⚡️Qaysi mamlakatlarda odamlar eng ko’p va eng kam vaqt ishlashadi — 2025 yilgi reyting e'lon qilindi.
Statistik ma'lumotlarga ko’ra, dunyo bo’ylab o’rtacha ish haftasi — 38.7 soatni tashkil qiladi.
Hammadan ko’proq Butanda ishlashadi, u yerda ish haftasi 54.5 soat, undan keyin Sudan (50.8 soat), Lesoto (50.2), Kongo (48.7) va BAA (48.4).
Eng qisqa ish haftasi esa Yaman (25.9 soat), Niderlandiya (26.8), Norvegiya (27.1) va Avstriyada (28.4) hisoblanadi.
O’zbekistonda haftasiga o’rtacha 40.4 soat ishlashadi.
📟 DigiTech

👍69😁34❤19🔥4😢2👨💻2💯1🤝1
👨💻 Microsoft Google Chrome brauzerini yuklamay, Edge brauzerida qolish uchun «pul to’lamoqda».
Bing qidiruv tizimida «Chrome»so’rovini qidirishda foydalanuvchilarga Microsoft do’koni uchun 1300 ball taklif qilinyapti. Ya'ni, Edge'da qolish uchun taxminan 10-15 dollar atrofida to’lashmoqda, lekin pulda emas ballarda.
Ushbu ballarni sovg'a kartalari (gift-cards), obunalar va boshqalarga almashtirish mumkin. Biroq, Edge'ni agressiv reklamasi faqat Chrome so’rovi kiritilganidan so’ng chiqadi, boshqa brauzerlar qidirilsa, bunday taklif chiqmaydi.

😁100👍12❤8🔥3⚡2🤓2👏1👨💻1🫡1
⚡️ GPT-5.1 chiqdi — OpenAI kutilmaganda yangi modelni chiqardi.
Sun'iy intellekt endi qachon «uzoqroq o‘ylash» yoki qachon shunchaki falsafasiz tez javob berish kerakligini o’zi hal qiladi.
Natijada oddiy savollarga tezroq, murakkab savollarga esa batafsilroq javob beradi.
GPT-5.1 dagi yangilanishlar:
- Ko’rsatmalarga rioya qilish yaxshilandi;
- Ohang va uslubni sozlash mumkin: Professionaldan to G'alatigacha;
- SI qanday kayfiyatda javob yozishini ham sozlash mumkin: iliq yoki do’stona;
- Avtomatik tanlov: mos modelni o’zi tanlaydi.
Barcha foydalanuvchilar uchun birnecha kunda mavjud bo’ladi.

👏84👍22🔥13❤10😨3🤝2
⚡️Valve bir vaqtning o‘zida uchta o’yin gadjeti — konsol, VR-ko‘zoynaklar va geympadni chiqardi.
– Steam Machine. 16 GB tezkor xotiraga va AMD RDNA 3 videokartasi mavjud, AMD Zen 4 asosida ishlaydigan mini-kompyuter, PS5 va Steam Deck'dan kuchliroq;
– Steam Frame. Kompyuterga ulanmasdan ham ishlaydigan, har bir linzada sifati 2160 x 2160 piksel va yangilanish chastotas 144 hz gacha bo’lgan VR ko‘zoynaklar;
– Steam Controller. Otishma o’yinlarda yuqori aniqlik uchun standart joystiklar ostida ikkita sensorli panelga ega geympad.
Qurilmalar sotuvi 2026-yildan boshlanadi. Narxlar hozircha oshkor etilmayapti.

👍37❤10🫡8👨💻5💯3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗺️ Olimlar 100 mingdan ortiq tadqiqotlardan iborat ilmiy bilimlarning ulkan 3D xaritasini tuzishdi.
Har bir nuqtaga bosish va maqolani o’rganish mumkin, masalan, ishning ruhiy salomatlikka zarari haqida. Barcha materiallar mavzularning mos kelishiga qarab joylashtirilgan - jami 100 ta klaster to’plangan.
👉 3D ilmiy xaritaga havola.

