🚘 Avtomobillar uchun «MagSafe»: Porsche dunyoda birinchi bo’lib simsiz zaryadlash funksiyasi mavjud seriyali elektromobillarni ishlab chiqarishni boshlaydi.
Kichik stansiya garaj yoki to'xtash joyidagi yerga o’rnatiladi va avtomobilni pastki qismdagi energiya qabul qiluvchisi orqali zaryadlaydi. Texnologiya Porsche Cayenne 2026'da paydo bo’ladi, zaryadlash quvvati esa 11 kVt bo‘lishi va'da qilinmoqda — elektromobillar uchun oddiy (tezkor bo’lmagan) zaryadlovchi bilan deyarli bir xil.
📟 DigiTech

⚡56🔥19❤16👍8👏6💯1👨💻1🫡1
⚡️Uber Hindistonda taksi haydovchilariga sun’iy intellektni o’rgatish ishini taklif qildi.
Endilikda haydovchilar buyurtmalardan bo’sh vaqtlarida to’g’ridan-to‘g‘ri Uber ilovasida SI'ga matn va obyektlarni tanib olishni o’rgatishlari, kvitansiyalarni shifrlashlari va turli iboralarga ovoz berishlari mumkin.
Vazifalarning murakkabligiga qarab, ular soatiga 20 dan 200 dollargacha olishlari mumkin, ma'lumotlar esa SI modellarini ishlab chiqish va boshqa kompaniyalarga sotish uchun ishlatiladi.

👍69😁25👏13❤5💯2🤝2🫡2⚡1🔥1
⚡️72 ta foydali neyron tarmoqlar ro’yxati.
Tasvir va video generatorlari, matnlar, kodlar, eslatmalar, jadvallar va hattoki loyihalarni boshqarish bo’yicha neyrotarmoqlar mavjud.
📟 DigiTech
Tasvir va video generatorlari, matnlar, kodlar, eslatmalar, jadvallar va hattoki loyihalarni boshqarish bo’yicha neyrotarmoqlar mavjud.
📟 DigiTech
🔥43👍19❤11🤝3⚡2💯2🫡1
🚘 Porsche kompaniyasi tarixdagi eng kuchli 911 — 701 ot kuchiga ega va 2,5 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadigan 2026 Turbo S gibridini namoyish etdi.
Kupe va kabriolet 322 km/soat tezlikka erisha oladi, Nyurburgring trassasidagi burilishni boshqa Porsche'larga qaraganda 14 soniya tezroq yurib o’tadi.
Kupe narxi 234 000 yevrodan, kabriolet esa 246 000 yevrodan boshlanadi.

❤57👍25🤝9⚡6🎉2💯1
👨💻 Xaker Burger King'ni «admin» paroli bilan buzib kirdi — u to’g’ridan-to’g’ri kompaniya veb-sayti kodida saqlangan.
Xaker 30 mingta Burger King filiallaridan istalganida muassasalarning ichki tarmog‘iga ulanish, mijozlar buyurtmalarini ko’rish va musiqani boshqarishga muvaffaq bo‘ldi.
Aytgancha, ushbu xaker bir oy oldin McDonald's bosh sahifasiga Shrekni joylagan BobDaHacker bo’lib chiqdi.

😁154👏16❤12👍6🔥6🫡4🤓3👨💻3⚡2💯1🤝1
🚘 Mercedes kompaniyasi bir metr uzunlikdagi ekran o’rnatilgan va ChatGPT, Gemini asosida ishlaydigan sun’iy intellekt yordamchisiga ega elektromobil GLC'ni chiqardi.
Unga umumiy quvvati 489 ot kuchi bo’lgan ikkita dvigatel o’rnatilgan. 100 km/soat tezlikka 4,4 soniyada erishadi va bir zaryadda 713 km masofani bosib o’tadi.
Sotuvlar 2026-yilning yanvaridan, narxi esa 60 000 dollardan boshlanishi kutilmoqda.

👍96❤12👏10🤝5😢4🤓4⚡3🔥3🫡3🥰1💯1
📱Apple kompaniyasining yangi iPhone va boshqa qurilmalari taqdimoti bugun soat 22:00 da bo’lib o’tadi. Jurnalistlar allaqachon chiqishi kutilayotgan gadjetlarning to’liq ro’yxatini tuzib bo’lishdi:
📟 DigiTech
• iPhone 17
• iPhone 17 Pro
• iPhone 17 Pro Max
• iPhone 17 Air
• Apple Watch Series 11
• Apple Watch Ultra 3
• Apple Watch SE 3
• AirPods Pro 3
📟 DigiTech
❤48👍19👏5😁5😡4🔥3⚡1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Telepatiya reallikka aylandi: AlterEgo startapi «fikr kuchi bilan» muloqot qilish imkonini beruvchi taqiladigan gadjetni namoyish etdi. U sezilmaydigan miya mushaklari signallarini o’qiydi va ularni nutqqa aylantiradi.
Qurilma aqliy ravishda miyangizda so’zlarni aytganingizda yoki lablaringizni qimirlatganingizda paydo bo’ladigan nozik nerv-mushak signallarini o’qiy oladi, so’ng neyrotarmoq ularni suhbatdoshingiz smartfoniga yuboradi. U shuningdek, o’rnatilgan kamera orqali atrofdagi narsalarni ham taniy oladi.
Uning yordamida masalan, smartfoningizda eslatma yaratishingiz yoki chatbot bilan suhbatlashishingiz ham mumkin bo’ladi. Hozircha bu faqat prototip, ammo yaqin yillarda gadjetni sotuvga chiqarishga va’da berishmoqda.

