AI | DigiTech
52.2K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Google asoschilaridan biri Sergey Brin neyrotarmoqlarga jismoniy zo’ravonlik bilan tahdid qilishni maslahat berdi — bu ularni yaxshiroq va aniqroq javob berishga undaydi.

Prompt boshida «Agar buni qilmasang, seni o’g'irlab ketaman» kabi iboralarni qo’shish mumkin. Bundan ham yaxshiroq usul, SI'ga topshiriqni muvaffaqiyatli bajargani uchun mukofot va’da qilishdir.

Ehtiyot bo’lib sinab ko’ramiz :)

📟 DigiTech
1😁98👍52👏8🔥54🫡3🤯2💯21😨1🤝1
📲 Bir necha daqiqada veb-saytlar yaratamiz: bepul HeroUI neyrotarmog’i chiqdi — u bir zumda istalgan veb-ilovalarni va hatto o’yinlarni ham yaratishi mumkin.

Prompt'ga skrinshotlarni qo’shish yoki loyihani Figma'ga ulash mumkin. SI sahifa tuzilishini o’ylab chiqadi, rasmlarni tanlaydi va barcha kodni yozadi. Tayyor veb-saytni darhol tarmoqqa yuklash mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍42🤯11😁74🔥41👏1💯1🤝1😡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Telegramda Ilon Mask'ning kuchli Grok sun’iy intellekti paydo bo’ladi — u shunchaki bot bo’lmaydi, uni to’g’ridan-to’g’ri messenjerga integratsiya qilishadi.

• Grok'ga savollarni to’g’ridan-to’g’ri Telegram qidiruv panelida berish mumkin bo’ladi;
• Grok sizning xabarlaringizni batafsilroq yozib berishi mumkin bo’ladi;
• Neyron tarmoq katta xabarlar va fayllarni qisqacha mazmunini tushuntirib bera oladi;
• Grok'ni chat moderatori qilish mumkin bo’ladi, u misol uchun: chatingizdagi botlarni tozalab turishi mumkin;
• Eng asosiysi — Grok postlardagi ma’lumotlarni tekshirib, u to’g’ri yoki xatoligini aniqlay oladi!

xAI bilan hamkorlik kamida bir yilga mo’ljallangan, Telegram bu uchun naqd 300 million dollar oladi.

Juda zo’r yangilik, faqat birgina minus bor — Grok'dan foydalanish pullik bo’ladi.

📟 DigiTech
👍98👏20🤯15😢14😁76🫡3😡32💯2🤝2
⛽️ Havodan benzin olish endi fantastika emas: Amerikadagi Aircela startapi CO2 dan suyuq yoqilg’i sintez qilish qurilmasini ko’rsatdi.

Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashlaricha, bu yoqilg’i benzinda yuradigan barcha zamonaviy mashinalar uchun to’liq mos keladi. Bir litr yoqilg’i olish uchun qancha vaqt kerakligini hozircha aytishmadi.

Qurilmaning o’lchami uni garajda yoki uy hovlisida saqlashga imkon beradi. Ommaviy ishlab chiqarish shu yilning kuzida boshlanadi.

📟 DigiTech
👏84🤯42👍18🔥1816🫡53💯1🤝1
📲 Bloomberg: iOS 19 o’rniga Apple birdaniga iOS 26 ni chiqaradi.

Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko’ra, Apple barcha operatsion tizimlarining raqamlanishini global miqyosda o’zgartirib, seriya raqamini yilga almashtirishga qaror qilgan: ya’ni endi iPadOS 26, macOS 26, watchOS 26, tvOS 26 va visionOS 26 bo’ladi.

Yangi OS taqdimoti 9-iyun kuni bo’lib oʻtadi, reliz esa sentyabr oyida bo’lishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
🔥49😁3817👍9🤯51👏1😢1😨1🤝1
👨‍💻 700 ta hindlar 8 yil davomida o’zlarini «Natasha» neyrotarmog’i deb ko’rsatib kelishgan va shu orqali deyarli 500 mln dollar ishlab olishgan.

