AI | DigiTech
51.4K subscribers
2.54K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🤖 Mercedes-Benz zavodlarida Apollo robotlari ishlay boshlashdi — ular logistika, qismlarni yig’ish va hatto ularni sifatini tekshirishda yordam berishadi.

Mercedes xodimlari robotlar avtonom ishlay olishlari uchun vazifalarni telemetriya va AR orqali o’rgatishmoqda. Agar Apollo batareyasi zaryadi tugasa, u o’zini zaryad qilish uchun ketadi.

Robotlarning ish boshlashi Mercedes-Benz kompaniyasida xodimlarni ommaviy ishdan bo’shatish davriga to’g’ri keldi. BMW, Tesla va Zeekr ham o’z zavodlarida xodimlarni robotlarga almashtirishmoqda.

📟 DigiTech
👍64😨199😡75💯5🫡3🔥2🤯2👏1🤝1
⚡️Nvidia kompaniyasi quvvati butun boshli ma’lumotlar markazi bilan teng bo’lgan, Mac Mini o’lchamidagi DGX Spark va DGX Station personal SI superkompyuterlarini namoyish etdi.

Qurilmaga 1 petaflops hisoblash quvvatiga ega chip o’rnatilgan — u DeepSeek, OpenAI va Google'ning «fikrlaydigan» LLM'lari bilan ishlash uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Oldindan buyurtma berish allaqachon ochilgan. Narxi — 4000 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
1👍93🤯2910🔥5🫡42😨2🤝2💯1
🚘 Xitoy yo’llarida Xiaomi'ning ilk yo’ltanlamas avtomobili suratga tushib qoldi — katta ehtimol bilan u elektr bo’ladi.

Hozirda Xiaomi YU9 (ehtimoliy nomi) rasmiy relizdan oldin dizayni oshkor qilinmasligi uchun kamuflyajda sinovdan o’tkazilyapti, u 2026-yilda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍94🔥18🤩54😁4💯2🫡2😡2🤯1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱iPhone suratga olish jarayonida 200 km/soat tezlikda mashinadan tushib ketib, butun qoldi va qulashini chiroyli videoga oldi.

Gollivud shedevrlari qanday suratga olinishini siri ochildi :)

📟 DigiTech
1👍121🔥32🤯24😁12😍4💯32👏2🎄2👨‍💻1
🎥 Zoom'dagi SI yordamchi kuchli yangilandi — endi u video qong’iroqlarni rejalashtiradi, ular asosida hujjatlar yaratadi va videolar generatsiya qiloladi.

Tez orada ilovada qo’ng’iroqlaringizni yozib oladigan va qisqacha takrorlab beradigan diktofon paydo bo’ladi, may oyida esa suhbatni muhim joylarini konspektlashtiradigan «jonli qaydlar» funksiyasi ishga tushiriladi.

📟 DigiTech
👍53🔥148🤯54🫡3👏1😇1
⚡️Butun internetning taxminiy og’irligi hisoblab chiqildi. U atigi 5,32 * 10⁻¹⁴ grammdir (grammning 53 kvadrillion qismi).

Bu butun dunyo ma’lumotlarini (175 zettabayt) bitta serverda shifrlash uchun zarur bo’lgan energiya massasidir. Ushbu ko’rsatkich eng aniq deb topildi.

Agar ushbu ma’lumotlar DNK'ga kodlansa, uning o’g’irligi 960 kg bo’ladi. Tom ma’noda insoniyatning barcha raqamlashtirilgan bilimlari 10 ta odam yoki 64 ming dona qulupnayning og’irligiga teng.

📟 DigiTech
👍104😁5319🔥10🤯107👨‍💻1
📲 Google Android'ga tizimni qayta ishga tushirmasdan yangilash funksiyasini qo’shishi mumkin.

Kompaniya LUO — Live Update Orchestrator deb nomlangan algoritm ustida ishlamoqda, u qurilmani o’chirmasdan operatsion tizimning asosiy komponentlarini yangilashga imkon beradi.

