AI | DigiTech
53.3K subscribers
2.94K photos
1.54K videos
2.67K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 Mercedes-Benz kompaniyasi 1930-yillar uslubidagi Vision Iconic konsept avtomobilini namoyish etdi. Ushbu uslub kelajakdagi barcha Mercedes-Benz elektromobillari uchun qo’llanilishi mumkin.

Mashina zaryadi uzoqroq yetishi uchun o’rnatilgan quyosh paneli va SI yordamchi mavjud. Ichki saloni Art Deco uslubida ishlangan va boshqaruv panelida hech qanday raqamli ekranlar mavjud emas.

Avtomobil ommaviy ishlab chiqarishgacha yetib boradimi yoki yo’q hali aniq emas.

📟 DigiTech
👍7225🔥11🤓7👏65🫡3🤯2🎉2💯2🤝2
⚡️«Suyuq shisha» YouTube'ga ham yetib bordi — Google o’zining veb sayti va ilovasi dizaynini o’zgartirdi.

Pleyer interfeysi shaffof bo’ldi, tugmalar esa yanada yumaloq shaklga o’zgartirildi.

Google yoz boshidan buyon yangi video pleyer dizaynini sinovdan o’tkazayotgandi. Haqiqatan ham foydali xususiyatlardan biri: endi videolar oxirida chiqadigan o’sha zerikarli tavsiyalarni o’chirib qo’yishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👏54👍18🤯87😢3👨‍💻3🤝3🔥2💯2🫡21
⚡️Apple yangi MacBook Pro M5 va iPad Pro'ni chiqardi — saytda oldindan buyurtma berish ochildi.

Sotuvlar 22-oktyabrdan boshlanadi.

📟 DigiTech
👨‍💻367👍6🔥21🥰1👏1
⚡️ M5 chipli MacBook Pro oldingi modellarga qaraganda 3,5 marta tezroq ishlaydi:

— Bazaviy versiyasida 16 GB operativ xotira va 4 TB gacha SSD mavjud.
— M5 Pro grafikani 1,6x gacha tezlashtiradi va professional ish uchun barcha portlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
— Liquid Retina XDR displeylari HDR formatida 1600 nitgacha yorqinlashadi, 12MP old kamera va oltita dinamik mavjud.

Narxi 1599 dollardan boshlanadi. Ikki xil rangda mavjud: kumush va kosmik qora.

📟 DigiTech
👏33👍14🫡6🤯43💯3🤓32🔥1👨‍💻1
📲 M5 chipli yangi iPad Pro:

Qalinligi atigi 5,1 mm, iPhone'dan ham yupqaroq. Planshet M5 asosida ishlaydi: Sun'iy intellekt avvalgi modeldan 3,5 barobar, 3D renderlash va videoni qayta ishlash esa 6 barobar tezroq bo’ldi.

Shuningdek, unda 16 Gb gacha operativ xotira, 2 TB gacha SSD va 1600 nitli 13 dyuymgacha bo‘lgan Ultra Retina XDR displeyi mavjud.

Narxlar 11 dyuymli model uchun 999 dollardan va 13 dyuymli model uchun 1 299 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
🔥339👍6👏3🫡21🎉1👨‍💻1
📱Honor kompaniyasi alohida chiqadigan robokamerali smartfonni namoyish etdi — u istalgan yo’nalishda suratga olishi mumkin va foydalanilmayotganda korpusga kiradi.

Texnik xususiyatlari va narxlari haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q — model Robot Phone deb nomlanadi va uning to‘liq taqdimoti mart oyida MWC 2026 ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi.

Bu robokamera haqida qanday fikrdasiz?

📟 DigiTech
1👍104🔥2421🤯13👏5🤝21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Buklanadigan Google Pixel 10 Pro chidamlilik sinovi vaqtida yonib ketdi. Bu bloger JerryRigEverything testidan o‘ta olmagan birinchi smartfon bo’ldi.