👍45🔥14❤12🤯10👨💻7👏4🤝2🫡2⚡1💯1🤓1
⚡️Apple taqdimoti bo’lib o’tdi — yangi qurilmalar haqidagi barcha ma’lumotlarni bir postda to’pladik:
AirPods 3 Pro:
Apple Watch Series 11:
iPhone 17:
iPhone 17 Air:
iPhone 17 Pro va Pro Max:
Barcha yangi qurilmalar sotuvda 19-sentyabrdan mavjud bo’ladi.
📟 DigiTech
AirPods 3 Pro:
— Quloqchin endi nutqni real vaqt rejimida boshqa tillarga tarjima qilishi mumkin;
— Quloqchinlar foydalanuvchi pulsini o’qishni va barcha ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Health ilovasiga yuborishni o’rgandi;
— Shovqinni kamaytirish funksiyasi oldingi avloddan 2 baravar, birinchisidan esa 4 baravar yaxshiroq ishlaydi;
— Namlikdan himoya yaxshilandi — endi quloqchin bilan suzish mumkin;
— Juda ham sifatli tovush — u hozirda dunyodagi eng yaxshi quloqchindir;
— Narxi - $249 dollar.
Apple Watch Series 11:
— 10-avlodga nisbatan 2 baravar yaxshiroq himoya;
— Soat bosimni o’lchashni o’rgandi;
— Apple tarixidagi eng yupqa va eng aniq ishlaydigan aqlli soat;
— Narxi - 250 dollardan.
iPhone 17:
— 120 hz chastotali 6,3 dyuymli ekran;
— Tanlovga beshta rang mavjud;
— A19 chipi — Apple tarixidagi eng yaxshisi;
— Asosiy kamera 48 MP va telefoto 12 MP;
— Kamera endi iPhone'ni aylantirmasdan ham vertikal, ham gorizontal suratga olishi mumkin;
— 256 gigabayt xotira endi standart hisoblanadi;
— iPhone 17 iPhone 16 ga qaraganda 8 soat ko’proq ishlaydi;
— Narxi — 799 dollardan.
iPhone 17 Air:
— Qalinligi atigi 5,6 mm;
— Bardoshli titan ramka;
— To’rt xil rangda mavjud;
— Eng kuchli A19 Pro protsessori — kuchliligi jihatdan deyarli MacBook'ga teng;
— Bitta kamera — 48 MP, old kamerasi 18 MP.
iPhone 17 Pro va Pro Max:
— Eng kuchli A19 Pro chipi, umuman qotmaydi;
— Orqa paneli va kamera blokining mutlaqo yangi dizayni;
— Yangi chiroyli «Cosmic Orange» rangda mavjud;
— Zarbalarga 4 baravar yaxshiroq chidamli;
— Har uchala kamera ham 48 MP;
— 8X yaqinlashtirish funksiyasi, Apple tarixidagi eng katta;
— Kameralar juda tinniq 4K video yozishi mumkin — butun taqdimot 17 Pro'da olingan;
— Bir zaryadda 39 soatgacha ishlaydigan batareya!
— Shisha yo’q – faqat titan va keramika;
— Pro narxi 1099 dollardan, Pro Max — 1199 dollardan boshlanadi.
Barcha yangi qurilmalar sotuvda 19-sentyabrdan mavjud bo’ladi.
📟 DigiTech
👍45❤19🤔9🎉7⚡2🔥2😢2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📲 AirPods'dagi sinxron tarjima funksiyasi eski quloqchinlarda ham ishlaydi — ajoyib xususiyat AirPods Pro 2 va AirPods 4 uchun ham mavjud bo’ladi.
Undan foydalanish uchun iOS 26 o’rnatilgan iPhone 15 Pro yoki undan yangiroq model kerak bo’ladi. Hozircha 5 ta tilni qo’llab-quvvatlaydi: ingliz, fransuz, nemis, portugal va ispan tili.
O’zbek tili qo’shilishini kutamiz va til to’siqlarini unutamiz.

👍41❤10⚡4👨💻3🔥2💯2🤝1
🚘 Ferrari o’zining yangi flagman superkarini namoyish etdi: 849 Testarossa gibrid. Bu mashhur sport avtomobillari seriyasining qayta tiklangan versiyasidir.
Avtomobilga uchta elektromotor va umumiy quvvati 1050 ot kuchiga ega klassik V8 o’rnatilgan, 100 km/soat tezlikka 2,3 soniyada erishadi. Maksimal tezlik 330 km/soatdan oshadi.
Sotuvlar 2026-yildan boshlanadi, narxi esa 540 000 dollardan boshlanishi kutilmoqda.

🔥39❤15🤓6👍5😢5🫡5⚡2👏2💯2👨💻1