AI | DigiTech
51.4K subscribers
2.54K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Yaponiyada apokalipsisda ham ishlaydigan kolonkani chiqarishdi — Crankspeaker'ga har qanday sharoitda quvvat olish uchun qo’l generatori o’rnatilgan.

Qurilmadan kolonka, smartfon uchun quvvatlagich, radio, lampa, soat va chiroq sifatida foydalanish mumkin. Asosiy xususiyati o’rnatilgan generator bo’lib, uni bir daqiqa aylantirish chiroqni yarim soat davomida yoqish uchun yetarli.

Narxi — 110 dollar.

📟 DigiTech
👍117👏3018🔥7🤯6🫡61😢1💯1🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎮 Google real vaqt rejimida butun o’yin dunyosini generatsiya qila oladigan Genie 3 SI modelini namoyish etdi.

Joylar, qahramonlar va manzaralar oddiy matnli so’rovlar yordamida sozlanadi, videolar esa 720p sifatda generatsiya qilinadi.

Hozircha texnologiya dasturchilarning kichik guruhi bilan sinovdan o’tkazilmoqda, bundan so’ng uni yaxshilash rejalashtirilgan, sababi hozirda jiddiy bir kamchilik bor — neyro-o’yinlarda qahramonni faqat bir necha daqiqa boshqarish mumkin.

📟 DigiTech
👏37👍12🤯1183😢3🫡3💯2🤓2👨‍💻2😡1
🌳 O’rmonda bor-yo’g'i 15 daqiqa sayr qilish depressiyadan qutqaradi.

Olimlar ochiq tabiatda sayr qilish psixikani hatto sport bilan shug’ullanishdan ham yaxshiroq tiklashini aniqlashdi. Har qanday yashil maydonlar, hatto shahardagi bog’lar, kichik adirlar va xiyobonlar ham mos keladi.

78 ta tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, tabiatda 45 daqiqadan ko’proq vaqt bo’lish hatto unumdorlik va energiyani bir necha marta oshiradi.

📟 DigiTech
51👍32👏13🥰2💯2🫡2
⚡️Fandagi inqilob: SI fizikaning yangi qonunlarini aniqladi. Model ilgari o’rganish uchun zarur texnologiyalar bo’lmagan hodisalarni tushuntira oldi.

Neyron tarmoq eksperimental ma'lumotlar va fizikaning asosiy tamoyillari yordamida o’qitilgan. Misol uchun, sun’iy intellekt birinchi marta chang plazmasining mexanikasini tushuntira oldi — bu zaryadlangan chang zarralari bo’lgan issiq gazdir.

Model simulyatsiyalarining aniqligi 99% dan oshdi. Insonlar tadqiqotlari farazlardagi xatolar tufayli bunday natijalarga erisha olmagan.

📟 DigiTech
👏72🤯38👍2012🤝42🫡2🎉1💯1
🚘 Lamborghini Temerario Porto Cervo superkarini namoyish etdi.

Interyer ko’k gamma rangda qilingan, mat karbon va eshiklardagi avtomobil silueti — barchasi Ad Personam bo’limi tomonidan qo’lda ishlangan.

Unga gibrid 4,0 litrli V8 va 920 ot kuchiga ega to’rtta dvigatel o’rnatilgan. 0-100 km/soat tezlikka 2,7 soniyada erishadi.

Narxi hozircha sir saqlanmoqda.

📟 DigiTech
5214👍12👏6🫡5🔥2💯2🤔1😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️GPT-5 bugun chiqadi — OpenAI hozirgina yangi model tizerini joyladi.

Kompaniya yangi modelni bugun soat 22:00 da namoyish etishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👏57👍1412🔥83😁3🎉2💯1
⚡️GPT-5 rasman namoyish etildi — yangi model zamonaviy benchmarklarda mutlaqo barcha mavjud bo’lgan matematik misollarni yechishga qodir.

