AI | DigiTech
52.3K subscribers
2.55K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Telegramda reyting va postlar bo’yicha global qidiruv paydo bo’ldi — messenjer jamoasi ulkan yangilanishni chiqardi.

Nimalar qo’shildi:
— Premium foydalanuvchilar uchun postlarni global qidirish: endi birinchi manbalarni topish va soxta postlarni ajratib olish osonroq bo’ladi. Kuniga 10 ta so’rov bepul, undan keyin esa stars to’lashga to’g’ri keladi;

— Endi stories'larni albomlarga, sovg’alarni (gift) esa to’plamlarga yig‘ish mumkin;

— Profil reytingi paydo bo’ldi: qancha ko’p stars sarflasangiz, reytingda shunchalik yuqorida bo’lasiz. Sovg’alar (gift) sotib olish va pulli xabarlar yuborish reytingni oshiradi;

— Telegramning rasmiy marketida Premium obunasi bo’lgan foydalanuvchilar uchun maxsus Premium sovg’alar (gift) chiqadi;

— BotFather'da botlarni yana qulayroq boshqarish uchun mini-ilova ishga tushirildi.


Yangilanish Android va iOS qurilmalari uchun allaqachon mavjud.

📟 DigiTech
🫡34👍20133👏3🔥2💯1😡1
🖼️ Krea va Black Forest Labs kompaniyalarining realizmga urg’u berilgan tasvirlar yaratadigan yangi ochiq manbali Flux1 Krea Dev modeli chiqdi.

U bir necha soniyada tasvirlarni yaratadi. Natijalar aralash: model manzaralarni yaxshi generatsiya qiladi, ammo odamlar va hayvonlarda artefaktlar paydo bo’la boshlaydi.

• Sinab ko’rish uchun havola.
• Loyiha kodiga
havola.

📟 DigiTech
👏17👍11102🤝2🔥1🤯1💯1
🏃‍♂️ Yugurishni yoqtiradiganlar uchun ajoyib topilma: INTVL ilovasi sportni hudud uchun kurash va global o’yinga aylantirdi.

Ishlab chiquvchilar Pokemon Go va Paper io'ni birlashtirishdi. Foydalanuvchilar hududlar bo’ylab yugurib, maydonni «qo’lga olishlari» mumkin, har 1 km² umumiy reytingga bir ball olib keladi. Minus tomoni: siz egallagan hududni boshqalar bosib olishi mumkin 😁

Ilova butun dunyoda ishlaydi, hatto O’zbekiston shaharlari ham mavjud. App Store va Google Play'dan yuklab olish mumkin.

📟 DigiTech
😁70👍3122🔥62👏2🤯1💯1🫡1
🤖 SI agent dunyodagi eng yaxshi xakerga aylandi: Xbow boti «oq» xakerlar uchun eng mashhur platforma bo’lgan HackerOne reytingida birinchi o’rinni egalladi.

Xbow SI agenti bir necha oy ichida aniqlangan zaifliklar soni bo’yicha eng tajribali xakerlarni ortda qoldirdi. SI xavfsizlik muammolarini va ularni buzish usullarini odamlarga qaraganda tezroq aniqlaydi.

SI oxiri «oq» xakerdan «qora» xakerlikka o’tib ketmasinda ishqilib :(

📟 DigiTech
😁98👍1787💯5🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⛰️ Xitoyda tog'larni kesib, ular orqali yo’l o’tkazishdi.

Murakkab relyef tufayli Guychjou provinsiyasidagi ko’plab tepaliklar atrofida avtomagistral qurish juda noqulay va qiyin edi, shuning uchun muammoni ularning ayrim hududlarini kesish va avtomobil yo’lini Huajiang kanyonidagi dunyodagi eng baland ko’prikka to’g’ridan-to’g’ri ulash orqali hal qilishdi.

📟 DigiTech
👍108🔥2416👏9🤯8🫡6😡4😁2💯2
☀️ Olimlarning aniqlashlaricha, miyamiz issiqlik tufayli tom ma'noda eriydi — butun dunyo bo'ylab odamlar issiqlik tufayli kognitiv qobiliyatlari yomonlashib, unumdorligi pasaymoqda va asabiy zombilarga aylanishmoqda.

Asosiy sabab — iqlimning keskin o’zgarishi va o’ta kuchli issiqlik to’lqinlaridir, ularga tanamiz shunchaki moslashishga ulgurmayapti. Miya 26 ° C dan yuqori haroratlarda favqulodda holatga o’tadi: fikrlash sekinlashadi, axborotni qayta ishlash tezligi pasayadi, xotira yomonlashadi — va bu muammolarning faqat bir qismidir.

Uyqu bilan ham vaziyat yaxshi emas. Issiqda yomon uyqu endi odatiy holdir: miya termoregulyatsiyaga dosh bera olmaydi, shuning uchun tana chuqur uyqu fazasiga o’ta olmaydi. Bu esa stress va asabiylikni keltirib chiqaradi.


