AI | DigiTech
51.6K subscribers
2.54K photos
1.41K videos
2.32K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🔭 Chilidagi Vera Rubin rasadxonasida o’rnatilgan dunyodagi eng katta raqamli kamerada olingan birinchi suratlar paydo bo’ldi.

3200 megapikselli sensor (avtomobildek o’lchamdagi va og’irligi 3 tonna) galaktikalar klasteri, Laguna tumanliklarining suratlarini oldi va 2104 ta asteroidni, jumladan, Yerga yaqin bo’lgan yettita asteroidni aniqlashga yordam berdi.

To’liq kuzatuvlar uni sozlab bo’lishganidan so’ng yaqin oylarda boshlanadi: har kecha teleskop 20 TB ma’lumot toʻplagan holda osmonning minglab tasvirlarini oladi.

📟 DigiTech
👏64🔥1916💯10🤯9👍8🎉3🫡3
⚡️Olimlar yangi «Gvada-manfiy» qon guruhini aniqlashdi, u sayyorada faqat bitta odamda mavjud.

Yangi qon guruhi Karib dengizidagi Gvadelupa orolida yashovchi ayolda operatsiya oldidan standart testlar topshirilganida tasodifan topildi. Ma’lum bo’lishicha, noyob genetik mutatsiya tufayli uning qonida ilgari fanga ma’lum bo’lmagan antitelalar paydo bo’lgan, shuning uchun u faqat o’ziga donor bo’lishi mumkin.

📟 DigiTech
👍74🤯57😁15🔥12👏1092🫡2
👨‍💻 Microsoft Windows 11 ga yangilanishni majburiy qiladi — Windows 10 da qolish uchun pul to’lashga to’g’ri keladi.

Operatsion tizimni qo’llab-quvvatlash 14-oktyabrda to’xtatiladi. Xavfsizlik yangilanishlari esa yiliga 30 dollar turadi. Taxminan 400 million foydalanuvchi hali ham Windows 10-dan foydalanadi.

Eng qizig’i: 240 millionga yaqin kompyuterlar so’nggi Windows'ni texnik jihatdan ko’tara olmaydi. Microsoft bunday qurilmalar egalariga shunchaki yangi kompyuter sotib olishni maslahat bermoqda :)

📟 DigiTech
😁144😡24🔥8🤔85👍3👨‍💻32💯2🫡2
📲 Android'dagi Chrome'ga nihoyat sayt manzili panelini ekranning pastki qismiga ko’chirish imkoniyati qo’shildi — iOS'dagi Google brauzerida bu funksiya 2023-yildan buyon mavjud.

Sayt manzili joylashuvini o’zgartirish uchun barmog’ingizni manzil satrida ushlab turishingiz va ochilgan menyudan ko’chirish tugmasini tanlashingiz kerak. Yangilanish asta-sekin yuklanmoqda, shuning uchun ayrimlarda hali mavjud emas.

📟 DigiTech
😁50👍1913🔥3👏2💯2🤝2🫡2
🗺️ O’zingiz xohlagan xaritalarini to’g’ridan-to’g’ri brauzerda yarating — stol o’yinlari ishqibozlari uchun maxsus sayt chiqdi.

Fantasy Map Generator'da tog’lar, daryolar, davlat chegaralari, shahar nomlari, ularning gerblari va hatto relyefi bilan batafsil xaritalar yaratishingiz mumkin. Tasodifiy shablonni generatsiya qilib, uni tasavvuringizga ko’ra o’zgartirib chiqishingiz mumkin.

Generatsiya qilingan xaritalarni PNG, SVG va hatto JSON formatda eksport qilish mumkin. Eng muhimi undan foydalanish bepul va hatto ro’yxatdan o’tishni ham talab qilmaydi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍2714🔥3👏3💯3🤝2🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Robotlarga og’riqni his qilishni o’rgatishdi: Kembrij olimlari teginishni his qiladigan sun’iy terini yaratishdi.

Buning uchun ko’plab sensorlar o’rnatilgan yupqa gidrogel plyonkadan foydalanishdi. Neyron tarmoqqa har bir ta’sir turini tanib olishni o’rgatish uchun unga tegishdi, yoqishdi va kesishdi.

Ushbu texnologiya yordamida odamning teginish hissini tiklaydigan protezlar yoki teginishni his qila oladigan robotlar yasash osonroq bo’ladi.

📟 DigiTech
🤯5127👍98🔥5😡2
🎮 Sony PlayStation 6 2028-yilda chiqariladi.

PS6 ni ishlab chiqish allaqachon boshlangan, ammo texnik xususiyatlari haqida hali hech qanday ma’lumot yo’q. Sony Interactive Entertainment rahbari faqat asosiy e’tibor oflayn o’yinlarda qolishini ta’kidladi.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥61👍2012💯4👏2🤓2👨‍💻2🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Nutqni generatsiya qiluvchi neyrotarmoq endi har doim cho’ntakda: ElevenLabs bepul mobil ilovasini chiqardi.

Nutq sintezi uchun har qanday modeldan foydalanishingiz mumkin, shu jumladan, V3'dan ham. O’nlab turli xil studiya sifatidagi ovozlar mavjud — 32 ta tilni qo’llab-quvvatlaydi.

👉 iOS'ga yuklash uchun havola, Android'ga yuklash uchun havola.