— Yangi versiya GPT‑4o va oldingi barcha modellarga qaraganda yaxshiroq ishlaydi: aniqroq, tezroq, mantiqiy jihatdan chuqurroq fikrlaydi;
— SI murakkab dastur, veb-sayt yoki o’yinni faqat bitta matnli so’rov bilan yaratib beradi;
— Kamroq gallyutsinatsiyalar qiladi: biznesda, dasturlashda, tadqiqotda ishonchliroq foydalanish mumkin;
— Dasturlashda ayniqsa juda kuchli.

Model barcha uchun bugun chiqariladi va foydalanish bepul bo’ladi.

📟 DigiTech
81👍55🔥9🎉6🤓52👏2🤝2
⚡️Olimlar ko’rlikni yengishdi — FDA 30 daqiqada 70 yoshlilarning ko’rish qobiliyatini 20 yoshdagilardek tiklaydigan VIZZ tomchi dorisini tasdiqladi.

— VIZZ inson ko’z qorachig'ini kamera diafragmasi kabi toraytiradi va ko’zoynaksiz istalgan masofada fokusni tiklaydi.

— Aseklidin faol moddasi birinchi marta yoshga bog’liq ko’rlikni davolash uchun tasdiqlandi. Uni hech qanday nojo’ya ta'sirlari yo’q.

— Dori ta'siri 10 soat davom etadi.

— Uni ishlab chiqish 20 yil davom etdi. Tomchi dori 2025-yil oxirigacha sotuvga chiqariladi.

Bu asr inqilobidir — milliardlab odamlar ko’zoynaksiz ham yaxshi ko’ra olishlari mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
15841🤯30👍22🔥12👏11🤔5🫡5💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 GPT-5 bitta matnli so’rovda butun boshli saytni to’liq kodini yozib beradi.

Sinovchilar uni yuqori baholashdi va bitta matnli so’rov bilan quyosh tizimining simulyatsiyasi mavjud veb-saytni yaratishga muvaffaq bo’lishdi. Unga g’oyangizni tasvirlab berishingiz kifoya, qolganini esa modelni o’zi bajaradi, dizayn va animatsiyalar bilan sahifani to’ldiradi.

Junior dasturchilar ishi xavf ostida.

📟 DigiTech
64😢28👍16🔥6🫡6👏5😁4🎉4💯4👨‍💻4🤝1
👨‍💻 GPT-5 chiqqanidan keyin:

📟 DigiTech
😁463😢46🤯12😨8👍76🔥6🤔32🤓2
🎵 Studiya sifatidagi musiqalarni yaratamiz: ElevenLabs qo’shiqlar yaratish uchun yangi neyron tarmoqni chiqardi.

Har qanday janrni tanlash va kompozitsiyaning har bir qismini sozlash mumkin. Model musiqa asboblari va qo’shiqchilarning ovozlarini teng darajada yaxshi generatsiya qiladi — hatto murakkab vokalni ham. Musiqaga o’zingizni matningizni ham kiritishingiz mumkin.

Bepul tokenlar 5 ta musiqani to’liq generatsiya qilish uchun yetadi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👏2515👍9🤝2🫡21💯1
🚘 Bentley 730 ot kuchiga ega ajoyib Batur Convertible kabrioletini namoyish etdi.

U brend tarixidagi eng kuchli kabrioletdir. O’rindiqlar ranglari haydovchi va yo’lovchi uchun ikki xil gammada ishlangan, dvigateli esa 730 ot kuchiga ega W12.

Avtomobilning aksariyat qismlari titandan yasalgan, saloni qo’lda ishlangan, shuningdek, kalitlar uchun avtomobil uslubiga mos keyslar mavjud. Insayderlarning xabar berishlaricha, bunday model taxminan 2 million dollar turadi. Aniq narx mijozning xohishlariga bog'liq.

📟 DigiTech
🔥6024👍11👏8🤯6🫡3💯21