AI | DigiTech
52.3K subscribers
2.55K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🛵 BMW futuristik dizaynli CE 04 2025 elektr skuterini chiqardi.

Unga 42 ot kuchiga ega dvigatel o’rnatilgan, 0-50 km/soat tezlikka 2,6 soniyada erishadi. Maksimal tezlik esa soatiga 120 km. Bir zaryadda 130 km masofani bosib o’tadi. Muvozanatni boshqarish tizimi, ABS, isitiladigan rul va o’rindiqlar mavjud.

Narxi — 13 000 dollar.

📟 DigiTech
👏60👍2716😨11🤯6🤓3🎉2🫡21🤔1💯1
📲 Apple kutilmaganda «suyuq shisha» dizaynidan voz kechdi — testerlar yangi iOS 26 beta-versiyasida ikonkalar shaffof emasligini payqashdi.

Eslatib o’tamiz: 9-iyun kuni Tim Kuk WWDC ko’rgazmasida bir soatlik taqdimotini «suyuq shisha» dizayniga bag’ishlagan edi, endi esa undan voz kechdi.

📟 DigiTech
🔥54😁4514👍5😡42😢2🤯1💯1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Bir daqiqada veb-saytlar yaratamiz: MySite AI top neyron tarmog’i chiqdi, u oddiy matnli so’rovdan lending sahifalarni yaratib beradi.

— Shunchaki saytning mohiyatini tasvirlab berish kifoya. SI strukturani yig’adi, saytni kontent bilan to’ldiradi va dizaynni moslashtiradi;
— Hechqanday kod va shablonlarsiz;
— Portfolio, rezyumelar va bloglar sahifalari uchun ideal to’g’ri keladi;
— To’g’ri brauzerda ishlaydi va bepul chegaralangan versiyasi mavjud.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
24👍146😢3👏2👨‍💻2🫡1
🚘 Bentley old yo’lovchi o’rindig’i bo’lmagan yangi kontsept avtomobilni namoyish etdi — old o’rindiq o’rniga unga kuchuklar uchun o’rindiq o’rnatilgan.

Kompaniyadagilarning fikricha, oldingi yo’lovchi o’rindig’i eskirgan, shuning uchun yangicha yondashuv vaqti keldi.

EXP 15 konsepti kelajakdagi modellarning asosiga aylanadi.

📟 DigiTech
😁109🤯177👏7👍5😡42😢1💯1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyda robo-it 13,7 soniyada yuz metr masofani bosib o’tib yangi jahon rekordini o’rnatdi.

Black Panther II janubiy koreyalik Hound robotidan (avvalgi rekordchi natijasi 19,9 soniya edi) o’zib ketdi, lekin hali eng tezkor odam natijasiga yeta olgani yo’q. Useyn Bolt bu masofani atigi 9,58 soniyada bosib o’tgan edi.

📟 DigiTech
👍58😁15🫡86🤯43👏3💯2🔥1
⚡️NVIDIA kapitalizatsiyasi 4 trillion dollarga yetgan tarixdagi birinchi kompaniya bo’ldi.

So’nggi bir necha yil ichida IT-korporatsiya aksiyalarining qiymati sun’iy intellektlarning keskin rivojlanishi fonida juda tez o’sib bormoqda: 2023-yilda uning bozor qiymati birinchi marta 1 trillion dollarga yetgan edi, 2024-yilda esa uch baravarga oshdi.

Hozirda undan keyingi o’rinlarni 3,75 va 3,1 trillion dollar kapitalizatsiya bilan Microsoft va Apple kompaniyalari egallab turishibdi.

📟 DigiTech
👍53195🤯4🔥3👏2🥰1🎉1💯1🫡1
⚡️Grok 4 chiqdi — Ilon Mask'ning neyrotarmog’i beshta asosiy benchmarklar bo’yicha barcha top-modellardan o’zib ketdi.

– Modelning ikkita versiyasi mavjud: oddiy Grok 4 va ilg'or Grok 4 Heavy;

– Grok 4 Heavy AIME25 matematika testidan 100% o’tdi. U tom ma’noda matematikada barcha masalalarni yecha oladi;

– Eng qiyin benchmark bo’lgan «Insoniyatning so‘nggi imtihoni»da ikkala model 38,6% va 44,4% ball to’plab, avvalgi rekordni yangiladi;

— Neyron tarmoq fizikaning yangi qonunlarini ixtiro qilishga qodir: Ilon Mask undan Marsni kolonizatsiya qilishda foydalanmoqchi;

Ikkala model ham obuna bo’yicha mavjud. Grok 4 yiliga 300 dollar turadi, ilg'or Heavy uchun esa yiliga 3000 dollar to’lashga to’g’ri keladi.

📲 Allaqachon rasmiy saytida sinab ko’rish mumkin.

📟 DigiTech
🔥64🤯2514👍11👏6🫡32🎉1💯1
👨‍💻 SI ishlab chiquvchi IT-mutaxassislari futbolchilardan ham qimmatroq bo’lib ketishdi: Mark Sukerberg 200 million dollar evaziga Apple kompaniyasining sun’iy intellektlar ishlab chiqish bo’limi boshlig’ini ishga oldi.

Apple Foundation Model jamoasi rahbari Ruoming Peng Meta'ning yangi jamoasiga qo’shildi.

Apple Meta'ning taklifidan yaxshiroq taklif bera olmadi. Solishtirish uchun: Hatto Tim Kuk'ning yillik bonusi ham bundan deyarli uch baravar kamroq.

📟 DigiTech
45🔥277🤯6👍4👏4💯2😇2🎉1🤝1🫡1
⚡️Rimac Nevera R elektromobili bir kunda 24 ta jahon rekordini o’rnatdi — endi u rasman dunyodagi eng tezkor elektromobil hisoblanadi.

Nevera R 0-100 km/soat tezlikka atigi 1,72 soniyada, 0-400 km/soat tezlikka esa 17,3 soniyada erishdi. Ushbu «yirtqich»ning dvigateli 2107 ot kuchiga ega va bir zaryadda u 490 km masofani bosib o’tadi.

Umumiy faqat 40 ta mashina chiqariladi, narxi — 2,7 million dollardan.

📟 DigiTech
👍64🤯3224🔥8👏63🫡3💯1