AI | DigiTech
53.7K subscribers
2.92K photos
1.53K videos
2.65K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Amazon eng tezkor Leo sun'iy yo’ldosh internetini ishga tushirdi — uning tezligi Starlink'nikidan ikki baravar yuqori.

Agar Ilon Maskning antennalari 400 Mbit/s gacha tezlikni ta'minlasa, Amazon 1 Gbit/s (sifatli optik tolali internet kabi) tezlikni taklif qilmoqda. Hozircha xizmat faqat ayrim biznes-mijozlar uchun sinov rejimida ishlamoqda, tijorat versiyasini esa 2026-yilda chiqarish rejalashtirilgan.

Yangi avlod sun’iy yo‘ldoshlari uchirilganidan so‘ng, Starlink ham shunday yuqori tezlikni ta'minlashni va'da qilmoqda: ular orbitaga kelasi yili chiqarilishi kerak.

📟 DigiTech
👍99🔥17🤯1210💯3🥰2👏2🫡21😢1👨‍💻1
🧠 Tadqiqot: O‘smirlik davri 32 yoshda tugaydi. Olimlar miyaning 5 ta rivojlanish bosqichi mavjudligini aniqlashdi.

Mutaxassislar miyaning 4000 dan ortiq MRT tahlillarini o’rganib chiqishdi va inson miyasi umrning yarmidan ko’p qismida rivojlanishda davom etishini aniqlashdi:

0-9 yosh — bolalar
9-32 yosh — o’smirlar, miya sozlanadi va maksimal darajada ishlay boshlaydi.
32-66 yosh — miya barqaror, yetuklik davri.
66 yoshdan — miya qariy boshlaydi, neyron aloqalari esa alohida «hududlar»ga ajralib ketadi.


📟 DigiTech
👏9521🔥12🤯12👍103👨‍💻3🫡3💯2
⚡️Xitoyda dunyodagi birinchi uchar avtomobillar zavodi ishga tushirildi — ular oddiy mashinalar kabi seriyali yig’ilmoqda.

U yerda yigi’layotgan birinchi avtomobil — XPeng Land Aircraft Carrier yo’ltanlamasi. Undan 5 daqiqada uchar dronolyot ajraladi: «istagan vaqtda «dron»ni chiqarib, o’z ishlaringiz bo’yicha uchib ketaverasiz».


Narxi 138 000 dan 276 000 dollargacha, biroq eng muhimi: uchar avtomobillar endi shunchaki chiroyli xayol emas, balki ommaviy ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan mahsulotdir.

📟 DigiTech
69👍30🔥15👏6🤓31😢1👨‍💻1🤝1🫡1
🤖 Odamsimon robotlar ishlab chiqaruvchi Figure kompaniyasi xavfsizlik bo‘limi rahbarini uning hisobotidan so’ng ishdan bo‘shatdi.

Sinovlar paytida robot muzlatgich eshigini teshib qo’ygan va muhandisning baholashicha, robot «odamning bosh suyagini sindirish» uchun yetarlicha kuchga ega.

Shundan so’ng yigit sudga murojaat qilgan. Kompaniya bu ayblovni inkor etib, uni «yomon ishlagani sabab» ishdan bo’shatganini ta’kidlamoqda.

📟 DigiTech
😢91😁23🤔10🤯97👍4👏4🤓4🤝3
⚡️Tezkor xotiralar inqirozi shunchalik avj oldiki, do’konlar hatto narx yorliqlarini o‘zgartirishni to‘xtatishdi — baribir narx bir necha daqiqadan so‘ng yana o‘zgaradi.

Amerikaning yirik Central Computers va Microcenter tarmoqlarida xaridorlar narxlarni menejerlardan o‘zlari so‘rashlariga to‘g‘ri kelmoqda. AQSh'da 32 GB'li ikkita plankadan iborat to’plam narxi allaqachon 1200 dollarga chiqib ketdi.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, bu hali boshlanishi. Tezkor xotira juda tez qimmatlashmoqda, shaxsiy kompyuterni yig'ish esa hashamatga aylanmoqda.

📟 DigiTech
👍59🤯3211😢7💯3🤓2🔥1👏1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 «G'alati ishlar» (Stranger Things) serialining beshinchi mavsumi chiqdi — Netflix'da uning dastlabki to’rtta qismini tomosha qilish mumkin.

Davomi 25-dekabrda chiqadi, hikoyaning yakuni esa 31-dekabrda ko’rsatiladi. Mualliflar ushbu mavsum serial tarixidagi eng qayg'uli va shafqatsiz bo’lishini va'da qilishmoqda.