LUO yangilanish jarayonini real vaqtda kuzatib boradi, xatolik yuz berganda yangilanishni orqaga qaytarishi mumkin, shuningdek, tizim yadrosi komponentlarini almashtirish jarayonida RAM tarkibini yangi yangilangan paketlarga to’g’ridan-to’g’ri o’tkazishga yordam beradi.

Funksiya Android'da qachon paydo bo’ladi va u umuman paydo bo’ladimi yoki yo’qmi noma'lum.

📟 DigiTech
👍70👏20🤯12🔥5😁3🫡21💯1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Professional strateg va strategiya bo’yicha kitoblar muallifi Mark Pollard ChatGPT'ga ishonib Chili aeroportida qolib ketdi.

Chatbot unga eski ma’lumotlar asosida avstraliyaliklarga Chiliga kirish uchun viza kerak emasligini aytgan. Ammo viza kerak bo’lib chiqdi. Mark bu haqda chegarachilardan bilib oldi.

Shundan so’ng Mark ChatGPT’dan bu xatolik uchun OpenAI'ni sudga berishi mumkinmi yoki yo’qligini so’radi. Chatbot mumkin emas deb javob berdi.

📟 DigiTech
😁274👍28🤯12🔥6👏5🤓5💯32🫡2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nvidia o’yinchilar uchun G-Assist SI yordamchisini chiqardi. U o’yinlarning talablarini inobatga olgan holda shaxsiy kompyuter uchun optimal sozlamalarni tanlab beradi.

Bot orqali barcha tashqi qurilmalarni, jumladan, klaviatura yoritgichini ham boshqarish mumkin. U internetsiz ishlaydi va matn yoki ovoz orqali boshqarish mumkin.

Yaqin kelajakda G-Assist o’yinchi ekranida sodir bo’layotgan barcha narsani ko’rib, masalan, o’yindagi raqibni qanday tezroq mag’lub etish yoki qiyin jumboqni qanday yechishni aytib tura oladi.

G-Assist barcha foydalanuvchilar uchun bepul mavjud.

📟 DigiTech
🔥47👍33🤯6👏5🫡42💯1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔭 Jeyms Uebb teleskopi «kosmik tornado» — yosh yulduz tomonidan chiqarilgan gaz va chang bulutlarini suratga oldi. U Yerdan taxminan 650 yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan.

Juda go’zal manzara.

📟 DigiTech
🔥65👍3711🤯64👏3🫡2💯1😨1🎄1
🔐 Xiaomi egasining ovozini o’zgartira oladigan (agar kimnidir qo’rqitish kerak bo’lsa) aqlli eshik qulfini chiqardi.

Smart Door Lock 2 Cat Eye shuningdek, tungi ko’rish funksiyasiga ega kameralar bilan ham jihozlangan, uni ochish uchun barmoq izi, smartfon, NFC kalit yoki paroldan foydalanish mumkin.

Xitoyda narxi — 210 dollar.

📟 DigiTech
48👍46👏12🤯118🔥4😁2💯1😡1
🔋Olimlar zaryadi butun umrga yetadigan xavfsiz yadroviy batareyani yaratishdi.

Bunga radiouglerod yordamida erishildi. U maxsus yarimo’tkazgich bilan o’zaro ta’siridan so’ng elektrga aylanadigan zarrachalarni chiqaradi. Shu bilan birga, batareya butunlay xavfsizdir. U tibbiy asbob-uskunalar va batareyalarni doimiy ravishda almashtirish qiyin bo’lgan boshqa jihozlarda qo’llanilishi mumkin.

Shunday batareyada ishlaydigan smartfonlar chiqishini kutib qolamiz.

📟 DigiTech
👏147👍67🤯33🔥126🫡6💯2👨‍💻21😨1
🖥️ Xiaomi o’yinchilar uchun eng hamyonbop top monitorni chiqardi.

Redmi G27Q 240Hz sifati 2K bo’lgan, 27 dyuymli Fast IPS ekraniga ega. Bundan tashqari, AMD FreeSync Premium texnologiyasini ham qo’llab-quvvatlaydi.

Narxi atigi 180 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👍67🤯29🔥147👏2🎉2🫡21😇1