👍52🔥10❤9👏7👨💻3⚡1
🪴 Xitoylik olimlar dunyoda birinchi bo’lib o‘simliklardan noyob tuproq metallarini ajratib olishga muvaffaq bo’lishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, qirqquloqlar «changyutgich» kabi atrof-muhitdan elementlarni o‘zlashtiradi, natijada ularning to’qimalarida minerallar kristallanadi. Masalan, ulardan odatda radioaktiv elementlari bo’lgan monatsit ajratib olindi, ammo o‘simlikda u «toza va xavfsiz» holatda edi.
Nazariy jihatdan, qirqquloqlarni chiqindi omborlari va ishlatilgan konlarga ekish mumkin, u yerda ular qimmatbaho og'ir metallar qoldiqlarini ajratib olib, ifloslangan tuproqni tozalaydi.

👏89👍18🔥11🤯7❤5👨💻3🤝3🫡3⚡2🎉2🤓2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Amerikaning Blue Origin kompaniyasi dunyoda SpaceX'dan keyin ikkinchi bo’lib haqiqiy missiya davomida raketaning birinchi blokini muvaffaqiyatli qaytarib qo’ndirishga erishdi.
Kechasi kompaniya NASA'ning ikkita tadqiqot sun’iy yo‘ldoshini Marsga jo’natdi, so‘ngra Atlantika okeanidagi suzuvchi platformaga 17 qavatli uy kattaligidagi tezlashtiruvchi blokni qo‘ndirdi.
Endilikda kompaniya SpaceX kabi muntazam ravishda ko’p martalik raketalarni uchirishni yo’lga qo’ymoqchi.

🔥55❤10👍10👏7⚡6🤝3💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyning Ubtech kompaniyasi zavodlarda ishlash uchun odamsimon robotlarning butun bir armiyasini yig’di. Ularni hatto zaryadlash ham shart emas — gumanoidlar akkumulyatorlarni o’zlari almashtirishadi.
Aytishlaricha, bu bunday robotlarning dunyoda birinchi ommaviy yetkazib berilishi — bir vaqtning o’zida yuzdan ortiq robotlar BYD, Geely, FAW-Volkswagen, Dongfeng va Foxconn (Apple uchun iPhone'lar yig’adigan kompaniya) zavodlariga yuborildi, ular avtomobillar va gadjetlar ishlab chiqarishda yordam berishadi.

🤯115🔥22❤13👍8🫡4💯3👨💻3🤝2👏1
⚡️Startap bittada 5 000 nafar IT mutaxassislarni ishdan bo’shatdi va bir necha kundan so’ng ularga «yangi» loyihada «yangi» ish taklif qildi, ammo soatiga 5 dollar arzonroq to’lov evaziga.
Kompaniya hatto o’z nomini «Musen»dan «Nova»ga o’zgartirdi, hammasi o‘sha xodimlarga bir xil ish uchun kamroq haq to’lash uchun.

😁128👏16😢11😡11❤6👍6⚡3🔥3💯2👨💻2🫡2
⚡️Telegram'da endi strimlarni o’tkazish mumkin, messenjer jamoasi yangilanishni chiqardi:
— Storisda endi jonli efirlarni ishga tushirish va donatlar olish mumkin;
— Taymer bo‘yicha takroriy xabarlarni yuborish funksiyasi paydo bo’ldi, bu misol uchun har kuni bir vaqtda nimanidir eslatib turish uchun qulay;
— iOS'da yangi kontaktlarni telefonga qo’shmasdan faqat Telegramda saqlash imkoniyati qo’shildi;
— Maxfiylik sozlamalarida endi «Musiqa» bo’limi mavjud bo’lib, unda profilingizdagi treklarni kimlar ko’rishi mumkinligini tanlashingiz mumkin.
Shuningdek, ilova dizayni ham yaxshilandi.

👍80❤20🔥12👏3👨💻3🤯2⚡1💯1😡1
🎾 Xitoyda sport translyatsiyalarining yangi xususiyatiga baho bering: endi o’yinni 360° aylantirib, istalgan nuqtadan kuzatish mumkin.
Bu texnologiya kort bo‘ylab o‘rnatilgan ko’p kameralar tizimi yordamida ishlaydi. Barcha kameralar tasvirni bir vaqtning o‘zida uzatadi, ilovada esa oddiy svayp bilan hech qanday tasvir kechikishisiz rakursni o’zgartirish mumkin.
Aylanma 360° translyatsiyalar hozircha faqat badminton va basketbol uchun yo’lga qo‘yilgan, ammo kelajakda boshqa sport turlari uchun ham mavjud bo’ladi.

