AI | DigiTech
51.2K subscribers
2.55K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Huawei kompaniyasi Windows bilan raqobatlashadigan HarmonyOS'ning kompyuterlar uchun versiyasini namoyish etdi.

U ishga tushirilishi bilan juda tez ishlaydigan interfeys va 2000+ optimallashtirilgan ilovalar, shuningdek, masofadan turib ma’lumotlarni o’chirish va yo’qolgan noutbukni qidirish (noutbuk o’chiqligida ham ishlaydi) funksiyasi mavjud bo’ladi.

HarmonyOS o’rnatilgan birinchi noutbuklar shu oyda namoyish etiladi.

📟 DigiTech
👍99🔥16👏1276🫡4😁2🎉2💯2😡1
⚡️Bill Geyts deyarli butun boyligini (200 milliard dollardan ortiq) xayriya qilishga va’da berdi: Microsoft asoschisi «boy bo’lib o’lishni» xohlamaydi.

Geyts 2000-yilda sobiq rafiqasi bilan xayriya jamg’armasiga asos solgan va dastlab ular vafotidan keyin u yana bir necha o’n yillar ishlashda davom etishini rejalashtirgan edi, ammo hozir rejalar o’zgardi — 20 yil ichida tashkilot barcha mablag’ni xayriya qiladi va shundan so’ng yopiladi.

📟 DigiTech
🔥194👍81👏31🤯14🫡128🤝6😢3💯2😨1
⚡️Telegram kuchli yangilandi. Asosiy o’zgarishlar:

• Telegram'ning rasmiy marketi ishga tushirildi — u yerda stars evaziga platformadagi sovg’alarni sotish mumkin.

• Kanallarda avtomatik tarjima paydo bo’ldi — kanal egalari barcha foydalanuvchilar uchun avtomatik tarjimani yoqishi mumkin, shunda kanaldagi barcha postlar obunachilarning telegrami tiliga avtomatik tarjima qilinadi.

• Endi birdaniga bir nechta stories'larni qo’yish mumkin.

• Uzun videolarni bir nechta stories'larga bo’lish xususiyati qo’shildi.

• Kanal darajasini oshirish uchun kerak bo’ladigan premium ovozlar soni kamaytirildi.

📟 DigiTech
🔥67👍48💯10👏542😨2🤝2😡2
🌎 Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, insoniyat okean tubining atigi ~ 0,001 foizini o’rgangan.

1958-yildan hozirgi kungacha bo’lgan 44 000 ta chuqur sho’ng’ishlarda dengiz tubining atigi 3823 km² qismigina o’rganilgan va ekspeditsiyalarning 97 foizi faqat beshta mamlakatda bo’lgan: AQSh, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Fransiya va Germaniya.

Agar okean tubini o’rganish tezligi ming marta oshirilsa ham, barcha hududni o’rganish uchun taxminan 100 000 yil kerak bo’ladi.

📟 DigiTech
👏103😨62👍48🤯30🔥76🤔3🫡2😡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Strimer Kai Senat blogerlar uchun bepul Xogvartsni ishga tushirdi. Ushbu universitetda MrBeast kabi afsonalar strimer sifatida qanday qilib karyera qurishni o’rgatishadi.

Talabalar uchun parvozlar va turar joylari all-inclusive rejimda qoplab beriladi. Qabulning birinchi soatini o’zida 7 milliondan ortiq odam ariza tashladi, ammo faqat 150 kishi qabul qilinadi.

👉 Xohlovchilar omadlarini sinab ko’rishlari mumkin, qabulga ariza tashlash uchun havola.

📟 DigiTech
👏33👍23🤯14🔥4😁32😨2🤝1
⚡️Slovakiyaning Klein Vision kompaniyasi kelasi yildan uchar sportkarlar savdosini yo’lga qo’yadi — ularning narxi 1 million dollardan bo’ladi.