Qurilma shikastlanishlardan yaxshi himoyalanmagan bo’lib chiqdi — uning antennasi batareyani oson teshib, yong'inga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, taqdimotda 1800 dollarlik Pixel 10 Pro Fold dunyodagi eng bardoshli smartfonlardan biri sifatida e'tirof etilgan edi.

📟 DigiTech
🤯64😁3610👍10🤓3🔥2👏2🤔2🫡21😨1
⚡️Google'ning SI modeli saraton kasalligiga qarshi kurashishning yangi usulini topdi. Olimlar esa SI gipotezasini laboratoriyada tasdiqlashdi.

Gemma C2S-Scale, silmitasertib va ​​interferonning past dozasi kombinatsiyasi immunitet tizimiga o'simtalarni yaxshiroq aniqlashga yordam berishini taxmin qildi. Bu gipoteza shifokorlarga yangi davolash usullarini ishlab chiqishda yordam berishi mumkin.

27B-parametrli modelning o’zi ochiq kodli hisoblanadi va uni havola bo’yicha topish mumkin.

📟 DigiTech
🔥37👍1512👏52💯1
⚡️MrBeast o’z bankini ochishi mumkin. Uning kompaniyasi MrBeast Financial savdo belgisini ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza topshirdi.

Arizada onlayn-banking va investitsiya xizmatlaridan tortib kripto birjalari va mikrokreditlargacha bo’lgan fintech xizmatlar kiritilgan.

📟 DigiTech
59👏25👍12🤓97🤝5🔥3😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻Windows 11 eng katta yangilanishni oladi — OS klaviatura yoki sichqonchasiz ham sizni «eshitishi, ko’rishi va tushunishi» mumkin bo’ladi.

Microsoft sun'iy intellektni yangi bosqichga olib chiqadi: yangi Copilot shaxsiy kompyuteringizni boshqarishi, ekraningizni tahlil qilishi va hattoki real vazifalarni bajarishi mumkin bo’ladi.

— Shunchaki «Salom Copilot» deb aytish kifoya va SI darhol buyruqlaringizni bajaradi.

— Copilot Vision ekranda sodir bo’layotgan barcha narsani tahlil qiladi va savollarga javob beradi yoki tavsiyalar beradi. Klaviatura va sichqoncha endi kerak emas.

— Eksperimental “Copilot Actions” ilovasi restorandan joy band qilishi, oziq-ovqat mahsulotlarini buyurtma qilishi va kundalik ishlarni bajarishda yordam berishi mumkin.

— Oʻyinchilar uchun Xbox ilovasiga o’rnatilgan Gaming Copilot real vaqt rejimida o’yiningizni kuzatib boradi va maslahatlar beradi.


Ushbu yangilanish shu hafta davomida chiqishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
47👍39🔥15🤯9👨‍💻5😡4👏32😁1💯1🤓1
⚡️Germaniyada 3D printer yordamida ko’p qavatli binolarni qurishmoqda.

3D printer yordamida asosiy devorlarni bosib chiqarishyapti, u qurilish maydonchasi bo’ylab harakatlanib, sementni qatlam qilib quyadi.

Bir kvadrat metrni 5 daqiqada bosib chiqaradi, atigi 26 kun ichida esa uch qavatli uyning devorlarini bitkazadi.
Poydevor, tom, deraza va boshqa elementlarni hali ham odamlar qurishmoqda.

📟 DigiTech
👍95🔥159👨‍💻7👏3🤯2🎉2🫡21💯1
💊 Stress'dan vaksina: Yaponiyada birinchi inyektsiyadanoq tashvish va depressiya alomatlarini kamaytiruvchi molekula ishlab chiqildi.

PA-915 ni bitta dozasining ta'siri sakkiz hafta saqlanib turadi. Antidepressantlardan farqli o’laroq, preparat nojo’ya ta'sirlarni keltirib chiqarmaydi va miya faoliyatiga ta'sir qilmaydi. Hozirgi vaqtda u inyektsiya va tomchilar sifatida sinovdan o’tkazilmoqda.

📟 DigiTech
👍5013🤯10🔥3🤝3👏2🫡21🤔1💯1👨‍💻1