AI | DigiTech
52.8K subscribers
2.7K photos
1.46K videos
2.45K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🤖 Kaliforniyada joylashgan Dusty Robotics kompaniyasi qurilish maydonlari bo’ylab sayohat qiladigan va quriladigan xonalarning rejalarini to’g’ridan-to'g'ri polda chizadigan robot-chizmachilarni ishlab chiqarmoqda.

Robot AutoCAD kabi mashhur professional dasturlar bilan mos keladi va kuniga 1400 kvadrat metrni chizishi mumkin, bu esa ishchilarga nima qayerda joylashishi kerakligini darhol ko’rish imkonini beradi. Shuningdek, u rejaning raqamli versiyasini ochish uchun skanerlash mumkin bo’lgan QR kodlarni ham chizib qoldiradi.

📟 DigiTech
👍6217🔥62🤯2🎉2😢1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Unitree o'zining G1 odamsimon robotining yangi natijalarini namoyish etdi. Robot antigravitatsiya rejimini o’zlashtirdi.

U endi muvozanatni saqlay oladi va yiqilishdan qochish uchun qo’llarini ishlata oladi. Agar u hatto yiqilsa ham, juda tez qaytib turadi. Qo’shimchasiga endi salto qilishni ham biladi.

Bu robot bunday qiynoqlar uchun yaqinda o’ch olishni o’ylab qolmasa bo’ldi hali)

📟 DigiTech
😁54👍30🔥9🤓6🤯54👏21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕹️ Bir daqiqada mini o’yinlar yaratamiz: Gambo AI, interaktiv o’yinlar olamlarini yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan SI agent chiqdi.

Faqat matnli so’rovni yozish kifoya va bir daqiqada ishlaydigan o’yinni generatsiya qilib beradi. Neyron tarmoq avtomatik ravishda barcha qahramonlar, joylar, musiqa va animatsiyalarni yaratadi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍426👏6💯2👨‍💻21🔥1🤯1🤝1🫡1
📲 Yangi iPhone 17 doimiy ravishda Wi-Fi tarmog'idan uzilib qolyapti. Yuzlab foydalanuvchilar ushbu muammo haqida shikoyat qilishmoqda — bu aynan bir modelda emas, barcha 17 seriya liniyasida kuzatilmoqda.

Bu ba’zida CarPlay'ning yo’lning o’rtasida uzilishiga olib kelmoqda. Ammo mashinasiz ham, tarmoqqa doimiy ravishda qayta ulanish uncha qulay emas.

Mutaxassislar bunda yangi N1 chipini ayblashmoqda.

📟 DigiTech
😁125👍1611👏3🤯3🔥2👨‍💻2🤝21🎄1
⚡️Amerikalik ayol ChatGPT yordamida lotereyada 150 000 dollar yutib oldi. Neyron tarmoq tasodifiy tarzda g’olib kombinatsiyani topib qo’ydi.

O’yindan oldin o’yinchilar beshta raqamni tanlashlari kerak edi. Lotereya mashinasi raqamlar yozilgan to’plarni tasodifiy ravishda chiqarib bergan — o’xshashlik qancha ko’p bo’lsa, sovrin shunchalik katta bo’lgan. ChatGPT beshta raqamdan to’rttasini to’g'ri tanlab bergan.

📟 DigiTech
🤯139👍47😁297🫡21💯1
🚘 Katta kiberhujum tufayli Jaguar Land Rover deyarli bir oydan beri ishlab chiqarishni qayta ishga tushira olmayapti, kompaniya buning ortidan allaqachon kamida 270 million dollar zarar ko’rdi.

Xakerlik hujumi oy boshida sodir bo’lgan edi, lekin uning masshtabi endigina aniq bo’ldi: dastlab muammolarni bartaraf etib ishni 24-sentyabrgacha qayta ishga tushirish rejalashtirilgan edi, ammo hozir muddat 1 oktyabrga ko’chirildi (bu ham hali aniq emas).

