AI | DigiTech
56.9K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.61K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 Yangi Toyota Corolla shunday ko'rinishda bo’ladi — kompaniya o’zining eng mashhur modellaridan biri kelajakda qanday ko’rinishda bo’lishini ko’rsatdi.

Konsept Tokioda namoyish etildi, u juda chiroyli ko‘rinadi: silliq chiziqlar, agressiv faralar, minimal xrom va maksimal futurizm.

Texnik tafsilotlari haqida hali hech narsa ma'lum emas, ammo korpusda uchta lyukchani payqash mumkin — ehtimol u gibrid bo’ladi.

Mish-mishlarga ko’ra, avtomobil 2027-yilgacha sotuvga chiqariladi.

📟 DigiTech
4217👍10🤯9🔥5👏3😢2👨‍💻1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 YouTube eski videolar sifatini avtomatik ravishda 1080p gacha yaxshilaydi, hatto 144p va 240p sifatdagi videolarni ham.

Bu funksiya Full HD dan past sifatdagi barcha videolarga qo‘llaniladigan maxsus o‘qitilgan SI algoritmi asosida ishlaydi. Sifati yaxshilangandan so’ng, videolar Super Resolution belgisini oladi va agar xohlashsa, mualliflar bu funksiyani o’chirib qo’yishlari mumkin.

Kelajakda videolar sifatini 4K gacha oshirish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
58👍31🔥11🤯8👏3💯1🤝1
👨‍💻 Google neyron tarmoqlar yordamida dasturlash bo’yicha bepul kurslarni chiqardi.

Qisqa videolarda AI Studio'da SI vositalaridan qanday qilib maksimal darajada foydalanishni tushuntirishgan. Kursda API bilan qanday ishlashni va birinchi ilovangizni yaratishni o’rganasiz.

👉 Bepul o’rganish uchun havola.

📟 DigiTech
👏41👍2011🔥6👨‍💻3🤝3🤓2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Cursor 2.0 chiqdi: mashhur vaybkoding vositasi o’zining Composer 1 modelini namoyish etdi.

Interfeysdagi asosiy urg'u SI agent bilan suhbatlashishga qaratildi. Bir daqiqada veb-sayt, o’yin yaratishingiz yoki loyihani debag qilishingiz mumkin. Tayyor kodni ishlashini tezkor tekshirish uchun brauzer qo’shildi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👏30👍103🤯3👨‍💻2🔥1💯1🫡1
🚀 SpaceX kompaniyasi Oyga astronavtlarni jo‘natish uchun mo‘ljallangan Starship raketasining yangi versiyasini namoyish etdi — uning qo’nish moduli Apollon'lardan yetti marta baland, ichida esa 136 marta ko’proq joy bor.

Kosmik kema juda ko’p tadqiqotchilar sig’adigan keng kabina va yer yuzasiga chiqish uchun ikkita shlyuz bilan jihozlangan.

SpaceX allaqachon Oy modulini tayyorlashning 49 bosqichini yakunladi, yaqin orada esa Yer'ning past orbitasida Starship yonilg'i quyish tizimini sinovdan o’tkazish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
👍5212🔥9🫡42💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Bir bloger Unitree robotiga ovqat pishirishni o’rgatishga urinib ko’ribdi, natijani videoda ko’rishingiz mumkin :)

📟 DigiTech
😁17610👏9👍4🤯4😡43😢3🤓3🔥2👨‍💻1
⚡️Toyota kompaniyasining yana bir noyob yangi qurilmasi — Yuradigan robot stul.

Toyota Walk Me joystik orqali boshqariladi va og’ir vaznni ko’tara oladi. Shuningdek, u avtopilotda yurish imkoniyatiga ega.

Hozircha bu faqat konsept, ammo kelajakda nogironlar uchun shunga o’xshash qurilma haqiqatdan ham chiqarilishi mumkin.

📟 DigiTech
👏7110😁10👍8😢2🔥1💯1🤝1
🚘 Ilon Mask joriy yilning oxirigacha yangi Tesla Roadster'ni chiqarishga va'da berdi. Sportkarga oldindan buyurtmalar sakkiz yil oldin olingan, chiqarilish sanasi esa 2020-yilga va'da qilingan edi.

Mask'ning so‘zlariga ko‘ra, taqdimot Tesla tarixidagi «eng esda qolarlisi» bo’ladi va yangilangan model qisman «ucha oladi»: bu yerda ehtimol, ikki soniyadan kamroq vaqt ichida 100 km/soat tezlashuv nazarda tutilyapti.

Original Roadster — kompaniyaning 2008-yilda chiqarilgan birinchi avtomobili edi. Uni 2012-yilda ishlab chiqarishdan to’xtatishib, yangi flagman Model S ga almashtirishgandi, sportkarning ikkinchi avlodi esa 2017-yilda namoyish etilgan.

📟 DigiTech
🔥63👍1612🎉2💯2🫡2🥰1👨‍💻1
🧠 Olimlar miyani 10 yilga yoshartiradigan o’yinni topishdi — ha to’g'ri o’qidingiz, oddiy mini-o’yinlar to’plami miya hujayralarini tiklashi mumkin.

Katta tadqiqot uchun ikki guruh keksa odamlar jalb qilindi: birinchi guruh BrainHQ o’yinini o'ynashdi, ikkinchisi esa oddiy o’yin o’ynashdi. Ular kki hafta davomida kuniga muntazam yarim soat o’ynashdi, shundan so’ng subyektlar miya tekshiruvidan o’tkazildi.

Natijalar hayratlanarli bo’ldi: BrainHQ o’ynagan keksalarning miyalari tom ma'noda 10 yilga yoshardi. Aniqroq aytganda, diqqat, reaksiya vaqti va xotira uchun javobgar bo’lgan miya hududi.

Ilovani iPhone va Android qurilmalar uchun yuklab olish mumkin.

📟 DigiTech
👍6418😁8😨5👏3🫡2🔥1💯1