AI | DigiTech
52.3K subscribers
2.55K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
👟 Nike eskirgan ko’rinishdagi krossovkalarni chiqardi.

Go’ya bo’yicha, ular qanchalik uzoqroq kiyilsa, shunchalik toza bo’lib boradi: «kir» qatlam asta-sekin o’chirilib, oyoq kiyimlar oqaradi.

Ular Air Force 1 Dirty Triple White deb nomlanadi, narxi AQSh'da 130 dollar.

📟 DigiTech
😁158👍4211🤯96😨4🫡3😢2🤓2🥰1🤝1
⚡️Baidu hayvon tilini inson tiliga tarjima qiluvchi dasturni ishlab chiqmoqda: kompaniya allaqachon patentni ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza topshirgan.

Neyron tarmoq hayvonlarni xatti-harakat, yuz ifodalari, tana tilini analiz qiladi va bizga tushunarli so’zlarga aylantirib beradi.

Tez orada mushuklarimiz bilan suhbatlasha olamiz 😒

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥84👍53😁42🤯14👏8🤔6💯2🫡2😡2
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?

🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.
     Ushbu karuselni varoqlang va Yaponiya sari qadamni hoziroq tashlang 😊

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site

Reklama
👍21🔥5💯3🤝31🥰1😨1
🎥 Google filmlar suratga olishni boshladi — kompaniya sekingina «100 Zeros» filmlar chiqaradigan kompaniyasini ishga tushirdi. Ularning film va shoularidagi «qahramonlar nihoyat iPhone bilan emas, Android bilan yurishadi».

Loyihalar Netflix va boshqa striming platformalarida namoyish etiladi. Ha, Google filmlarda qahramonlar Android'dan foydalanishlari uchun o’z prodakshn kompaniyasini ochdi. Filmlar orqali kompaniyaning boshqa mahsulotlari — Gemini va Google Xaritalar ham targ’ib qilinadi.

📟 DigiTech
😁88👍488🔥6👏4🤔2💯2😨1🤝1
⚡️SI yordamida o‘z avatarimizni yaratamiz: HeyGen Avatar IV modeli chiqdi — u foydalanuvchining ovozini klonlab, uning suratini ovozli videoga aylantira oladi.

Unga har qanday rasmni yuklash mumkin — o’zingizni yoki hatto mushukingiz rasmini. Neyrotarmoq juda realistik «klon» yaratadi: intonatsiya va ritmni to’g’ri yetkazadi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍2624😁13🔥6👏3🤔2🤝21😨1
⚡️Huawei kompaniyasi Windows bilan raqobatlashadigan HarmonyOS'ning kompyuterlar uchun versiyasini namoyish etdi.

U ishga tushirilishi bilan juda tez ishlaydigan interfeys va 2000+ optimallashtirilgan ilovalar, shuningdek, masofadan turib ma’lumotlarni o’chirish va yo’qolgan noutbukni qidirish (noutbuk o’chiqligida ham ishlaydi) funksiyasi mavjud bo’ladi.

HarmonyOS o’rnatilgan birinchi noutbuklar shu oyda namoyish etiladi.

📟 DigiTech
👍99🔥16👏1276🫡4😁2🎉2💯2😡1
⚡️Bill Geyts deyarli butun boyligini (200 milliard dollardan ortiq) xayriya qilishga va’da berdi: Microsoft asoschisi «boy bo’lib o’lishni» xohlamaydi.

Geyts 2000-yilda sobiq rafiqasi bilan xayriya jamg’armasiga asos solgan va dastlab ular vafotidan keyin u yana bir necha o’n yillar ishlashda davom etishini rejalashtirgan edi, ammo hozir rejalar o’zgardi — 20 yil ichida tashkilot barcha mablag’ni xayriya qiladi va shundan so’ng yopiladi.

📟 DigiTech
🔥194👍81👏31🤯14🫡128🤝6😢3💯2😨1
⚡️Telegram kuchli yangilandi. Asosiy o’zgarishlar:

• Telegram'ning rasmiy marketi ishga tushirildi — u yerda stars evaziga platformadagi sovg’alarni sotish mumkin.

• Kanallarda avtomatik tarjima paydo bo’ldi — kanal egalari barcha foydalanuvchilar uchun avtomatik tarjimani yoqishi mumkin, shunda kanaldagi barcha postlar obunachilarning telegrami tiliga avtomatik tarjima qilinadi.

• Endi birdaniga bir nechta stories'larni qo’yish mumkin.

• Uzun videolarni bir nechta stories'larga bo’lish xususiyati qo’shildi.

• Kanal darajasini oshirish uchun kerak bo’ladigan premium ovozlar soni kamaytirildi.

📟 DigiTech
🔥67👍48💯10👏542😨2🤝2😡2
🌎 Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, insoniyat okean tubining atigi ~ 0,001 foizini o’rgangan.

1958-yildan hozirgi kungacha bo’lgan 44 000 ta chuqur sho’ng’ishlarda dengiz tubining atigi 3823 km² qismigina o’rganilgan va ekspeditsiyalarning 97 foizi faqat beshta mamlakatda bo’lgan: AQSh, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Fransiya va Germaniya.

Agar okean tubini o’rganish tezligi ming marta oshirilsa ham, barcha hududni o’rganish uchun taxminan 100 000 yil kerak bo’ladi.

📟 DigiTech
👏103😨62👍48🤯30🔥76🤔3🫡2😡1