AI | DigiTech
52.5K subscribers
2.71K photos
1.46K videos
2.45K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Toyota o’z ishchilari uchun kelajak shahrini qurdi — 300 ta oila allaqachon Woven Cityda istiqomat qilib, kompaniya va hamkorlarning hali sotuvga chiqmagan so’nggi qurilmalarini sinab ko’rishmoqda.

Shahar sun'iy intellekt tomonidan boshqariladi: u yer osti yo’llari orqali odamlarga oziq-ovqat yetkazib beradi, shahardagi chiroqlarni nazorat qiladi va transportni boshqaradi.

Barcha rezidentlar ikkita bo’limga bo’linishgan: «ixtirochilar» va «sinovchilar» — birinchisi ishlab chiqadi va ixtiro qiladi, ikkinchisi esa uni sinab, hayotdan zavqlanadi.

📟 DigiTech
79👍2717👏8🤯3🤝3
⚡️OpenAI bosh direktori Sem Altman'ning fikricha, ChatGPT allaqachon undan va boshqa ko‘plab odamlardan aqlliroq bo’lgan, 2030-yilga kelib esa neyron tarmoq har qanday odamdan aqlliroq bo’lib ketishi mumkin.

Sun'iy intellektni rivojlanish tezligi faqat oshib bormoqda va «hali sekinlashuv belgilari yo’q»: atigi bir-ikki yil ichida chatbotlar mustaqil ravishda ilmiy kashfiyotlar qilishlari va iqtisodiy vazifalarning 30-40 foizini bajarishlari mumkin bo’ladi, keyingi o’n yillikning boshiga kelib esa, texnologiya o’zgacha imkoniyatlarga ega «super ong» ga aylanadi, deydi u.

📟 DigiTech
👍103😡331610😁7🔥2👏2💯2🫡2
👨‍💻 MyTinyTools sayti chiqdi, unda o’qish va ishlash uchun yuzlab foydali ilovalar yig’ilgan.

Saytda rasmlarni formatini tezda o’zgartirishingiz, PDF-fayllarni tahrirlashingiz, taymerlarni ishga tushirishingiz va hatto kod bilan ishlashingiz ham mumkin. Hammasi bir saytning ichida.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
31👍17🔥8👏31🥰1😢1🤝1🫡1
👨‍💻 Google SI agentlari bo’yicha bepul kursni ishga tushirmoqda. Besh kun ichida, hatto bu sohada yangi bo’lsangiz ham, o’z SI yordamchilaringizni tuzishni o’rganasiz.

Kurs ML muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan. U eng yaxshi vositalar, agentlarni baholash usullari, misollar va amaliy vazifalarga oid bo’limlarni o’z ichiga oladi. Kursni tugatib siz o'zingizning SI agentingizni yaratishingiz mumkin bo’ladi.

👉 Kurs noyabr oyida boshlanadi, ro’yxatdan o’tish uchun havola.

📟 DigiTech
37👍16👏9💯1
📱Olimlar kechqurun gadjetlardan voz kechish yaxshi uxlashingizga yordam bermasligini aniqlashdi. Ovqatlanish va jismoniy mashqlar ham tungi dam olishga xalaqit bermaydi.

Olimlar salomatlik trekerlari yordamida 100 nafar o‘smirni bir hafta davomida kuzatib borishdi. Uyqudan oldin ijtimoiy tarmoqlarni ko’rish odati uyqu sifati yoki davomiyligiga ta'sir qilmadi. Lekin, uyquni o’rtacha 20 daqiqaga kechiktirdi.

Ammo bu ijtimoiy tarmoqlarda tinimsiz qisqa videolarni ko’rishni zarari yo’q degani emas, bunday videolarni tinimsiz ko’rish kognitiv qobiliyatlarni pasayishiga olib keladi.

📟 DigiTech
👍72😁2514🔥5🤝31👏1🎄1
🚘 NASCAR haydovchisi 320 km/soat tezlikda devordan yurib epik halokatga uchradi.

Kanzasdagi trassada antiqa avariya yuz berdi: poygachi Zayn Smit juda katta tezlikda harakatlanayotgan edi, ammo raqib uni devorga qisib qo’ydi. Zayn ham bo’sh ketmay, gazni kuchliroq bosdi va devorga chiqib ketdi, poygachi jarohat olmadi, ammo u uchun poyga tryukdan so’ng tugadi.

📟 DigiTech
🤝56🤯25🫡12😁7👍5🔥54👏41
💾 Samsung 512 TERABAYT hajmli SSD'ni chiqaradi.

Ushbu tezkor xotira yangi PCIe Gen6 standarti asosida ishlaydi, ma’lumotlar almashish tezligi 28 Gb/s gacha bo’lishini va'da qilishmoqda.

SSD 2027-yilda sotuvga chiqariladi.

📟 DigiTech
🔥86🤯24👏2111👍92😢2💯2
⚡️18 yoshli talaba oziq-ovqat fotosuratlari orqali kaloriyalarni hisoblaydigan ilovasidan allaqachon 30 million dollar ishlab topdi.

Dastur oziq-ovqat fotosuratlarini tahlil qilish uchun oddiy ChatGPT'dan foydalanadi, yigit shunchaki o’z dasturiga ChatGPT'ni ulab qo’ygan.

📟 DigiTech
👍162😁49🔥1813🫡10👏7🤯5👨‍💻32
📺 Zumerlar bepul televizorlarni chiqarishdi: Telly startapi barcha xohlovchilarga Smart TV tarqatmoqda. Lekin uni olgandan keyin kun bo’yi reklama ko'rishga to’g’ri keladi.

Qurilma xususiyatlari: asosiy ekrani 55 dyuymli 4K, video qo’ng’iroqlar uchun kamera, ovozli yordamchi va RGB yoritish tizimi mavjud. Uning pastida reklama uchun kichik ikkinchi ekran joylashgan.

Shartnomaga ko’ra, kompaniya kamera va mikrofon orqali «odamlar borligini» kuzatishi mumkin. Aytgancha, televizorni muntazam ravishda tomosha qilish kerak bo’ladi, aks holda 500 dollar jarimaga to’lashga yoki televizorni startapga qaytarishga to’g’ri keladi.

📟 DigiTech
😁99👍11😡107🤯5🤔32💯2🎉1👨‍💻1🎄1
📱Yaponiyaning Toyoake shahrida smartfondan kuniga ikki soatdan ortiq foydalanish taqiqlandi.

Cheklov faqat bo'sh vaqtga taalluqlidir — o’qish va ish uchun gadjetdan foydalanishda cheklov yo’q. Shuningdek, maktab o’quvchilariga telefonlarini soat 21:00 dan keyin o’chirishni tavsiya etuvchi varaqalar tarqatildi.

Huquqbuzarlik uchun jarimaga tortish hozircha rejalashtirilmagan, biroq rasmiylar uyqu va oilaviy munosabatlarni yaxshilash uchun ushbu eksperimentga qo’shilishni tavsiya qilishmoqda.

📟 DigiTech
👏46🤯40👍12113🔥2😁2👨‍💻2💯1🤝1