Bundan tashqari, bu nafaqat Buyuk Britaniya, balki Slovakiya, Braziliya va Hindistondagi zavodlarga ham ta'sir ko'rsatdi, shuningdek, yuzlab yetkazib beruvchilarga zarar yetkazdi, shu sabab avtogigantning haftalik yo’qotishlari 68 million dollarga baholanmoqda.

📟 DigiTech
🤯43🔥13👍632💯1👨‍💻1🤝1
Alisa endi o‘zbek tilida

🤖 Yandex Uzbekistan Alisaning o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlovchi AI-yordamchi versiyasini joriy qildi. Endi foydalanuvchilar u bilan ham rus, ham o‘zbek tilida muloqot qilishlari mumkin, Alisa so‘rovga qarab tilni avtomatik tanlaydi.

Texnologiya katta tilli modelga asoslangan bo‘lib, unda minglab matnlar va audiozapislardan foydalanilgan. Uning ta’lim jarayonida muharrirlar va filologlar, shuningdek O‘zbekistonning 13 ta hududidan foydalanuvchilar ishtirok etgan. Yandex Uzbekistan jamoasi Alisaning o‘zbek tilidagi jihatlarini yanada takomillashtirish ustida faol ish olib bormoqda.

Alisa turli mavzularda suhbat qurish, eslatmalar o‘rnatish, taymerlar qo‘yish, aqlli uyni boshqarish, musiqa qo‘yish, bolalar uchun ertaklar aytish xususiyatlariga ega.

⚙️ Funksiyani yoqish uchun: «Dom s Alisoy» ilovasini oching → «Virtualniy assistent» → «Yazik assistenta» → «O‘zbekcha + Russkiy» rejimini faollashtiring.

O‘zbek tilini qo‘llab quvvatlash millionlab aholi uchun raqamli xizmatlarni yanada qo‘llash imkonini oshiradi va texnologiyalarning til to‘sig‘ini kamaytiradi
👍72208👏5🤯4🔥3😡2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Xitoyliklar elektromobil yonishni boshlasa akkumulyatorlarni yonga chiqarib yuboradigan texnologiyani ishlab chiqishdi.

G'oya shundan iboratki, agar mashina jiddiy baxtsiz hodisaga uchrasa va yonib ketsa, batareyalar (ularni o’chishi juda qiyin) juda tez otilib chiqib, xavfsiz zonaga uloqtiriladi.

Uning qachon ommaviy ishlab chiqarilishi hozircha noma'lum — prototiplar hozirda sinovdan o’tkazilmoqda va birinchi bo’lib, uchib chiqayotgan batareya tasodifan birovni shikastlamasligini ta'minlash uchun xavfsizlik muammosini hal qilish kerak.

📟 DigiTech
🤯63👍33🔥85👏5😁3👨‍💻2🤝2🫡21💯1
⌨️ Logitech faqat yorug'lik bilan quvvatlanadigan klaviaturani chiqardi — unda USB port va hattoki batareyalar sloti ham yo’q.

Yangi K980 quyosh nuridan va oddiy lampochkalardan quvvat oladi. O’rnatilgan batareya kamida 10 yil xizmat qilishiga va'da berishmoqda, bitta to’liq zaryadi esa to’liq qorong'ulikda to’rt oy foydalanishga yetadi.

Narxi — 100 dollardan.

📟 DigiTech
👍97👏20😇854🤯4💯2🤝1🫡1
🚀 AI Journey Contest 2025: Брось вызов задачам уровня профи в мире ИИ!

Участвуй в международном онлайн-соревновании по ИИ и получи возможность побороться за денежный приз! Призовой фонд — 6,5 млн рублей!

Выбери свой трек:
🤖 Agent-as-Judge — универсальный «судья», способный оценивать ИИ-тексты.