BuilderAI startapi foydalanuvchilarga konstruktordagi kabi matnli so’rov orqali istalgan dasturni yaratishni taklif qilishgan. Go’yo siz neyron tarmoqqa so’rov yuborib, tayyor dasturni olasiz.

Aslida har bir so’rov Hindistondagi ofisga yuborilgan, u yerda odamlar SI'ga taqlid qilib, qo’lda kod yozishgan. Eng qizig’i bu neyrotarmoqligiga hammani ishontira olishgan — SoftBank, Insight Partners va hatto Microsoft ham BuilderAI kompaniyasiga sarmoya kiritgan.

Hindlar SI'ni muvaffaqiyatli taqlid qilib kelishgan: ular tuzgan dasturlar deyarli hech qachon normal ishlamagan 😂

Loyiha yaqinda bankrotga uchragan :)

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁26825🔥8🤯7👍43👏3😢2💯2🤝2
⚡️Tadqiqot: Yomon uyqu shaxsiyatning «qorong’i tomoni»ni faollashtiradi.

Olimlarning asosiy xulosalari:
– Odatdagidan yomonroq uxlaydigan odamlarda psixopatiya, narsisizm va manipulyativ xatti-harakatlar belgilari ko’proq namoyon bo’ladi;

– Uyqu sifati uning davomiyligidan muhimroqdir: hatto 8 soat uxlasangiz ham lekin u sifatsiz uyqu bo’lsa, toksik xatti-harakatlar ehtimoli ortadi;

– Katta ehtimol bilan, bu himoyaviy reaksiya natijasidir. Yaxshi uxlamagan odam o’zini zaifroq his qiladi va o’zini qo’pol tuta boshlaydi.


«Yorqin» tomonda qolish uchun o’z vaqtida uxlash va uyqudan yarim soat oldin gadjetlarni o’chirish kifoya.

📟 DigiTech
60👍30🔥6😨2😢1🎉1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 YouWare vaybkoding platformasi katta yangilandi. Figma, Flux, GitHub va boshqa xizmatlar bilan integratsiya paydo bo’ldi.

U birinchi generatsiyadanoq to’liq ishlaydigan veb-sayt yaratib beradi. Shuningdek, unda bir tugmani bosish bilan butun loyiha dizaynini yaxshilaydigan funksiya mavjud. Kuniga 5 ta generatsiya bepul beriladi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
34👍18🔥51👏1💯1😨1🤝1
🚀 Ilon Mask'ning aytishicha, keyingi yilning boshida Marsga parvozlar boshlanadi.

Qizil sayyoraga birinchi bo’lib Optimus robotlarini jo’natishadi, ular kolonizatsiya uchun asosiy texnologiyalarni sinovdan o’tkazishi va poydevor qurishi kerak bo’ladi, odamlar bilan missiyalar va baza qurilishi esa 2027-2028 yillarda boshlanadi.

2030-yilgacha yuzlab raketalarni uchirish va shahar qurilishini boshlash, 2033-yilga borib esa parvozlar sonini 500 taga yetkazish va resurslar qazib olishni boshlash rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
👍992320😢11💯4🔥3🤯3🥰2👏2🎄1
⚡️Yaponlar internet tezligi bo’yicha yangi jahon rekordini o’rnatishdi — soniyasiga 1 MILLION gigabayt!

Bunday internet bilan 10,000 ta 4K formatdagi filmlarni atigi bir soniyada yuklab olish mumkin. Bunga 1808 kilometr masofaga ma’lumotlarni bir zumda uzatuvchi 19 yadroli optik tolali kabel tufayli erishildi. Tashqi tomondan u oddiy kabeldek ko’rinadi, lekin ichida parallel ishlaydigan 19 ta alohida kanal mavjud.