Jami 8 ta qism bo’ladi, bu mavsum byudjeti aql bovar qilmas darajadagi 400 million dollarni tashkil etadi.

Muxlislar relizni shunchalik intiqlik bilan kutishganidan, qismlar chiqqan vaqtda Netflix serverlari kuchaytirilgan bo’lsa ham, bardosh bera olishmadi.

📟 DigiTech
👍68🔥1910👏7😁5🤯5💯1🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Perseverance roveri Marsda ilk bor chaqmoq tovushlarini yozib oldi. Ilgari ularning mavjudligi faqat Yer, Yupiter va Saturnda aniqlangan edi.

Qizil sayyora atmosferasi siyrak bo‘lgani bois, u yerda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin emas, shu sababli chaqmoqlar boshqacha hosil bo‘ladi. Elektrlanish jarayoni chang bo‘ronlari paytida yuz beradi: mayda zarrachalar bir-biriga tez ishqalanib, zaryadlarni to‘playdi va ma’lum bir vaqtda bu zaryadlar kichik chaqmoqlar shaklida ajralib chiqadi.

To‘rt yillik tadqiqot davomida olimlar audioyozuvlarda 55 ta chaqmoq ovozini aniqladilar. Ularning deyarli barchasi kuchli bo’ronlar bilan bir vaqtda ro’y bergan edi.

📟 DigiTech
378👍8🤯7👏4🤝3🫡2💯1
📲 YouTube «Shaxsiy lentangiz» funksiyasini cheklangan foydalanuvchilar orasida sinovdan o’tkazishni boshladi. Bu funksiya foydalanuvchilarga tegishli so’rovlarni kiritish orqali tavsiyalarni o’zi sozlash imkonini beradi.

Masalan, foydalanuvchi avtomobillarga yoki ovqat tayyorlashga qiziqishini kiritsa, xizmat shunga mos keladigan videolarni tanlab taqdim eta boshlaydi.

Bu bir xil mavzudagi bir nechta videoni ko’rish natijasida butun bosh sahifa bir xil turdagi kontent bilan to‘lib ketishi muammosini hal qilishga yordam berishi mumkin.

📟 DigiTech
👍661211🫡5🤝4💯2🤯1👨‍💻1🎄1
👨‍💻 Google Antigravity dasturchining qattiq diskidagi barcha ma’lumotni o‘chirib tashladi: o’rnatilgan sun'iy intellekt agenti xatolikni tuzatmoqchi bo‘ldi — va muammoni shunchaki tegi bilan hal qildi.

Yigit buni tushunishga ham ulgurmadi, chunki uning Gemini 3 Pro bilan muloqot qilish limiti tugab qolgan edi. Biroq, bundan oldin model barcha fayllarni o’chirishga ruxsat berilmaganini tasdiqlagan edi.

Eng qizig’i: Googlening o’zi IT-xodimlariga ish uchun Antiravity'dan foydalanishni taqiqlab qo’ygan :)

📟 DigiTech
😁77👍98👏2😢2💯2😨21🤝1🫡1
⚡️Mashhur insayder Majin Bu izsiz g'oyib bo’ldi — u yil davomida Apple'ning yangi qurilmalari haqidagi sizib chiqqan ma'lumotlarni birinchilardan bo’lib joylab borayotgan edi.

Majin Apple'ning kuzgi taqdimotidan taxminan bir oy oldin yangi postlar qo‘yishni to‘xtatdi. Hozirda uning X'dagi (twitter) akkaunti o’chirib tashlangan. Shu bilan birga, Majin Bu'ning barcha insaydlari to‘g'ri bo‘lib chiqdi.

Ko‘pchilik Apple'ning ma'lumot sizib chiqishiga qarshi qanchalik qattiq kurashishini esladi. Kompaniya mahsulotlarining xavfsizligini ta'minlash uchun sobiq maxsus xizmat xodimlari mas'ul. Shu sababli, eng mashhur nazariya: Majin'ni topib, uni sud bilan qo’rqitishgan.

📟 DigiTech
🤯72👏20😢128😁7👍6💯2🤓2🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Niderlandiyalik rassom Excel'ni filmlarni ko’rsatishga o‘rgatdi — buning uchun u maxsus dastur yaratdi, ushbu dastur yordamida Excel katakchalari real vaqt rejimida ranglarini o‘zgartiradi.