🔥90🤯23⚡14👍12❤11👨💻3👏2💯2🫡1
⚡️Reddit foydalanuvchisi kechasi oshxonaga kirib, Samsung muzlatgichida Apple TV reklamasini ko’rib qoldi.
Reklamani o’chirish uchun 16 dollarlik obunani to’lash kerak. Eng qizig’i, muzlatgichning o’zi 3 000 dollar turadi.

😁195👏14❤9🔥7👨💻3💯2👍1🫡1
⚡️Tez orada butun dunyoda kompyuterlar uchun operativ xotira va qattiq disklar inqirozi boshlanishi mumkin.
Bunga neyron tarmoqlar sababchi: operativ xotira ma'lumotlar markazlari va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ommaviy ravishda sotib olinmoqda. Bu so’nggi bir yil ichida tezkor xotira narxining aql bovar qilmaydigan darajada 171% ga oshishiga olib keldi.
Tanqislik allaqachon boshlangan: Yaponiyadagi do’konlar SSD va RAM sotuvini cheklab qo’yishdi — bir odam atigi bir juft SSD sotib olishi mumkin. Samsung esa atigi ikki oy ichida SSD narxini 60 foizga oshirdi.
Agar kompyuter yig’ishni o’ylab yurgan bo’lsangiz, hozir ayni vaqti.

Vaziyatni ishlab chiqaruvchilarning o‘zlari ham yomonlashtirishyapti: Samsung, Micron va SK Hynix DDR4’ni ishlab chiqarishdan shunchaki voz kechib, bor e'tiborini DDR5 va HBM’ga qaratishdi — ular ko’proq foyda keltiradi va neyron tarmoqlar hamda serverlar uchun aktiv sotib olinadi.
Tanqislik allaqachon boshlangan: Yaponiyadagi do’konlar SSD va RAM sotuvini cheklab qo’yishdi — bir odam atigi bir juft SSD sotib olishi mumkin. Samsung esa atigi ikki oy ichida SSD narxini 60 foizga oshirdi.
Agar kompyuter yig’ishni o’ylab yurgan bo’lsangiz, hozir ayni vaqti.
📟 DigiTech
🤯80👏18❤12👍10😢3🔥2💯2⚡1😁1🤓1🫡1
👨💻 Videoqo’ng’iroqlarni konspektlashtirish uchun mo’ljallangan Fireflies sun'iy intellekt startapi feyk loyiha sifatida boshlangan. Kompaniya ta'sischilari barcha videoqo’ng’iroqlarda qaydlarni qo’lda yozib borishgan.
Yigitlar loyihani bironta ham kod yozmay ishga tushirishgan. Ular o’zlari bot niqobida zum-qo‘ng‘iroqlarga qatnashib, barcha ma'lumotlarni yozib olishar va 10 daqiqa ichida qisqacha mazmunini yuborishar edi.
Faqat 100 dan ortiq videoqo’ng’iroqlardan so’ng, asoschilarda to‘laqonli dasturni ishlab chiqish uchun mablag' paydo bo’lgan va birinchi botni yaratishgan.
Hozirda Fireflies kompaniyasi 1 mlrd dollarga baholanib, unda haqiqiy sun’iy intellekt ishlaydi.

👍98😁52👏14❤11🔥5🤯5⚡3🫡2💯1🤝1
🧊 Antarktidada Yer yuzidagi eng qadimgi — yoshi taxminan 6 million yil bo’lgan muz qazib olindi.
Xalqaro olimlar guruhi Allan Hills hududida burg’ulash orqali namuna olishdi. U avvalgi rekorddan ikki baravar ko’proq yoshga ega va o’zida mayda havo pufakchalarini saqlaydi, bu aslida uzoq o’tmish atmosferasining «izlari»dir. Muz bo’lagi tahlili natijasida, o’sha paytda mintaqadagi harorat taxminan 10-14°C ga yuqori bo’lgani aniqlandi.
Bundan tashqari, hali yoshi aniqlanmagan ikkinchi namuna ham bor — unda deyarli gaz yo’q, yoshi esa yanada qadimiyroq bo’lishi mumkin.

👍84❤24⚡8🤯5🫡5🔥3👨💻3😨3💯2👏1