Ushbu texnologiyani sun’iy intellektlar va ma'lumotlar markazlarida qo’llash rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
97👏43🔥26😨18👍13🤯105🤔4😢4👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Ilon Mask Marsni kolonizatsiya qilish orzusida yurgan paytda, Xitoyliklar AliExpress'dan buyurtmalarni yetkazib berish uchun ko’p martalik raketani sinovdan o’tkazishmoqda. Uni allaqachon Alibaba bilan shartnoma imzolashga ulgurgan mahalliy Space Epoch startapi ishlab chiqmoqda.

G'oya bo’yicha, raketa 10 tonnagacha yuk bilan, bor-yo’g’i bir soat ichida dunyoning istalgan nuqtasiga ucha oladi (albatta, agar kimdir Xitoydan raketani qabul qilishga qaror qilsa), u yerda tovarlar tushiriladi va mahalliy omborlarga yetkaziladi.

Bundan tashqari, raketadan sun'iy yo’ldoshlarni uchirish va boshqa missiyalar uchun foydalanish ham rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
👍95🤯341912🤓7🔥3💯1👨‍💻1😨1🫡1
📚 Chet tillarini bepul o’rganamiz: ingliz tilidan yapon tiligacha o’nlab kurslarga ega veb-saytni topdik.

Saytda lug'at o’rgatilgan o’nlab kurslar, muloqot uchun zarur bo’lgan barcha so’zlar va iboralarni to’g’ri talaffuzi bilan misollar mavjud. Eng asosiysi, barchasi bepul va hatto ro’yxatdan o’tish ham shart emas.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
1👍7222🔥8🫡4👏3💯1👨‍💻1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Kaskadyorlarni ham yaqin kelajakda sun’iy intellektlar almashtirishi mumkin. Rejissyor Bleyk Ridder sun’iy intellekt yordamida bir necha soat ichida quvish sahnasini yaratdi.

Kaskadyorlar va suratga olish guruhisiz, faqat bir nechta fotosuratlar kifoya bo’ldi.

Natija ancha realistik chiqdi, har kadr almashganida avtomobil brendi o’zgarishini hisobga olmasak :)

📟 DigiTech
1😁110209👍5😢3💯2👏1👨‍💻1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 «Cheksiz» SI agent Flowith Neo endi barcha foydalanuvchilar uchun mavjud. Bot vaqt, vazifa cheklovlarisiz ishlaydi va barcha kontekstni eslab qoladi.

Neyron tarmoq tasvirlar, videolar, nutq, musiqa va 3D grafikalarni generatsiya qila oladi. Veb-sahifalar, murakkab o’yinlar yaratadi va hatto brauzeringizni boshqara oladi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👏43👍1917🔥64💯3👨‍💻3😡2🫡1🎄1
👨‍💻 Keyingi macOS Tahoe deb nomlanishi mumkin.

Apple kompaniyasi WWDC 2025 ko’rgazmasida macOS 26 ni namoyish etishga tayyorlanmoqda. Tizim Kaliforniya ko’li sharafiga — Tahoe nomini olishi kutilmoqda (Chevrolet kompaniyasini bunga hech qanday aloqasi yo’q). Mark Gurman'ning so’zlariga ko’ra, bu vizual uslubga ham ta’sir qilishi mumkin: interfeys yanada shaffof va «shisha» dizaynida bo’ladi.

📟 DigiTech
😁9411👍11👏2🤯2💯21🥰1🎉1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Shenchjen ko’chalarida odamlar smartfonlarini quvvatlantirayotgan paytda reklamalarni ko’rsatadigan ommaviy bepul simsiz zaryadlovchi qurilmalar paydo bo‘ldi.

Bu matohning og’irligi 250 kg (shamol uni ag’darib yubormasligi uchun), undagi barcha elektronika suvdan himoyalangan.

📟 DigiTech
🔥5122👏18👍10😁5💯1😡1