini jamlaydi: professionallar, jasoratli yoshlar va Yandex xodimlari. Nazarbek — frontend va veb-ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassis, Akobir esa backend hamda yuqori yuklamadagi tizimlar bo‘yicha.

🖥 Ikkalasi ham xakatonlar, ta’lim loyihalari va texnologik startaplarda faol, AI/AR texnologiyalarini qo‘llaydi, Coderun platformasida uzluksiz mashq qiladi.

Ular uchun finalda ishtirok etish — bu faqat mahorat sinovi emas, balki xalqaro maydonda tajriba almashish, real muhandislik masalalarida fikrlash tezligini rivojlantirish imkoniyati hamdir.
🔥3612👏7👍6🫡3👨‍💻1
🚘 Toyota o‘zining vodorodli Mirai sedanini yangiladi — kelajak avtomobili yangi dvigatel va yanada agressiv dizaynga ega bo‘ldi.

Endi ichki qismida 182 ot kuchiga ega qurilma, takomillashtirilgan aerodinamika mavjud, 19 dyuymli qora disklar esa bazaviy komplektatsiyada kelmoqda. Yurish masofasi 646 km darajasida saqlanib qolgan.

Mirai — bu «rozetkasiz elektromobil» bo’lib: yoqilg‘i harakatlanish jarayonida bevosita vodoroddan elektr energiyasiga aylantiriladi. Kamchiliklaridan biri: dunyoda atigi 1160 ta vodorod yoqilg'i quyish shaxobchasi mavjud. Ularning aksariyati Osiyo va Yevropada joylashgan, hatto AQSh'da ham tarmoq deyarli to’liq Kaliforniya shtati bilan cheklangan.


AQSh'da narxi 52 000 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
42👍18🤯8👏3💯1🫡1
🏙 IT Park rezidentlarining xorijiy mutaxassislari uchun maxsus!

AloqaBank yordamida orzudagi uyingizni qulay shartlarda xarid qiling:
Kredit foizi: 24%
Kredit muddati: 15 yilgacha
Kredit miqdori: 1 mlrd. so‘mgacha
Batafsil!

👤 AloqaBank — har bir mutaxassis uchun O‘zbekistonda qulay yashash, ishlash va rivojlanish imkoniyatini yaratadi.

*

🏙 Специальное предложение для иностранных специалистов резидентов IT Park!

С AloqaBank вы можете приобрести жильё своей мечты на выгодных условиях:
Процентная ставка: 24%
Срок кредита: до 15 лет
Сумма кредита: до 1 млрд сумов
подробнее!

👤 AloqaBank — создаёт комфортные условия для жизни, работы и развития каждого специалиста в Узбекистане.

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👏9😢7😁6😡4🤯2👍1🔥1🤔1🤝1
⚡️Netflix Warner Bros. Discovery'ni sotib oladi — striming kompaniyasi media gigantni xarid qilish tenderida g‘alaba qozondi. Netflix Uorner aka-ukalar studiyasini qo‘lga kiritish uchun aql bovar qilmas 82,7 milliard dollar to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Netflix'ga «Garri Potter», DC filmlari, «Dyuna», «The Last of Us» «Taxtlar o’yini» va barcha HBO seriallariga egalik huquqi o’tadi. Netflix bu franshizalarni mustaqil ravishda rivojlantirish, ularning qayta ishlangan variantlari va davomini chiqarish huquqiga ega bo‘ladi.

📟 DigiTech
👍84🤯51🔥127🎄3😡3💯1🤝1🫡1
🍄 Chernobil hududida hayotning yangi shakli — Cladosporium sphaerospermum zamburug'i kashf etildi, u radiatsiya bilan oziqlanishni o‘rgangan.

Zamburug' vayron bo‘lgan reaktorning devorlarida o‘smoqda, bu yerda radiatsiya hatto bakteriyalar uchun ham halokatli. Olimlarning fikricha, uning hujayralaridagi melanin xlorofillga o‘xshash vazifani bajarishi mumkin, bu esa organizmga nurlanishni energiya manbai sifatida ishlatishga imkon beradi. Bu nazariya radiosintez deb ataladi, ammo energiyaga aylanishi hali to‘liq isbotlanmagan.

Zamburug' nafaqat ekstremal sharoitda tirik qoldi — balki ionlashtiruvchi nurlanish ta'sirida yanada tezroq ham o’smoqda.

📟 DigiTech
👏79🤯43👍874🫡3😢2💯2😇1
⚡️Mark Sukerberg OpenAI xodimlarini o‘z loyihasiga jalb qilish uchun ularga shaxsan o’zi ovqat olib borgan.

Iyun oyida Sukerberg muhandislarga 100 million dollardan taklif qilgan — ammo hech kim rozi bo‘lmagan. Biroq, keyinchalik ChatGPT yaratuvchilaridan biri baribir uning kompaniyasiga o‘tib ketdi.

Eslab qoling, kelishuvda pul ishlamasa, issiq taom yordam beradi :)

📟 DigiTech
😁147🔥2312👏6😨4👍1🥰1🎉1💯1🫡1