AI | DigiTech
52.2K subscribers
2.55K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Slovakiyaning Klein Vision kompaniyasi kelasi yildan uchar sportkarlar savdosini yo’lga qo’yadi — ularning narxi 1 million dollardan bo’ladi.

Mashina 80 soniyada samolyotga aylana oladi va 1000 km masofagacha uchadi. Havoda tezlik 250 km/soat, yo’lda esa 200 km gacha bo’lishini va’da qilishmoqda.

Aircar prototipi allaqachon parvozga yaroqlilik sertifikatini olgan va 500 ta sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

📟 DigiTech
👍119🔥18👏13💯96🫡32😨2
⚡️Mikroplastik uyqumizni o’ldiradi. Plastik idishlardan qanchalik ko’p foydalansangiz, bu siz uchun shunchalik zararlidir.

Olimlar plastik tarkibidagi ftalat va bisfenol-A kimyoviy moddalari kuchli uyqusizlikka olib kelishini aniqlashdi. Qonda bu birikmalarning yuqori darajasi bo’lgan odamlar yomon uxlaydilar va tez-tez uyg’onadilar.

Mutaxassislar ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va isitish vaqtida plastik qadoqlardan foydalanishni cheklashni tavsiya qilishadi.

📟 DigiTech
👍74🔥23😢6👏4💯4🫡3🤯1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Vodorodda yuradigan va xuddi filmlardagi kosmik kema kabi yonadigan superkar — Hyperion XP-1

Uning quvvati 2038 ot kuchiga teng bo’lib, 100 km/soat tezlikka 2,2 soniyada erishadi va to’liq bak bilan 1600 km masofani bosib o’tadi.

Faqat 300 dona avtomobil yig’iladi, narxi esa taxminan 2 million dollardan bo’ladi.

📟 DigiTech
👍86👏21🤯107🔥2💯1😡1
⚡️SI yordamida bir necha soniyada jadvallar yaratamiz — bu neyrotarmoq Excel o’rnini bosa oladi.

• Istalgan hajmdagi jadvallarni, shuningdek, rasmlar, matnlar va havolalarni yaratadi.
• Endi formulalarni bilishingiz shart emas — neyrotarmoq har qanday ma’lumotlarni o’zi tahlil qiladi va kerakli amallarni bajaradi.
• Sun’iy intellekt barcha turdagi ma’lumotlarni, kompaniya nomlari, moliyaviy ko’rsatkichlar va hokazolarni internetdan qidira oladi. U barcha ma’lumotlarni darhol jadvalga to’playdi.

Juda tez ishlaydi va bepul foydalanish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍64💯43🥰2👏2🤓2🤯1👨‍💻1😨1🫡1
🦷 Yuvilmagan tishlar yurakka zarar yetkazadi: olimlar milklarda yashovchi bakteriyalar aritmiya va hatto yurak xurujini keltirib chiqarishini aniqlashdi.

Bunga parodontitni keltirib chiqaradigan bakteriyalar sababchidir. Ma’lum bo’lishicha, u qon oqimiga kirib, yurak fibrozini qo’zg’atishi mumkin — unda chandiq to’qimasi paydo bo’ladi, natijada bu aritmiya, yurak xuruji va yurak yetishmovchiligini keltirib chiqaradi.

Buning yechimi — tishlarni muntazam ravishda yuvib yurish va vaqtida davolatish kerak.

📟 DigiTech
👍80👏98🔥7🫡7😨3😢2💯2🤓2🤝2🤯1
📱 Apple barcha iPhone 17 liniyasi narxlarini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu 2019-2020 yillardan keyingi birinchi yirik narx o’sishi bo’ladi.

Kompaniya narx o’zgarishini yangi funksiyalar va xususiyatlar bilan tushuntirishni o’ylamoqda. Lekin aslida sabab AQSh'ning savdo tariflarining oshishidir.

Narxlar qanchaga oshishi hozircha ma’lum emas. Joriy AQSh tariflariga asoslanib, bazaviy iPhone 799 dollardan 959 dollargacha ko’tarilishi mumkin.

📟 DigiTech
😡65😁41👍15🔥10👏75🤯4😢41😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kuchli SI agenti Manus endi barcha uchun mavjud — bu bitta vositada Cursor, Operator va Deep Research'dir.

— Manus tadqiqot olib borishi, hisobot tayyorlashi, dasturlashi va brauzerda qidirishi mumkin;
— U vazifalarni o’zi rejalashtiradi va bajaradi;
— Manus istalgan ijtimoiy tarmoqda akkaunt ochib, uni faol boshqara oladi.

Undan bepul foydalanish mumkin, ro’yxatdan o’tilganda 1000 ta va harkuni qo’shimcha 300 ta token bepul beriladi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍47🔥117👏52💯2👨‍💻1🤝1
⚡️Google 10 yilda birinchi bor, Amazon esa 20 yil deganda birinchi bor o’z logotipini o’zgartirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ularni allaqachon «millionlab dollarlik eng bilinmas redizaynlar» deb atashmoqda.

Google'da G harfining ranglari gradientga o’zgartirildi. Amazon esa shriftni biroz yangilab «do’stona» va tabassumni «zamonaviyroq» qildi.

Amazon logotipini ushbu redizayni uchun taxminan 18 oy vaqt va 50 million dollar sarflagan.

📟 DigiTech
😁236👍36🔥9👏8🤔7😨7😡3🫡211💯1
📲 Google Android 16 ni namoyish etdi, bu so’nggi yillardagi eng katta redizayndir.

Dizayn yumaloqlashtirildi va kontrast ranglar, shuningdek, chiroyli animatsiyalar qo’shildi. Bundan tashqari, ko’plab elementlar kattalashtirildi, shu sabab «testerlar kerakli tugmalarni to’rt baravar tezroq topishgan».

Pixel'lar uchun reliz shu yilda bo’lishi va’da qilingan, ammo hozircha aniq sana yo’q.

📟 DigiTech
👍50🔥13👏5💯3🫡321👨‍💻1😨1
⚡️Steam katta xakerlik hujumiga uchradi — birdaniga 89 million akkaunt ma’lumotlari sizib chiqdi.

Machine1337 laqabli foydalanuvchi Darknet'da 89 mln akkauntlar ma’lumotlar bazasini atigi 5000 dollarga sotuvga qo’ygan. Valve allaqachon tekshiruvni boshlagan.

Ikki faktorli autentifikatorni yoqmagan akkaunt egalari xavf ostida bo’lishi mumkin. Agar siz uni yoqmagan bo’lsangiz, buni qilish vaqti keldi.

📟 DigiTech
👏57👍29🤯26😁9😢43🫡3💯21😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoyda butun tog’ tizmasi quyosh panellari bilan qoplandi — panellar kichik shaharchalik hududni egallaydi.

Guichjou provinsiyasidagi megastansiya taxminan 15 million kVt/soat energiya ishlab chiqaradi, bu deyarli 12 ming xonadonni elektr bilan ta’minlash uchun yetarli.

Butun vodiyni suratga olish uchun dronning hatto batareya quvvati yetmadi.

📟 DigiTech
👏102👍61🤯28🔥1253💯3😡3👨‍💻2🤝1
🖥️ LG ikkita alohida televizorga ajraladigan va umuman ramkalarsiz televizorni namoyish etdi.

U micro-LED matritsasiga ega, har bir panelning diagonali esa 22 dyuymdan. Chiqish sanasi yoki narxi haqida ma’lumot yo’q — bu hozircha faqat prototip.

📟 DigiTech
🔥59👍408👏5👨‍💻4💯2🤝21😨1