AI | DigiTech
51.5K subscribers
2.54K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🎥 Zoom'dagi SI yordamchi kuchli yangilandi — endi u video qong’iroqlarni rejalashtiradi, ular asosida hujjatlar yaratadi va videolar generatsiya qiloladi.

Tez orada ilovada qo’ng’iroqlaringizni yozib oladigan va qisqacha takrorlab beradigan diktofon paydo bo’ladi, may oyida esa suhbatni muhim joylarini konspektlashtiradigan «jonli qaydlar» funksiyasi ishga tushiriladi.

📟 DigiTech
👍53🔥148🤯54🫡3👏1😇1
⚡️Butun internetning taxminiy og’irligi hisoblab chiqildi. U atigi 5,32 * 10⁻¹⁴ grammdir (grammning 53 kvadrillion qismi).

Bu butun dunyo ma’lumotlarini (175 zettabayt) bitta serverda shifrlash uchun zarur bo’lgan energiya massasidir. Ushbu ko’rsatkich eng aniq deb topildi.

Agar ushbu ma’lumotlar DNK'ga kodlansa, uning o’g’irligi 960 kg bo’ladi. Tom ma’noda insoniyatning barcha raqamlashtirilgan bilimlari 10 ta odam yoki 64 ming dona qulupnayning og’irligiga teng.

📟 DigiTech
👍104😁5319🔥10🤯107👨‍💻1
📲 Google Android'ga tizimni qayta ishga tushirmasdan yangilash funksiyasini qo’shishi mumkin.

Kompaniya LUO — Live Update Orchestrator deb nomlangan algoritm ustida ishlamoqda, u qurilmani o’chirmasdan operatsion tizimning asosiy komponentlarini yangilashga imkon beradi.

LUO yangilanish jarayonini real vaqtda kuzatib boradi, xatolik yuz berganda yangilanishni orqaga qaytarishi mumkin, shuningdek, tizim yadrosi komponentlarini almashtirish jarayonida RAM tarkibini yangi yangilangan paketlarga to’g’ridan-to’g’ri o’tkazishga yordam beradi.

Funksiya Android'da qachon paydo bo’ladi va u umuman paydo bo’ladimi yoki yo’qmi noma'lum.

📟 DigiTech
👍70👏20🤯12🔥5😁3🫡21💯1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Professional strateg va strategiya bo’yicha kitoblar muallifi Mark Pollard ChatGPT'ga ishonib Chili aeroportida qolib ketdi.

Chatbot unga eski ma’lumotlar asosida avstraliyaliklarga Chiliga kirish uchun viza kerak emasligini aytgan. Ammo viza kerak bo’lib chiqdi. Mark bu haqda chegarachilardan bilib oldi.

Shundan so’ng Mark ChatGPT’dan bu xatolik uchun OpenAI'ni sudga berishi mumkinmi yoki yo’qligini so’radi. Chatbot mumkin emas deb javob berdi.

📟 DigiTech
😁274👍28🤯12🔥6👏5🤓5💯32🫡2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nvidia o’yinchilar uchun G-Assist SI yordamchisini chiqardi. U o’yinlarning talablarini inobatga olgan holda shaxsiy kompyuter uchun optimal sozlamalarni tanlab beradi.

Bot orqali barcha tashqi qurilmalarni, jumladan, klaviatura yoritgichini ham boshqarish mumkin. U internetsiz ishlaydi va matn yoki ovoz orqali boshqarish mumkin.

Yaqin kelajakda G-Assist o’yinchi ekranida sodir bo’layotgan barcha narsani ko’rib, masalan, o’yindagi raqibni qanday tezroq mag’lub etish yoki qiyin jumboqni qanday yechishni aytib tura oladi.

G-Assist barcha foydalanuvchilar uchun bepul mavjud.

📟 DigiTech
🔥47👍33🤯6👏5🫡42💯1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔭 Jeyms Uebb teleskopi «kosmik tornado» — yosh yulduz tomonidan chiqarilgan gaz va chang bulutlarini suratga oldi. U Yerdan taxminan 650 yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan.

Juda go’zal manzara.

📟 DigiTech
🔥65👍3710🤯64👏3🫡2💯1😨1🎄1
🔐 Xiaomi egasining ovozini o’zgartira oladigan (agar kimnidir qo’rqitish kerak bo’lsa) aqlli eshik qulfini chiqardi.

Smart Door Lock 2 Cat Eye shuningdek, tungi ko’rish funksiyasiga ega kameralar bilan ham jihozlangan, uni ochish uchun barmoq izi, smartfon, NFC kalit yoki paroldan foydalanish mumkin.

