AI | DigiTech
56.1K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.61K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📦 GeoSpy AI xizmati yigitga yo’qolgan buyurtmasini topishga yordam berdi. Uni noto‘g‘ri manzilga yetkazishgan edi, ammo neyron tarmoq uni darhol topib berdi.

Kuryer birovning kirish eshigini tushirgan birgina surati yetarli bo’ldi. Eng qizig’i, suratda hatto geolokatsiya metama'lumotlari ham yo’q edi.

Ham hayratlanarli, ham qo’rqinchli.

📟 DigiTech
👏6320🤯16👍8💯6🔥3😢3🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Olimlar neyronlarga ultratovush yordamida ta'sir ko‘rsatish orqali har qanday hidni «yoqishni» o‘rganishdi — o’sha hid manbasisiz.

Buning uchun miyaning turli qismlariga ta'sir ko’rsatuvchi maxsus qurilma ishlab chiqildi. Bu qurilma yordamida odamlar toza havo, gulxan va hatto axlat hidini ham seza olishdi.

Umid qilamizki, texnologiya VR ko’zoynaklargacha yetib boradi. Odamlar sevimli filmlaridagi hidlarni his qila olishadi.

📟 DigiTech
🔥56🤯30👍119🤓5👏3💯3🫡32🤝1
⚡️Olimlar 1-toifa qandli diabetni yengishdi — bu so’nggi 100 yil ichidagi ilk ulkan yutuq hisoblanadi.

Vertex Pharmaceuticals tadqiqotchilari VX-880 nomli hujayraviy davolash usulini ishlab chiqishdi. Bu terapiya tananing insulin ishlab chiqarish qobiliyatini to’liq tiklaydi. Yillar davomida har kuni kasallik bilan kurashib yashagan bemorlar endi o‘zlarini erkin his qilishlari mumkin bo’ladi.

Ushbu terapiyani olgan dastlabki bemorlar ikki yildan ortiq vaqtdan beri insulin olishga muhtoj bo’lmay kelmoqda. Bu usul 14 holatdan 10 tasida samarali natija bergan.

📟 DigiTech
👍8617👏15🔥8🤝2
👨‍💻 Arzon MacBook'ning texnik xususiyatlari ma’lum bo’ldi. Bu talabalar va maktab o’quvchilari uchun ideal qurilma bo’ladi.

Noutbuk 13 dyuymli LCD ekran, iPhone 16 Pro‘dagi kabi A18 Pro chipi bilan jihozlanishi va to’rt xil rangda — kumush, ko’k, sariq va pushti ranglarda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Taxminiy narxi — 599 dollardan boshlanadi va 2026-yilning boshlarida sotuvga chiqadi.

📟 DigiTech
👍5412🤯5👨‍💻42🫡1
🚒 Xitoy yo’llarida ikki tomonli o’t o‘chirish mashinalarini uchratish mumkin, ular orqaga burilmasdan turli yo’nalishlarda harakatlana olishadi.

Bunday mashinalar burilish qiyin bo’lgan tunnellar va tor ko’chalarda ishlash uchun maxsus yaratilgan: ularda ikkita kabina mavjud, shu sabab haydovchi faqat o’rnini o’zgartirishi kifoya va mashinani orqasi bilan oldinga yoki old tomoni bilan orqaga haydash mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
👍77👏1811🤯91🔥1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏎️ F1 muxlislari chiptalarni sotib olmay, yaqinda Las-Vegasda o’tkazilgan gran-pri'ni ko’cha kameralari orqali tomosha qilishdi.

Trassaning deyarli har qanday qismini real vaqt rejimida kuzatish imkoni bor edi. Shu bilan birga, oddiy tomoshabinlar tribunalarga kirish uchun kamida 300 dollardan to’lashgan.

Layfxakni eslab qoling: hozirgi kunda ko’pchilik yirik shaharlardagi ko’cha kameralariga, masalan, mana bu sayt orqali ulanish mumkin.

📟 DigiTech
😁7010👍9🤯7👏2💯2🔥1🫡1
📲 X (Twitter) ijtimoiy tarmog’ining so’nggi yangilanishida, rasmiy Xiaomi akkaunti iPhone orqali AQSh'dan turib ochilgani ma'lum bo’ldi :)

Kompaniyadagi kimlardir aniq ishdan haydaladigan bo’ldi.

📟 DigiTech
😁173👏9💯9👍43🔥2🤯2👨‍💻2🫡1
📲 Fokuschi erkak o‘z qo‘lining parolini unutib qo‘ydi. Uzoq vaqtdan beri fokuschi bo’lib ishlab kelayotgan Szi Ten Van qo‘liga boshqalarning smartfonlarini ochish imkonini beruvchi RFID chipini o’rnatishga qaror qilgan edi.

Ammo biroz vaqtdan so’ng chip faqatgina ayrim smartfonlarning parollarini topa olishi ma'lum bo’ldi. Shunda u bitkoin manzilini saqlash uchun chipni qayta dasturladi, keyin yana nimalardir o‘ylab topishga urindi, lekin... shunchaki chip parolini unutib qo’ydi.

📟 DigiTech
😁120👍188🤔3😢3🔥2👏2💯2🫡2👨‍💻1🤝1
📱Birinchi buklanadigan iPhone narxi 2400 dollardan boshlanishi mumkin. Bu uni Apple tarixidagi eng qimmat smartfonga aylantiradi.

Ushbu mablag' evaziga to‘rtta kamerali kitob shaklidagi smartfonni olasiz. Touch ID qaytadi va faqat ikkita rang — qora va oq ranglarda mavjud bo’ladi.

Buklanadigan iPhone 2026-yil sentyabr oyida namoyish etilishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
😁59👍178👏6🔥3🤯2💯21😢1🎉1😡1
⚡️Amazon eng tezkor Leo sun'iy yo’ldosh internetini ishga tushirdi — uning tezligi Starlink'nikidan ikki baravar yuqori.

Agar Ilon Maskning antennalari 400 Mbit/s gacha tezlikni ta'minlasa, Amazon 1 Gbit/s (sifatli optik tolali internet kabi) tezlikni taklif qilmoqda. Hozircha xizmat faqat ayrim biznes-mijozlar uchun sinov rejimida ishlamoqda, tijorat versiyasini esa 2026-yilda chiqarish rejalashtirilgan.

Yangi avlod sun’iy yo‘ldoshlari uchirilganidan so‘ng, Starlink ham shunday yuqori tezlikni ta'minlashni va'da qilmoqda: ular orbitaga kelasi yili chiqarilishi kerak.

📟 DigiTech
👍77🔥13🤯117💯3🥰2👏2🫡21😢1👨‍💻1