AI | DigiTech
52.8K subscribers
2.7K photos
1.46K videos
2.45K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🌓 Insonlarning Oyga 50 yil ichida birinchi parvozi 2026-yil 5-fevralda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda — NASA sanani e’lon qildi.

10 kunlik missiyada to‘rtta astronavt «Orion» kosmik kemasida tabiiy yo’ldosh atrofida aylanib, Yerga qaytishadi. Agar uchishga tayyorgarlikka o’z vaqtida ulgurishmasa, fevral, mart va aprel oylarida parvoz uchun yana bir necha kun ajratilgan.

Parvoz muvaffaqiyatli o’tsa, keyingi qadam odamlarni Oy yuzasiga tushirish bo’ladi — ushbu parvozlar 2027-yilda SpaceX Starship'da bo’lishi rejalashtirilgan, ammo raketaning uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan sinovlari tufayli bu ham kechiktirilishi mumkin.

📟 DigiTech
🔥5018👏10👍94🤯4🥰3💯3🤝3🎉2👨‍💻2
CityPay — O'zbekistonda litsenziyalangan kripto-depozitariysi va kripto-do'koni!

O‘zbekiston rezidentlariga kripto tranzaksiyalarini faqat litsenziyalangan platformalar orqali amalga oshirishga ruxsat beriladi. 2025 yil fevral oyida CityPay istiqbolli loyihalar milliy agentligidan (ILMA) ikkita litsenziya oldi.

CityPay tizimi Paynet ilovasida joriy etilgan. Hozirda siz kripto-aktivlarni saqlashingiz, o’tkazishingiz va qabul qilishingiz mumkin. Tez orada to'liq funksiyalardan foydalanish imkoni paydo bo’ladi. CityPay Bitcoin, Litecoin, Toncoin, USDT va Tether Gold bilan tranzaktsiyalar qilish imkonini yaratdi.

Kripto-hamyonni ochish uchun Paynet ilovasida “Xizmatlar” bo’limini tanlang.

Batafsil ma'lumot uchun:
TG: @CityPayUz
IG: @citypay_uz
🌐 citypay.uz
📩 [email protected]

Reklama
182
🚘 Xitoyning changyutgichlar ishlab chiqaruvchi Dreame kompaniyasi Rolls-Royce Cullinan'ga o’xshash o’zining yo’ltanlamas avtomobilini namoyish etdi.

Tafsilotlar hozircha minimal: avtomobil gibrid dvigatelli, buriladigan orqa g’ildiraklar va 3,2 metr uzunlikdagi salonga ega bo’ladi.

Ishlab chiqarish 2027-yilda boshlanishi va'da qilinmoqda — bu Dreame avtomobillar liniyasida Bugatti Chironga o’xshash «dunyodagi eng tez» sportkaridan keyin ikkinchi bo’ladi.

📟 DigiTech
😁61👏3911👍91🔥1
⚡️Toyota o’z ishchilari uchun kelajak shahrini qurdi — 300 ta oila allaqachon Woven Cityda istiqomat qilib, kompaniya va hamkorlarning hali sotuvga chiqmagan so’nggi qurilmalarini sinab ko’rishmoqda.

Shahar sun'iy intellekt tomonidan boshqariladi: u yer osti yo’llari orqali odamlarga oziq-ovqat yetkazib beradi, shahardagi chiroqlarni nazorat qiladi va transportni boshqaradi.

Barcha rezidentlar ikkita bo’limga bo’linishgan: «ixtirochilar» va «sinovchilar» — birinchisi ishlab chiqadi va ixtiro qiladi, ikkinchisi esa uni sinab, hayotdan zavqlanadi.

📟 DigiTech
67👍2414👏8🤯3🤝3
⚡️OpenAI bosh direktori Sem Altman'ning fikricha, ChatGPT allaqachon undan va boshqa ko‘plab odamlardan aqlliroq bo’lgan, 2030-yilga kelib esa neyron tarmoq har qanday odamdan aqlliroq bo’lib ketishi mumkin.

Sun'iy intellektni rivojlanish tezligi faqat oshib bormoqda va «hali sekinlashuv belgilari yo’q»: atigi bir-ikki yil ichida chatbotlar mustaqil ravishda ilmiy kashfiyotlar qilishlari va iqtisodiy vazifalarning 30-40 foizini bajarishlari mumkin bo’ladi, keyingi o’n yillikning boshiga kelib esa, texnologiya o’zgacha imkoniyatlarga ega «super ong» ga aylanadi, deydi u.

📟 DigiTech
👍89😡2613😁75🔥2👏2💯2🫡2
👨‍💻 MyTinyTools sayti chiqdi, unda o’qish va ishlash uchun yuzlab foydali ilovalar yig’ilgan.

Saytda rasmlarni formatini tezda o’zgartirishingiz, PDF-fayllarni tahrirlashingiz, taymerlarni ishga tushirishingiz va hatto kod bilan ishlashingiz ham mumkin. Hammasi bir saytning ichida.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
19👍11🔥6👏21🥰1🤝1🫡1