AI | DigiTech
53.7K subscribers
2.93K photos
1.54K videos
2.66K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 Yaponiyada pianino va kuchli akustikaga ega antiqa elektromobil Nissan Roox Suite namoyish etildi

Mashinaning ichki qismi ikkita o’rindiqli - haydovchi uchun oddiy o’rindiq va yo’lovchi uchun hashamatli o’rindiq. Oyoq dastagi, muzlatgich, shampan saqlanadigan idish va sozlanadigan planshet stendi mavjud.

Ularning ta’kidlashicha, mashinada hashamatli kvartira tuyg’usini yaratmoqchi bo’lishibdi.

📟 DigiTech
👍57😁145🔥2🤯2💯2🤓2👨‍💻2👏1😍1😇1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Shveytsariyada qo’riqchilarni ishini olib qo’yayotgan sun’iy intellektli robot

Uning ismi Asento. U 360 graduslik kamera va o’rnatilgan teplovizor tufayli ochiq maydonlarni avtonom tarzda patrul qilish va atrofdagi narsalarni tahlil qilish imkoniyatiga ega. Robot barcha ma’lumotlarni boshqaruv xonasiga uzatadi.

WALL-E multfilmidagi robotni eslatib yubordi.

📟 DigiTech
🔥39👍23🤯8😁4👨‍💻3😨3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️O’yinlardagi kadrlar tiniqlashadi

Nvidia kompaniyasi ULMB 2 texnologiyasini taqdim etdi, u to’satdan harakat ko’p bo’lgan o’yinlarda xiralikni kamaytirishga mo’ljallangan. Ularning ta’kidlashicha, harakat ravshanligi 1000 Hz dan oshishi mumkin.

Avvalo, ULMB 2 professional geymerlar uchun foydali bo’ladi. Ba’zi monitorlar uchun texnologiya allaqachon mavjud.

📟 DigiTech
👍73🤯13👨‍💻4🔥2👏211🤔1🤓1😇1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧑‍🎨 Dizaynerlar va zamonaviy rassomlarning ishi hozir taxminan shunday :)

📟 DigiTech
😁157👍28🤯11🔥7👏6👨‍💻322
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Nvidia kompaniyasining yangi neyron tarmog’i telefonda olingan videolarni 3D modelga aylantiradi

Neuralangelo neyron tarmoq modeli hatto telefondan olingan videolardan ham har qanday narsaning batafsil 3D nusxalarini yaratadi. Sun’iy intellekt yuqori aniqlik bilan tekstura va mayda detallarni ilg’ashga qodir.

Keyin bu 3D modellarni boshqa dasturlarda turli vazifalar uchun ishlatish mumkin.

📟 DigiTech
👍415🤔5😨3👏2👨‍💻21🔥1🤯1💯1
▪️Apple Store sayti bugungi WWDC oldidan vaqtincha yopildi: yangi Mac va boshqa devayslar namoyish etilishi kutilyapti

Apple onlayn-do’koni bugun soat 22:00 da bo’lib o’tadigan WWDC taqdimoti oldidan yopildi.

Taqdimotda AR/VR garnituralaridan tashqari, Apple 15 dyuymli MacBook Air va yangilangan Mac Studio-ni ham namoyish qilishi kutilmoqda.

Apple o’tgan yili ham WWDC’dan oldin onlayn - do’konini vaqtinchalik yopgandi.

📟 DigiTech
👍57🔥6🤯53🤔2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼️ Adobe kompaniyasining Photoshop’dagi Generative Fill sun’iy intellekt funksiyasi ishlashiga yana bir misol, uning yordamida rasmlarni o’zingiz istagandek tahrirlashingiz mumkin.

Hozircha faqat beta test rejimida ishlamoqda, lekin yaqinda ommaviy versiyasi ham chiqishi kutilyapti.

📟 DigiTech
🔥49👍36🤯6👏3👨‍💻21💯1
👓 Haqiqiy kelajak AR garniturasi — Apple Vision Pro!

Qurilma boshqa kompaniyalar ko’rsatgan garnituralardan farq qiladi. U shaffof zonaga ega, u orqali haqiqiy dunyoni ko’rish mumkin.

Yana bir qulayliklaridan biri fonni almashtirishdir. Har qanday xona va makon tog’ manzarasi, katta ko’l yoki zich o’rmon bilan almashtirilishi mumkin.

Ovozli boshqaruv, imo-ishoralar, barmoq harakati va korpusdagi tugmalar - juda qulay boshqaruv.

Ko’zoynak atrofdagi tovush va tasvir bilan video yozib olishi va ijro etishi mumkin - esda qolarli voqealarni to’liq 3D ko'rinishida qayta ko’rib chiqish uchun: uni yana ko’z bilan ko’rayotgandek.

Bu Apple va butun bozor uchun yangi davr!

AQShdagi narxi 3499 dollar!

Tundagi post uchun uzr, lekin buni chiqarmasak bo’lmasdi.

📟 DigiTech
👍82🤯237👏4🔥3💯32👨‍💻1😨1
👓 Garnitura qanday tuzilganligi ko’rsatilgan videolar. Qurilma cho’ntakka solib yuriladigan portativ batareyadan quvvat oladi.

Bir zaryadda qancha vaqt ishlashini hozircha aytishmadi, lekin loyihani ishlab chiqishda qatnashganlarning aytishicha — 2 - 3 soat ishlarkan.

📟 DigiTech
👍42😨7👏32🤩21🔥1🤔1
👨‍💻 15 dyuymli MacBook Air taqdim etildi

Kecha bo’lib o’tgan WWDC taqdimotida Apple kompaniyasi Liquid Retina displeyli 15.3 dyuym bo’lgan MacBook Air'ni namoyish etdi

Noutbukning qalinligi 11,5 mm bo’lib, kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, uni dunyodagi eng yupqa 15 dyuymli noutbukga aylantiradi. Qurilmaning og’irligi 1,4 kg.

Noutbuk sakkiz yadroli markaziy protsessorli M2 chipi (CPU) va o’n yadroli grafik protsessor (GPU) bilan jihozlangan.

Narxi 1299 dollardan boshlanadi. Iyun oyining o’rtalaridan sotuvga chiqariladi.

📟 DigiTech
👍63🤯16👨‍💻973👏3💯2😨2🔥1🤔1🤓1
🛸 Ana bo’lmasa, sobiq Amerikalik razvedkachining ta’kidlashicha, razvedka AQSh Kongressidan "insonlarga tegishli bo’lmagan" texnologiyalarni yashiryapti

Devid Charlz Grushning so’zlariga ko’ra, o’nlab yillar davomida razvedkachilar parchalar va butun boshli NUJ qurilmalarini topishgan.

Sinov natijalari shuni ko’rsatadiki, topilgan qurilmalar atomlarning noyob joylashuvi va radiologik belgilarga ega.

Oxirgi paytlarda NUJ haqidagi xabarlar ko’payib boryapti.

*NUJ - no’malum uchar jismlar.

📟 DigiTech
😨121🤔32😁24👍23🤯8🤓322🔥2👨‍💻2💯1