🧠 Human-centered AI Assistant — персонализированный ассистент на основе
GigaChat, имитирующий поведение людей и способный предугадать их предпочтения.
Бонус: Участникам предоставляются токены для API + возможность получить дополнительно 1 млн токенов!

💾 GigaMemory — механизм долговременной памяти для LLM, помогающий ассистенту запоминать и использовать важные факты в диалоге.

Не упусти возможность не только прокачать свои скилы, получить заветную строчку в резюме и выиграть солидный приз, но и заявить о себе на AI Journey - главной международной конференции по ИИ!

➡️ Соревнование проходит до 30 октября. Регистрируйся и участвуй по ссылке: https://shorturl.at/2nY2K

Reklama
11👍4👏4👨‍💻21🫡1
📱Xitoyda Xiaomi 17 seriyasi flagmanlari namoyish etildi. Barchasi yangi Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessoriga ega bo’ldi, Pro modellarida esa qo’shimcha orqa displey ham mavjud.

Bazaviy Xiaomi 17 da 6,3 dyuymli 120 hz chastotali OLED ekran, 16 Gb/512 Gb gacha xotira, 100 Vt'lik zaryadlash qurilmasi, 7 000 mA/soatlik batareya va 2,6 marta kattalashtira oladigan uchta 50 megapikselli kamera mavjud. Narxi $630 dollardan boshlanadi.

Xiaomi 17 Pro'da ham 6,3 dyuymli ekran, ammo kichikroq 6300 mA/soatlik batareya mavjud. Uning kamerasi yaxshiroq, 5X kattalashtira oladi, xotirasi esa 1 TB gacha. Narxi 700 dollardan boshlanadi.

Eng top Xiaomi 17 Pro Max, Pro modelidan 6,9 dyuymli ekran va 7500 mA/soatlik akkumulyatori bilan farq qiladi. Narxi 840 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
🔥87👏24😁1413👍134🤝2
🌓 Insonlarning Oyga 50 yil ichida birinchi parvozi 2026-yil 5-fevralda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda — NASA sanani e’lon qildi.

10 kunlik missiyada to‘rtta astronavt «Orion» kosmik kemasida tabiiy yo’ldosh atrofida aylanib, Yerga qaytishadi. Agar uchishga tayyorgarlikka o’z vaqtida ulgurishmasa, fevral, mart va aprel oylarida parvoz uchun yana bir necha kun ajratilgan.

Parvoz muvaffaqiyatli o’tsa, keyingi qadam odamlarni Oy yuzasiga tushirish bo’ladi — ushbu parvozlar 2027-yilda SpaceX Starship'da bo’lishi rejalashtirilgan, ammo raketaning uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan sinovlari tufayli bu ham kechiktirilishi mumkin.

📟 DigiTech
🔥5018👏10👍94🤯4🥰3💯3🤝3🎉2👨‍💻2
CityPay — O'zbekistonda litsenziyalangan kripto-depozitariysi va kripto-do'koni!

O‘zbekiston rezidentlariga kripto tranzaksiyalarini faqat litsenziyalangan platformalar orqali amalga oshirishga ruxsat beriladi. 2025 yil fevral oyida CityPay istiqbolli loyihalar milliy agentligidan (ILMA) ikkita litsenziya oldi.

CityPay tizimi Paynet ilovasida joriy etilgan. Hozirda siz kripto-aktivlarni saqlashingiz, o’tkazishingiz va qabul qilishingiz mumkin. Tez orada to'liq funksiyalardan foydalanish imkoni paydo bo’ladi. CityPay Bitcoin, Litecoin, Toncoin, USDT va Tether Gold bilan tranzaktsiyalar qilish imkonini yaratdi.

Kripto-hamyonni ochish uchun Paynet ilovasida “Xizmatlar” bo’limini tanlang.

Batafsil ma'lumot uchun:
TG: @CityPayUz
IG: @citypay_uz
🌐 citypay.uz
📩 [email protected]

Reklama
182