Eng qizig’i, Yerun van der Mos (uning ismi shunday) deyarli o‘zi kodlashi shart bo’lmagan — ishning asosiy qismini sun’iy intellekt bajargan. Bu narsani esa Tallindagi pop-art muzeyida ko’rish mumkin.

📟 DigiTech
👏83👍20🤯198🔥4💯32👨‍💻2🤓1😨1🫡1
🌆 Dubayda maydoni 2,6 kvadrat kilometr bo‘ladigan ulkan Dubai Square Mall savdo markazi qurilmoqda — bu shisha gumbaz ostidagi butun boshli shaharcha bo’ladi.

Majmua Dubay-Krik hududida joylashadi va tashrif buyuruvchilar elektromobillarda harakatlanishi mumkin bo‘lgan yo‘llarga ega bir nechta kvartallarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, son-sanoqsiz do‘konlar, bog‘lar, restoranlar, mehmonxonalar va «ilg‘or sun’iy intellekt tizimlari» joriy etilishi va'da qilinmoqda.

Loyihaning ochilishi 2028-yilga rejalashtirilgan bo‘lib, uning qiymati allaqachon 49 milliard dollarga yetgan.

📟 DigiTech
👏7618👍8🔥8🤯7😢5😡42🫡2🎉1💯1
⚡️Statistika: Dunyodagi 500 million kompyuterlar Windows 11 tizimini qo’llab-quvvatlamaydi. Yana shuncha kompyuter egalari esa yangi operatsion tizimga o‘tishni xohlamaydi.

Shu bilan birga, Windows 10 ning «o’limi» bilan unga o’tish deyarli majburiy bo‘lib qoldi. Microsoft endi yangilanishlarni chiqarmaydi.

📟 DigiTech
👏54😁3513👍8🫡4💯2🤝2👨‍💻1
⚡️Tarixda ilk bor sun’iy intellekt yaratgan kontent hajmi insonlar tomonidan yozilgan materiallar hajmidan OSHIB KETDI.

FT ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil oxiriga kelib, internetdagi barcha nashrlarning taxminan 50 foizini sun'iy intellekt matnlari tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2020-2022-yillarda 10 foizdan kamroq edi. ChatGPT ishga tushirilishi burilish nuqtasi bo‘ldi.

Sun’iy intellekt o‘zi o’qitilgan ma'lumotlarni surib chiqarishni boshladi. Endi yangi modellar boshqa sun’iy intellektlar tomonidan yaratilgan matnlar asosida o’rgatiladigan bo‘ladi.

📟 DigiTech
🤯97👍2019😁8😢2💯2🤝1🫡1
📱Smartfonlar yana qimmatlashishi mumkin: Samsung tezkor xotira chiplari narxlarining oshishi sababli o‘z qurilmalari uchun ham chiplarni yetkazib berishdan voz kechdi.

Galaxy smartfonlari uchun xotira chiplari narxi bu yil 33 dollardan 70 dollargacha ko‘tarildi. Samsung bir necha oy ichida narxlar yanada oshib ketishidan xavotirda, shu sabab yetkazib berish bo’yicha uzoq muddatli shartnomalarni tuzmayapti — hatto o‘z smartfonlari uchun ham.

Bu ish uchun OpenAI, Nvidia, Google va Microsoft'ga «rahmat» aytish mumkin — ular birgalikda tezkor xotira narxlarini rekord darajada oshirib yuborishdi.

📟 DigiTech
🤯91👍12109😁7😢7😨6💯2🔥1🤓1🫡1
⚡️Karib dengizi tubidan afsonaviy ispan kemasi San-Xose'ning xazinalarini olib chiqishni boshlashdi. Ushbu xazinalarning qiymati 18-20 milliard dollar atrofida baholanmoqda — u tarixdagi eng katta dengiz xazinasi bo’ladi.

Kema 1708-yilda inglizlar bilan jangdan so’ng Kolumbiya qirg'oqlarida cho‘kib ketgan. Uning bortida Janubiy Amerikadan Yevropaga olib ketilayotgan 200 tonnaga yaqin oltin, kumush va qimmatbaho buyumlar bo’lgan.

Boyliklarga Ispaniya, amerikalik tadqiqotchilar va hatto qimmatbaho metallar qazib olingan hududlardagi qabilalar ham da'vo qilishdi. Biroq, Kolumbiya o‘z suvlarida cho‘kkan barcha narsalar unga tegishli ekanligini ma'lum qildi va bu topilmalarni muzeyga topshirishga va'da berdi.

📟 DigiTech
👍11628👏23😁14😨9👨‍💻21🤝1🫡1