Mutaxassislar ko’chada iloji boricha soyada yurishni, konditsionerni ishlatishni va tanadagi suv balansini nazorat qilishni maslahat berishadi.

📟 DigiTech
48🤯27👍24😢6💯5🔥4😁1😨1
⚡️Apple kompaniyasining IT-mutaxassislari birinchi maoshidanoq avtomobil sotib ololishadi — Kupertinolik mutaxassislarning daromadlari ma’lum qilindi, raqamlar hayratlanarli:

• UX/UI dizayner — yiliga 468 000 dollargacha;
• Muhandis-dasturchi — 378 000 dollar;
• Data Scientist — 322 000 dollar;
• Machine Learning bo’yicha mutaxassis — 329 000 dollargacha.


Kompaniyada hozirda eng minimal maosh yiliga 100 000 dollardir, bu yerda bonus va kompensatsiyalar hisoblanmagan. Misol uchun, hozirda Apple'da ishlaydigan SI mutaxassislar bonuslari oylik maoshidan ancha yuqoriroq.

📟 DigiTech
1😢74👍41226👨‍💻5🎉3👏2💯1
📲 1000 ta saytlardan video va audiolarni bepul yuklab beruvchi xizmat chiqdi.

Sayt kontentni eng mashhur saytlardan turli formatlarda yuklab beradi — undan ro’yxatdan o’tmasdan bepul foydalanish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
1👍3416🔥4👏3🫡21🤯1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Videolar uchun fotoshop endi hamma uchun mavjud — Runway obunasi bo’lgan foydalanuvchilarga Aleph video muharririga kirish imkoniyatini ochdi.

Bu professional video muharrirning o’rnini bosa oladigan neyron tarmoqdir: u videodagi sahnalarni bir necha soniyada o’zgartirib beradi va har qanday maxsus effektlarni yarata oladi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍359🤯6👏3💯21🤝1🫡1
📱Insayderlar Apple sentyabrdagi taqdimotda ko’rsatishi mumkin bo’lgan qurilmalarning to’liq ro’yxatini tuzishdi.

iPhone 17 liniyasidan tashqari kompaniya AirPods 3, Apple Watch'ning keyingi avlodi, shuningdek, yangi Apple TV, AirTag va HomePod'ni namoyish etishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
42👍20🔥11🫡3😁2😢21👏1🤯1💯1🤓1
👨‍💻 Mark Sukerberg IT-mutaxassisga milliard dollarlik maoshli ishni taklif qildi, lekin u ham rad javobini berdi.

Meta avvalroq Facebook'ni tark etib OpenAI ga o’tgan, keyinchalik esa o’zining Thinking Machines Lab startapiga asos solgan SI mutaxassisi Endryu Tallok'ni o’z jamoasiga qaytarmoqchi bo’ldi.

Unga 6 yillik shartnoma uchun milliard dollar taklif qilindi, agar kompaniya aksiyalari o’sib borsa, bu mablag' 1,5 milliard dollargacha oshishi mumkin edi, biroq Endryu taklifni qat'iyan rad etdi.

Bundan sal avvalroq Mark Sukerberg Abel kompaniyasining SI mutaxassisini ishga olish uchun 1.25 milliard dollar maosh taklif qilgandi, lekin o’shanda ham rad javobini olgandi. Top SI mutaxassislar milliard dollarni ham mensimay qolishganmi deyman :)


📟 DigiTech
😁1062218👍9🤯4😢1💯1
🖥️ MSI narxi atigi 84 dollar bo’lgan 240 hz chastotali top monitorni chiqardi.

MSI MAG 245F X24 xususiyatlari:
— 24 dyuymli, 240 hz chastotali IPS FHD matritsa;
— Javob vaqti 0,5 ms;
— Adaptive-Sync va HDR'ni qo’llab-quvvatlaydi;
— Ekran yorqinligi 300 nit va kontrastligi 1000:1.


Ushbu monitorni allaqachon Xitoyda 599 yuandan sotib olish mumkin.

📟 DigiTech
52👍21🔥9👏7🫡32🤯1🎉1💯1
⚡️Yaponiyada apokalipsisda ham ishlaydigan kolonkani chiqarishdi — Crankspeaker'ga har qanday sharoitda quvvat olish uchun qo’l generatori o’rnatilgan.

Qurilmadan kolonka, smartfon uchun quvvatlagich, radio, lampa, soat va chiroq sifatida foydalanish mumkin. Asosiy xususiyati o’rnatilgan generator bo’lib, uni bir daqiqa aylantirish chiroqni yarim soat davomida yoqish uchun yetarli.

Narxi — 110 dollar.

📟 DigiTech
👍118👏3018🔥7🤯6🫡61😢1💯1🤓1