Xitoyda narxi — 210 dollar.

📟 DigiTech
48👍46👏12🤯118🔥4😁2💯1😡1
🔋Olimlar zaryadi butun umrga yetadigan xavfsiz yadroviy batareyani yaratishdi.

Bunga radiouglerod yordamida erishildi. U maxsus yarimo’tkazgich bilan o’zaro ta’siridan so’ng elektrga aylanadigan zarrachalarni chiqaradi. Shu bilan birga, batareya butunlay xavfsizdir. U tibbiy asbob-uskunalar va batareyalarni doimiy ravishda almashtirish qiyin bo’lgan boshqa jihozlarda qo’llanilishi mumkin.

Shunday batareyada ishlaydigan smartfonlar chiqishini kutib qolamiz.

📟 DigiTech
👏147👍67🤯33🔥126🫡6💯2👨‍💻21😨1
🖥️ Xiaomi o’yinchilar uchun eng hamyonbop top monitorni chiqardi.

Redmi G27Q 240Hz sifati 2K bo’lgan, 27 dyuymli Fast IPS ekraniga ega. Bundan tashqari, AMD FreeSync Premium texnologiyasini ham qo’llab-quvvatlaydi.

Narxi atigi 180 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👍67🤯29🔥147👏2🎉2🫡21😇1
⚡️Hatto eng kuchli SI modellari ham bu testdan o’ta olishmaydi. U ARC-AGI-2 deb nomlanadi va sun’iy intellektning inson kabi fikrlash qobiliyatini sinovdan o’tkazadi.

o3-mini va GPT 4.5 modellari bu testdan 0% o’tishdi. Ayni paytda eng kuchli o1-pro 1%, omma uchun yopiq bo’lgan o3 esa faqat 4% natija ko’rsatdi.

Taqqoslash uchun, odamlar undan tayyorgarliksiz o’tib o’rtacha 60% natija ko’rsatishadi. Buning siri abstrakt fikrlashda, neyron tarmoqlarda bu bo’yicha hali ham muammolar mavjud.

Shu sabab, sun’iy intellekt hali beri insoniyatni ortda qoldirolmaydi.

📟 DigiTech
👍120🔥27😁2210🤯5😇5👏3😡21
⚡️Zumerlarning deyarli yarmi (46%) vazifalar va dedlaynlar haqida eslamaslik uchun o’z ongini «Ajratish» serialidagi kabi «ish» va «ishdan tashqari» ga bo’lishni xohlashadi.

Ular soat 18:00 dan keyin ish haqida eslamaslik uchun boshlariga chip o’rnatishga tayyorlar. Buning sababi: 41% hatto uyda ham vazifalarni o’ylayveradi, 40% boshliqlari ish soatlaridan keyin ham vazifa beradi, 44% doimiy ravishda elektron pochtasini tekshiradi.

📟 DigiTech
👍81😁30🔥8😨63😇1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗺️ Google Maps'ga Gemini asosida skrinshot orqali xaritadagi istalgan nuqtani topishga yordam beradigan funksiya qo’shildi.

Neyron tarmoqqa ijtimoiy tarmoqlar yoki maqolalardan skrinshot olib yuklashingiz kifoya va u xaritada shu joyni belgilab beradi. Funksiya iOS foydalanuvchilari uchun shu haftadan qo’shilishni boshlaydi.

📟 DigiTech
🔥61👍46🤯96👏3🫡3🤝21😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Xitoyning BYD kompaniyasi Chjenchjouda maydoni 130 kvadrat kilometr bo’ladigan megazavodni qurmoqda — bu San-Fransisko, Parij va Barselona hududidan kattaroqdir.

Bu yerda zavodlardan tashqari ishchilar uchun uylar, futbol maydonlari, savdo markazlari va bolalar bog’chalari barpo etiladi — bularning barchasi 100 ming xodim va ularning oila a’zolari qulay yashashlari uchun.

Ushbu megazavodda yiliga milliondan ortiq elektromobil ishlab chiqariladi, qurilish ishlari 2025-2026 yillarda yakunlanishi rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
🤯126👍64🔥54😨32👏2💯2🤝2😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚛 Kun videosi: Uzunligi tufayli shaharda ishlashi hatto taqiqlangan Xitoyning avtomobil tashuvchisi.

Yana yetmaganiga ikkinchi qavatida ikkita qator mavjud.

Nechta mashina sanadingiz?

📟 DigiTech
🤯85👍517👏65🔥3🤓2😨2🫡2
🌙 Ramazon Hayiti muborak bo’lsin!

📟 DigiTech
96👍5016🔥12👏11👨‍💻4💯2🤝2🎄1