AI | DigiTech
51.9K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🧠 Bizning miyamiz kunning bir qismini «o’chgan ong» bilan o’tkazadi. Olimlarning aniqlashicha, biz har kuni atrofimizda sodir bo’layotgan voqealarga reaksiya berishni vaqtincha to’xtatamiz, lekin bu normal holat.

Bu inson bir nuqtaga qarab qoladigan va deyarli hech narsa haqida o’ylamaydigan lahzalardir. Bu holat o’z-o’zidan paydo bo’ladi va uyg’oqlikdagi vaqtimizning 5-20% ni egallashi mumkin.

Agar o’zingizni shunday holatga tushganingizni sezsangiz, bu vaqtda hechnima qilmaganingiz ma’qul, chunki bu vaqtda e’tibor va aniq fikrlash qobiliyati sezilarli darajada pasayadi.

📟 DigiTech
👍82🔥12💯74👨‍💻4🫡4🤝2😡21
⚡️Ispaniya va Portugaliya deyarli bir kundan buyon elektr ta’minotisiz qolmoqda, dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, bunga «kam uchraydigan atmosfera hodisasi» sabab bo’lgan.

Ispaniyada 15 gigavatt elektr quvvati birdan yo’qolgan — bu mamlakat ishlatadigan barcha energiyaning 60% ni tashkil qiladi. Eng qizig’i, shuncha energiya atigi 5 soniya ichida yo’q bo’lib qolgan.

Nosozlik tufayli millionlab uylar elektr ta’minotisiz qoldi, metro to’xtagan, svetoforlar o’chgan, aloqa uzilgan, parvozlar qisman to’xtatildi, sport musobaqalari va boshqa tadbirlar ham bekor qilindi.


Ikki mamlakat ham muammoni bartaraf etish uchun bor kuchlarini sarflamoqda, ammo aniq muddat yo’q. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, elektr tarmoqlarini tiklash uchun «bir necha haftagacha» vaqt ketishi mumkin

📟 DigiTech
👍69🤯54😁16😢8💯432👏2😨2🎉1🫡1
⚡️Duolingo neyron tarmoqlar almashtira oladigan xodimlarni ishga yollashni to’xtatadi.

Duolingo rahbarining so’zlariga ko’ra, ish tizimini qayta ko’rib chiqish vaqti keldi. Lekin inson xodimlardan butunlay voz kechishmaydi — ular odatiy vazifalar o’rniga «ijodiy ish» bilan shug’ullanishadi. Kompaniya endi faqat sun’iy intellekt qila olmaydigan loyihalar uchungina inson ishchilarni ishga oladi.

📟 DigiTech
👍83😨24😢7💯7🤯3👨‍💻3🫡21🔥1👏1🎄1
⚡️ChatGPT foydalanuvchilari orasida yangi trend paydo bo’ldi — bir suratni tasvir generatoridan kamida 10 marta o’tkazish va hech narsani o’zgartirmaslikni so’rash. Lekin chatbot shunda ham suratni tanib bo’lmas darajada o'zgartirmoqda.

ChatGPT deyarli barchaning yuz ifodalarini norozi mimikaga o’zgartirmoqda.

📟 DigiTech
😁135👍1410🤯10🎉4😡2🔥1👏1🤝1
☕️ Starbucks AQSh'da 3D-printerda bosib chiqarilgan o’zining birinchi qahvaxonasini ochdi. U Texasning Braunsvill shahrida joylashgan.

Bino maydoni 130 kvadrat metr bo’lib, olti oydan kamroq vaqt ichida qurib bitkazildi. Uni qurish 1,2 million dollarga tushdi — bu oddiy qahvaxona qurilishidan deyarli ikki barobar arzonroq.

📟 DigiTech
👍7918😡17🔥8🤯7👏4😢4🎉2💯2🤝21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚣 Arizonadagi qayiqlar festivalidan epik kadrlar, unda poygachi qayiqni havo oqimi ko’tarib, 320 km/soat tezlikda salto qilgani aks etgan.

Qayiq qattiq tushganiga qaramay, hech kim jiddiy jarohat olmadi — ekipaj faqat qo’rquv va bir nechta ko’karishlar bilan qutildi.

📟 DigiTech
👍70😁43🔥14🫡53💯32🤯2👨‍💻2😨1
⚡️Kun fakti: Microsoft'dagi barcha kodlarning 30% qismini allaqachon neyron tarmoqlar yozmoqda. Sun’iy intellekt kodni ko’proq Pythonda yaxshi yozadi, eng yomoni esa C++ da.

2030-yilga kelib, SI'ning dasturlashdagi ulushi 95 foizga yetishi mumkin. Kompaniya rahbari Satya Nadella'ning aytishicha, ayrim loyihalar allaqachon butunlay neyron tarmoqlar yordamida yaratilmoqda.

📟 DigiTech
👍94🤯27😢9👏7👨‍💻3🫡32🤔1
📲 Telegram Zoom'ga aylandi: messenjerga 200 kishigacha qatnashishi mumkin bo’lgan guruh qo‘ng’iroqlari qo’shildi.

Endi qo’ng’iroqlar uchun alohida chatlar yaratish shart emas. Faqat qo’ng’iroq havolasini barcha ishtirokchilarga yuborish kifoya.

Shuningdek, muzlatilgan profilni blokdan chiqarishga ariza tashlash va xabarlarni ulashish uchun yangi funksiyalar qo’shildi.

📟 DigiTech
👍936🔥65👏3🫡3🎉2🎄2💯1🤝1
📚 Google o’zining Duolingo'sini ishga tushirdi: Google Labs'ga yangi tillarni o’rganish uchun bepul sun’iy intellekt xizmati qo’shildi.

Saytda uchta xizmat mavjud:
Tiny Lesson. Har qanday vaziyat uchun so’zlar, iboralar va maslahatlarni tanlaydi;

Slang Hang. Slenglarni o'rganish uchun dialoglar generatsiya qiladi;

Word Cam. Fotosuratlarni tahlil qiladi va barcha obyektlarning to’g’ri nomlarini ko’rsatib beradi.


👉 Hammasi bo’lib 15 ta til mavjud — saytga kirish uchun havola.

📟 DigiTech
👍48🫡115👏5🔥2💯2😨1🤝1
🌆 Kecha Nyu-York ko’chalarida yurgan har qanday odam bemalol 119 dollar olishi mumkin edi.

«Tayms-skver» maydonida telefon raqami va g’alati matn yozilgan bilbord paydo bo’ldi. Shu raqamga SMS yuborganlarning barchasi kutilmaganda bank o’tkazmasini olishdi.

Ma’lum bo’lishicha, bu «Ustasi faranglar 3» filmining yangi promo reklamasi bo’lib chiqdi.

📟 DigiTech
🔥108😁50👍395👏3🥰2🫡21💯1🤝1😡1