AI | DigiTech
51.6K subscribers
2.54K photos
1.41K videos
2.32K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Endi Tesla avtomobillari zavoddan to’g’ridan-to’g’ri mijozlarni eshigigacha o’zini o’zi yetkazib beradi.

Texnologiya Ostinda sinov tariqasida ishga tushirildi. Mashinalar to’g’ridan-to’g’ri zavod omboridan chiqib, avtopilotda egasini uyigacha boradi.

Ilon Mask'ning so’zlariga ko’ra, bunday xizmatni ular dunyoda birinchi bo’lib joriy qilishmoqda.

📟 DigiTech
👏125👍3315😁15🔥9🫡53💯2👨‍💻2🎄2🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Neuralink miya implantlari endi fikr kuchi bilan nafaqat o’yinlar o‘ynashga, balki robot qo’llarni boshqarishga ham imkon beradi.

Sinovlar davomida shol bo’lgan odam faqat harakatlarni o’ylab, robot qo’lni boshqarib flomaster bilan yuk mashinasini chizishga muvaffaq bo’ldi, kelajakda uning chipini kibernetik protezlar va robotlarga ulash mumkin bo’ladi.

Bundan tashqari, Ilon Mask 2026-yilda ko’rish qobiliyatini tiklaydigan birinchi chipni implantatsiya qilishni, 2028-yilda esa depressiya va boshqa ruhiy kasalliklarni davolashni boshlashga va’da berdi.

📟 DigiTech
👍6318🔥5🤯5👏3😢1💯1🎄1
❄️ Dunyodagi eng quruq cho’l — Atakama'da qor yog’di. Bo’ron paytida havo harorati -12°C gacha tushdi. U yerda 10 yildan beri bunday ob-havo kuzatilmagan edi.

Atakamada odatda yomg’ir ham yog’maydi — u yerdagi havo sayyoradagi eng issiq cho’l bo’lgan O’lim vodiysiga qaraganda 50 marta quruqroq.

📟 DigiTech
🔥4510👍9👏6😨65🤯3💯1🫡1🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️YouTube foydalanuvchilarga hatto videoni ochmasdan ham o’zlariga kerakli narsani darhol topishga yordam beradigan SI-xulosasi funksiyasini sinovdan o’tkazmoqda.

Funksiya to’g’ridan-to’g’ri qidiruv orqali ishlaydi, ammo hozircha faqat AQSh'da va faqat gadjetlar, xaridlar va sayohatlar bilan bog’liq so’rovlar uchun ishlamoqda. Ommaviy reliz qachon bo’lishi hozircha noma’lum.

📟 DigiTech
🤯41👍206👏5😢3🫡21💯1😨1🎄1😡1
⚽️ Pekinda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan to’liq avtonom robotlar o’rtasidagi birinchi futbol o’yini bo’lib o’tdi.

Robot-futbolchilar 3-3 o’ynab, ko’pincha quvnoq yiqilib yurishdi (ayrimlarini hatto zambilda olib ketishga to’g’ri keldi), Tsinghua talabalari jamoasi esa g’alaba qozondi.

Xitoyda bunday o’yinlarni muntazam ravishda o’tkazishni rejalashtirishyapti, avgust oyida kattaroq Butunjahon odamsimon robotlar o’yinlari bo’lib o’tadi, bu o’yinda boshqa sport turlari ham bo’ladi.

📟 DigiTech
43😁4218🤯9👍5🔥5💯1😡1
⚡️Apple arzon MacBook'larni chiqaradi — unga iPhone'dagi chiplar o’rnatiladi.

Tahlilchi Ming-Chi Kuo'ning xabar berishicha: Apple 2025-yil oxiri yoki 2026-yilning boshida iPhone 16 Pro'da qo’llanilgan A18 Pro chipida ishlaydigan MacBook'larni ommaviy ishlab chiqarishni boshlaydi.

Birinchi partiyada to’rtta rangdagi 13 dyuymli MacBook'lar bo’ladi: kumush, ko’k, pushti va sariq. Narxi esa 1000 dollardan kamroq bo’lishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍60😡1511🔥4🫡42👏2😁2🥰1🤯1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Dubayda 2026-yildan boshlab shunday elektrolyotlarda taksilar ishga tushiriladi.

Vertolyotlar bilan solishtirganda, Joby kompaniyasining qurilmasi tovushi pastroq va deyarli bir yarim barobar tezroq uchadi — u 320 km/soat tezlikka erisha oladi, zaryadi esa 240 km masofaga yetadi.

Parvozlar aeroport, Dubay Marina, Palm Jumeirah va shahar markazidan amalga oshiriladi. Parvoz narxi hozircha ma’lum emas.

📟 DigiTech
👍38🔥1311👏8🤯62🫡1
👨‍💻 Amazon dasturchisi kuniga 30 daqiqadan ishlab $16 000 maosh olmoqda.

Gap shundaki, u hindlar jamoasiga tushib qolgan, jamoasi unga ataylab e’tibor berishmayapti va uni ketishiga umid qilib, hech qanday topshiriq ham berishmayapti. Avvaliga yigit ishdan ketmoqchi bo’ldi, lekin havodan pul kelayotganini tushunib, shunchaki maoshini olishga qaror qildi.

Hindlar noto’g’ri taktikadan foydalanishayotganini hali bilishmaydi shekilli 😆

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁164👍2519🤯14👏5💯4🔥31
⚡️Telegram'ga vazifalar ro’yxati qo’shildi. Endi to’g’ridan-to’g’ri chatlarda vazifalarni rejalashtirish yoki xaridlar ro’yxatini tuzish mumkin.

Shuningdek, yangilanish bilan kanallar uchun taklif funksiyasi yaxshilandi. Endi foydalanuvchilar kanal uchun nashr vaqti va donat miqdorini tanlab, tayyor postlarni taklif qilishlari mumkin.

📟 DigiTech
👍2812🔥81👏1💯1🫡1
⚡️Xitoyliklardan kuryerlar va quruvchilar uchun ajoyib qurilma — u kir yuvish mashinasini yoki hatto odamni zinapoyadan osongina tepaga olib chiqib qo’yadi.

Ushbu elektr arava 180 kg gacha yukni ko’tara oladi, zaryadi esa taxminan 60-80 qavatga yetadi.

Xitoyda narxi 760 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👍6522🔥10👏52💯2🫡2🎄2
🏬 Xiaomi universitetni endi bitirib ishga kirgan yangi xodimlari uchun zamonaviy yotoqxonalarni qurdi.

29 m² bo’lgan kvartiralarda barcha mebellar va aqlli uy uchun ko’plab qurilmalar, jumladan, maishiy texnika ham mavjud. Oshxona va sport zallari umumiy. Ishga esa xodimlarni maxsus avtobus asosiy ofisgacha olib boradi.

Bunday kvartiraning ijarasi oyiga 280 dollar turadi.

📟 DigiTech
👍7629👏8🔥72💯1🫡1