AI | DigiTech
53.4K subscribers
2.94K photos
1.54K videos
2.67K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼️ Adobe kompaniyasining Photoshop’dagi Generative Fill sun’iy intellekt funksiyasi ishlashiga yana bir misol, uning yordamida rasmlarni o’zingiz istagandek tahrirlashingiz mumkin.

Hozircha faqat beta test rejimida ishlamoqda, lekin yaqinda ommaviy versiyasi ham chiqishi kutilyapti.

📟 DigiTech
🔥49👍36🤯6👏3👨‍💻21💯1
👓 Haqiqiy kelajak AR garniturasi — Apple Vision Pro!

Qurilma boshqa kompaniyalar ko’rsatgan garnituralardan farq qiladi. U shaffof zonaga ega, u orqali haqiqiy dunyoni ko’rish mumkin.

Yana bir qulayliklaridan biri fonni almashtirishdir. Har qanday xona va makon tog’ manzarasi, katta ko’l yoki zich o’rmon bilan almashtirilishi mumkin.

Ovozli boshqaruv, imo-ishoralar, barmoq harakati va korpusdagi tugmalar - juda qulay boshqaruv.

Ko’zoynak atrofdagi tovush va tasvir bilan video yozib olishi va ijro etishi mumkin - esda qolarli voqealarni to’liq 3D ko'rinishida qayta ko’rib chiqish uchun: uni yana ko’z bilan ko’rayotgandek.

Bu Apple va butun bozor uchun yangi davr!

AQShdagi narxi 3499 dollar!

Tundagi post uchun uzr, lekin buni chiqarmasak bo’lmasdi.

📟 DigiTech
👍82🤯237👏4🔥3💯32👨‍💻1😨1
👓 Garnitura qanday tuzilganligi ko’rsatilgan videolar. Qurilma cho’ntakka solib yuriladigan portativ batareyadan quvvat oladi.

Bir zaryadda qancha vaqt ishlashini hozircha aytishmadi, lekin loyihani ishlab chiqishda qatnashganlarning aytishicha — 2 - 3 soat ishlarkan.

📟 DigiTech
👍42😨7👏32🤩21🔥1🤔1
👨‍💻 15 dyuymli MacBook Air taqdim etildi

Kecha bo’lib o’tgan WWDC taqdimotida Apple kompaniyasi Liquid Retina displeyli 15.3 dyuym bo’lgan MacBook Air'ni namoyish etdi

Noutbukning qalinligi 11,5 mm bo’lib, kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, uni dunyodagi eng yupqa 15 dyuymli noutbukga aylantiradi. Qurilmaning og’irligi 1,4 kg.

Noutbuk sakkiz yadroli markaziy protsessorli M2 chipi (CPU) va o’n yadroli grafik protsessor (GPU) bilan jihozlangan.

Narxi 1299 dollardan boshlanadi. Iyun oyining o’rtalaridan sotuvga chiqariladi.

📟 DigiTech
👍63🤯16👨‍💻973👏3💯2😨2🔥1🤔1🤓1
🛸 Ana bo’lmasa, sobiq Amerikalik razvedkachining ta’kidlashicha, razvedka AQSh Kongressidan "insonlarga tegishli bo’lmagan" texnologiyalarni yashiryapti

Devid Charlz Grushning so’zlariga ko’ra, o’nlab yillar davomida razvedkachilar parchalar va butun boshli NUJ qurilmalarini topishgan.

Sinov natijalari shuni ko’rsatadiki, topilgan qurilmalar atomlarning noyob joylashuvi va radiologik belgilarga ega.

Oxirgi paytlarda NUJ haqidagi xabarlar ko’payib boryapti.

*NUJ - no’malum uchar jismlar.

📟 DigiTech
😨121🤔32😁24👍23🤯8🤓322🔥2👨‍💻2💯1
🚘 Faraday Future startapi nihoyat FF 91 krossoverini sotishni boshladi, uning prototipi 2017 yilda namoyish etilgan edi. Mashina Ferrari, Maybach, Rolls-Royce va Bentley'ga raqobatchi sifatida ko’rilmoqda, ammo u elektromobil.

Mashina 1050 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan, 2,27 soniyada 0 dan 100 km/soatgacha tezlashadi va akkumulyator 613 km quvvat zaxirasiga ega. Salonda 11 ta displey, shu jumladan orqa yo’lovchilar uchun shiftdan chiqadigan bitta displey, shuningdek, "vaznsiz effektli" o’rindiqlar mavjud.

Narxi oddiy versiyasi uchun 249 000 dollar va cheklangan 300 nusxada chiqariladigan eksklyuziv disklar bilan jihozlangan Futurist Alliance versiyasi uchun 309 000 dollar.

📟 DigiTech
👍67🤯137🔥75👏3🎉1😍1🤓1😨1
🖥️ Redmi hamyonbop G27Q o’yin monitorini chiqardi

U 165 Hz chastotali, 2560x1440 pikselli 27 dyuymli IPS panelga ega, shuningdek, HDR400 va 100% sRGB qamrovini qo’llab-quvvatlaydi. DisplayPort 1.4, HDMI 2.0, 3,5 mm va 65 Vt quvvatga ega USB-C mavjud, ular orqali noutbukni yoki gadjetlarni quvvatlantirish mumkin.

Xitoydagi narxi 196 dollar, juda zo’r narx, AliExpress'dan O’zbekistonga buyurtma qilinsa narxi deyarli o’zgarmaydi.

📟 DigiTech
👍101🔥126😁53😡3👏2🤩2😍2💯1😨1