AI | DigiTech
52.3K subscribers
2.55K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yandex Search yangilandi va yanada aqlliroq bo‘ldi: endilikda u shunchaki qidirmaydi, balki o‘zbek tilidagi sun’iy intellekt orqali real vaqtda qisqa va mazmunli javoblar beradi.

Nimalar qo’shildi?
O‘zbek tilida o‘qitilgan neyron tarmoqlar
Ingliz va rus tilidan tarjima — mahalliy kontekstni hisobga olgan holda
11,6 millionta materialga kirish imkoni (Wikipedia, Stack Overflow va boshqalar)
Aqlli chat-qidiruv: so‘rovni aniqlashtirish imkoni
Eng so‘nggi ma’lumotlar asosida ishlaydi — hatto bir necha soat oldin chiqqan kontentni ham topadi.

Barchasi qidiruvning o‘zida — ro‘yxatdan o‘tish va ortiqcha urinishlarsiz.

Sinab ko‘rdingizmi?
31👏14👍132🔥2💯2
🌍 Hayratlanarli hikoya: britaniyalik Karl Bushbi 27 yildan beri dunyoni piyoda aylanib chiqishga urinib kelmoqda. U yaqinda TikTok akkauntini ochdi, akkauntda sayohati haqidagi savollarga javob beryapti.

Karl o’zining «Goliaf ekspeditsiyasi»ni 1998-yilda Chili janubida boshlagan. Tugatish 2008-yilda rejalashtirilgan edi, ammo vizalar va inqirozlar tufayli barchasi kechiktirildi.

U shu paytgacha Bering bo’g’ozidan o'tib, Kaspiy dengizi bo’ylab suzib o’tishga muvaffaq bo’ldi. Shu yilning may oyida Yevropaga yetib keldi. Bosib o’tilishi kerak bo’lgan 58 ming km masofadan atigi 3 ming km yurish qoldi.

Tasavvur qiling: birinchi iPhone taqdimoti paytida u shunchaki sovuq tundrada omon qolishga harakat qilgan.

📟 DigiTech
🤯133👏3530👍155🔥5🫡5💯1🤝1🎄1
⚡️Microsoft kompaniyasi sun'iy intellekt tahdidi tufayli yo’q bo’lib ketish xavfi yuqori bo’lgan 40 ta kasblar ro’yxatini e’lon qildi. Ro’yxatda tarjimonlar, konsyerjlar, tarixchilar, geograflar, video muharrirlar, veb-dasturchilar va hatto modellar mavjud.

Ushbu ro’yxat bilan birga shuningdek, Microsoft sunʼiy intellekt davrida eng xavfsiz 40 ta kasblarni ham e’lon qildi, ular orasida hamshiralar, shinalar o’rnatuvchilar, quruvchilar va jarrohlar bor.

📟 DigiTech
👏61😁2414🔥12🤯9😡73💯2🤓2👨‍💻2🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Apple Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy akkauntida tasodifan yangi Samsung Galaxy Z Flip 7 smartfoni reklamasini joylab yubordi.

Xabarni tezda o’chirishdi, ammo post skrinshotlari internet bo’ylab tarqalishga ulgurdi :)

📟 DigiTech
😁16012👨‍💻53💯2🥰1🤯1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚜 Xitoy kelajakda yashamoqda, u yerda dalalarni futuristik robot traktor haydashni boshladi.

Honghu T70 SI tomonidan boshqariladi va bir zaryadda (elektr dvigatel) olti soatgacha ishlaydi, har qanday standart uskunaga mos keladi, shuningdek, tuproq va o’simliklarning holatini ham baholay oladi.

Traktor allaqachon Xebey provinsiyasida qo’llanilmoqda, yaqin kelajakda esa uni butun mamlakat bo’ylab joriy etish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
👍87👏1613🔥12🤯112😢1💯1🫡1
⚡️Telegramda reyting va postlar bo’yicha global qidiruv paydo bo’ldi — messenjer jamoasi ulkan yangilanishni chiqardi.

Nimalar qo’shildi:
— Premium foydalanuvchilar uchun postlarni global qidirish: endi birinchi manbalarni topish va soxta postlarni ajratib olish osonroq bo’ladi. Kuniga 10 ta so’rov bepul, undan keyin esa stars to’lashga to’g’ri keladi;

— Endi stories'larni albomlarga, sovg’alarni (gift) esa to’plamlarga yig‘ish mumkin;

— Profil reytingi paydo bo’ldi: qancha ko’p stars sarflasangiz, reytingda shunchalik yuqorida bo’lasiz. Sovg’alar (gift) sotib olish va pulli xabarlar yuborish reytingni oshiradi;

— Telegramning rasmiy marketida Premium obunasi bo’lgan foydalanuvchilar uchun maxsus Premium sovg’alar (gift) chiqadi;

— BotFather'da botlarni yana qulayroq boshqarish uchun mini-ilova ishga tushirildi.


Yangilanish Android va iOS qurilmalari uchun allaqachon mavjud.

📟 DigiTech
🫡34👍20133👏3🔥2💯1😡1
🖼️ Krea va Black Forest Labs kompaniyalarining realizmga urg’u berilgan tasvirlar yaratadigan yangi ochiq manbali Flux1 Krea Dev modeli chiqdi.

U bir necha soniyada tasvirlarni yaratadi. Natijalar aralash: model manzaralarni yaxshi generatsiya qiladi, ammo odamlar va hayvonlarda artefaktlar paydo bo’la boshlaydi.

• Sinab ko’rish uchun havola.
• Loyiha kodiga
havola.

📟 DigiTech
👏17👍11102🤝2🔥1🤯1💯1
🏃‍♂️ Yugurishni yoqtiradiganlar uchun ajoyib topilma: INTVL ilovasi sportni hudud uchun kurash va global o’yinga aylantirdi.

Ishlab chiquvchilar Pokemon Go va Paper io'ni birlashtirishdi. Foydalanuvchilar hududlar bo’ylab yugurib, maydonni «qo’lga olishlari» mumkin, har 1 km² umumiy reytingga bir ball olib keladi. Minus tomoni: siz egallagan hududni boshqalar bosib olishi mumkin 😁

Ilova butun dunyoda ishlaydi, hatto O’zbekiston shaharlari ham mavjud. App Store va Google Play'dan yuklab olish mumkin.

📟 DigiTech
😁70👍3122🔥62👏2🤯1💯1🫡1
🤖 SI agent dunyodagi eng yaxshi xakerga aylandi: Xbow boti «oq» xakerlar uchun eng mashhur platforma bo’lgan HackerOne reytingida birinchi o’rinni egalladi.

Xbow SI agenti bir necha oy ichida aniqlangan zaifliklar soni bo’yicha eng tajribali xakerlarni ortda qoldirdi. SI xavfsizlik muammolarini va ularni buzish usullarini odamlarga qaraganda tezroq aniqlaydi.

SI oxiri «oq» xakerdan «qora» xakerlikka o’tib ketmasinda ishqilib :(

📟 DigiTech
😁98👍1787💯5🔥2