Mashina 80 soniyada samolyotga aylana oladi va 1000 km masofagacha uchadi. Havoda tezlik 250 km/soat, yo’lda esa 200 km gacha bo’lishini va’da qilishmoqda.

Aircar prototipi allaqachon parvozga yaroqlilik sertifikatini olgan va 500 ta sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

📟 DigiTech
👍119🔥18👏13💯96🫡32😨2
⚡️Mikroplastik uyqumizni o’ldiradi. Plastik idishlardan qanchalik ko’p foydalansangiz, bu siz uchun shunchalik zararlidir.

Olimlar plastik tarkibidagi ftalat va bisfenol-A kimyoviy moddalari kuchli uyqusizlikka olib kelishini aniqlashdi. Qonda bu birikmalarning yuqori darajasi bo’lgan odamlar yomon uxlaydilar va tez-tez uyg’onadilar.

Mutaxassislar ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va isitish vaqtida plastik qadoqlardan foydalanishni cheklashni tavsiya qilishadi.

📟 DigiTech
👍74🔥23😢6👏4💯4🫡3🤯1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Vodorodda yuradigan va xuddi filmlardagi kosmik kema kabi yonadigan superkar — Hyperion XP-1

Uning quvvati 2038 ot kuchiga teng bo’lib, 100 km/soat tezlikka 2,2 soniyada erishadi va to’liq bak bilan 1600 km masofani bosib o’tadi.

Faqat 300 dona avtomobil yig’iladi, narxi esa taxminan 2 million dollardan bo’ladi.

📟 DigiTech
👍86👏21🤯107🔥2💯1😡1
⚡️SI yordamida bir necha soniyada jadvallar yaratamiz — bu neyrotarmoq Excel o’rnini bosa oladi.

• Istalgan hajmdagi jadvallarni, shuningdek, rasmlar, matnlar va havolalarni yaratadi.
• Endi formulalarni bilishingiz shart emas — neyrotarmoq har qanday ma’lumotlarni o’zi tahlil qiladi va kerakli amallarni bajaradi.
• Sun’iy intellekt barcha turdagi ma’lumotlarni, kompaniya nomlari, moliyaviy ko’rsatkichlar va hokazolarni internetdan qidira oladi. U barcha ma’lumotlarni darhol jadvalga to’playdi.

Juda tez ishlaydi va bepul foydalanish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍64💯43🥰2👏2🤓2🤯1👨‍💻1😨1🫡1
🦷 Yuvilmagan tishlar yurakka zarar yetkazadi: olimlar milklarda yashovchi bakteriyalar aritmiya va hatto yurak xurujini keltirib chiqarishini aniqlashdi.

Bunga parodontitni keltirib chiqaradigan bakteriyalar sababchidir. Ma’lum bo’lishicha, u qon oqimiga kirib, yurak fibrozini qo’zg’atishi mumkin — unda chandiq to’qimasi paydo bo’ladi, natijada bu aritmiya, yurak xuruji va yurak yetishmovchiligini keltirib chiqaradi.

Buning yechimi — tishlarni muntazam ravishda yuvib yurish va vaqtida davolatish kerak.

📟 DigiTech
👍80👏98🔥7🫡7😨3😢2💯2🤓2🤝2🤯1
📱 Apple barcha iPhone 17 liniyasi narxlarini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu 2019-2020 yillardan keyingi birinchi yirik narx o’sishi bo’ladi.

Kompaniya narx o’zgarishini yangi funksiyalar va xususiyatlar bilan tushuntirishni o’ylamoqda. Lekin aslida sabab AQSh'ning savdo tariflarining oshishidir.

Narxlar qanchaga oshishi hozircha ma’lum emas. Joriy AQSh tariflariga asoslanib, bazaviy iPhone 799 dollardan 959 dollargacha ko’tarilishi mumkin.

📟 DigiTech
😡65😁41👍15🔥10👏75🤯4😢41😨1