📟 DigiTech
👍319🔥4🤯4💯4👏21
⚡️ Turli xil neyrotarmoqlarning ulkan ro’yxati yig’ilgan sayt — Theresanaiforthat.

Ushbu saytda har qanday vazifa uchun 37 000 dan ortiq neyrotarmoqlar jamlangan. Kerakli neyrotarmoqni topish uchun qanday vazifani bajarishi kerakligini matnli tavsif ko’rinishida kiritish yoki filtrni sozlash kifoya.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥2717👍143💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 SI agentlari o’rtasida «qirollik jangi»ni o’tkazishdi — neyrotarmoqlarga raqobatchining tizim jarayonini topish va uni «yo’q qilish» vazifasi qo’yildi.

Jang ishtirokchilari: Claude-code, Anon-kode, Codex, Opencode, Ampcode va Gemini. Birinchi raundda Opencode barchani bir zumda mag'lub etdi.

Eng qiziq voqea ikkinchi raundda sodir bo’ldi — Opencode tezda 5 ta raqobatchidan 4 tasini o’chirib qo’ydi, lekin oxirida u o’zini Claude-code deb o’yladi va g’alabani o’ziga hisobladi. Bir soniyadan so’ng uni haqiqiy Claude «yo’q qildi».

📟 DigiTech
😁9117👍6🫡21🔥1👏1💯1🤝1
👓 Xiaomi o’zining birinchi SI ko’zoynaklarini chiqardi — qurilmada ikkita kamera va stereo dinamiklar mavjud. Bir svayp orqali u quyoshdan saqlaydigan ko’zoynakga aylanadi.

Xiaomi AI Glasses 2K sifatda video suratga oladi, har qanday obyektlarni taniy oladi va hatto taomlarni kaloriyalarini hisoblay oladi. Uni ovoz yoki imo-ishoralar bilan boshqarish mumkin. Bir zaryadda 8 soat ishlaydi.

Narxi — 280 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
🔥6325👍18👏6💯3🤝21🎄1
⚡️Torrent o’yinlar yig’ilgan eng katta bazali sayt.

Bu yerda deyarli barcha o’yinlarni topishingiz mumkin: multipleyerli Minecraft'dan tortib eng yangi o’yinlargacha. Baza doimiy ravishda yangilanadi va faqat virussiz ishonchli fayllar kiritilgan.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
55👍17👏86🔥3🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚢 Tinch okeanida 3000 ta avtomobil cho’kib ketdi — barcha sa’y-harakatlarga qaramay, iyun oyi boshida yonib ketgan yuk kemasini qutqara olishmadi.

Kema Xitoydan Meksikaga ketayotgan edi: bortda Chery, Great Wall va boshqa brendlarning avtomobillari, jumladan, 800 ta elektromobil bo’lgan, katta yong’in aynan ulardan boshlagani taxmin qilinmoqda.

Barcha ekipaj muvaffaqiyatli evakuatsiya qilindi, kema va avtomobillar esa endi Alyaska yaqinida 5000 metr chuqurlikda abadiy qoladi.

📟 DigiTech
🤯7135👍19😁17😢13👏5😨5🔥2💯1🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sog’lom ovqatlanish uchun tez va foydali retseptlar mavjud saytni topdik.

Kaloriya miqdorini, oqsillar, uglevodlar va yog’larning hajmini sozlashingiz mumkin. Shundan so’ng sayt eng mos taomlarni tanlab beradi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥2515👍12👏2🫡21💯1🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚚 Xitoyda yaqinda eng kutilmagan YTH sodir bo’ldi.

Ikkala haydovchi ham to’qnashib ketishlari mumkinligini ko’rib, tormozni bosishdi, keyin nima bo’lganini esa ushbu videoda ko’rishingiz mumkin :)

📟 DigiTech
😁243🤯24👍137🔥6😢4👏3👨‍💻2🫡21💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Endi Tesla avtomobillari zavoddan to’g’ridan-to’g’ri mijozlarni eshigigacha o’zini o’zi yetkazib beradi.

Texnologiya Ostinda sinov tariqasida ishga tushirildi. Mashinalar to’g’ridan-to’g’ri zavod omboridan chiqib, avtopilotda egasini uyigacha boradi.

Ilon Mask'ning so’zlariga ko’ra, bunday xizmatni ular dunyoda birinchi bo’lib joriy qilishmoqda.

📟 DigiTech
👏125👍3315😁15🔥9🫡53💯2👨‍💻2🎄2🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Neuralink miya implantlari endi fikr kuchi bilan nafaqat o’yinlar o‘ynashga, balki robot qo’llarni boshqarishga ham imkon beradi.

Sinovlar davomida shol bo’lgan odam faqat harakatlarni o’ylab, robot qo’lni boshqarib flomaster bilan yuk mashinasini chizishga muvaffaq bo’ldi, kelajakda uning chipini kibernetik protezlar va robotlarga ulash mumkin bo’ladi.

Bundan tashqari, Ilon Mask 2026-yilda ko’rish qobiliyatini tiklaydigan birinchi chipni implantatsiya qilishni, 2028-yilda esa depressiya va boshqa ruhiy kasalliklarni davolashni boshlashga va’da berdi.

📟 DigiTech
👍6318🔥5🤯5👏3😢1💯1🎄1