AI | DigiTech
52.3K subscribers
2.55K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️18 yoshli talabalar fotosuratlar asosida kaloriyalarni hisoblaydigan ilova yaratib bir yilda 24 million dollar ishlab topishdi.

Cal AI shunchaki ChatGPT va Claude sun’iy intellektlari yordamida oziq-ovqat suratlaridan kaloriyani hisoblab beradigan interfeysdir.

8 oy ichida dastur 5 million marta yuklab olindi, ilova hozirda talabalarga oyiga 2 million dollar daromad keltirmoqda.

📟 DigiTech
🔥140👍90😁30👏19🤯1542👨‍💻2🥰1🫡1🎄1
⚡️Telegramning oylik aktiv foydalanuvchilari soni milliarddan oshdi.

Pavel Durov'ning yozishicha, messenjer WhatsApp'dan keyin dunyoda mashhurligi bo’yicha ikkinchi o‘rinni egalladi (agar Xitoyga yo’naltirilgan WeChat’ni hisobga olmasa). Har bir foydalanuvchi kuniga o’rtacha 21 marta Telegram'ni ochadi va ilovaga kuniga 41 daqiqa vaqt sarflaydi.

📟 DigiTech
👏101👍60🤯16🔥1264🫡2🎉1😡1
Zamonaviy dunyoda ma’lumot olish oson: onlayn-kurslar, kitoblar, leksiyalarning barchasi ochiq. Lekin faqat bilimning o‘zi yetarli emas. Haqiqiy professional rivojlanish nafaqat ma’lumotni yetkazib beradigan, balki uni haqiqiy amaliyotda ko‘rishga, xatolardan qochishga va sohaga moslashishga yordam beradigan inson paydo bo‘lganda boshlanadi.

Yandex dizayneri Alena Kim o'z intervyusida IT sohasidagi asosiy ko'nikmalar, murabbiylikning qiyinchiliklari va maksimal natijalarga erishishga yordam beradigan omillar haqida gapirib berdi.
👍44🔥9🤯4😍2😨2😇1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Boston Dynamics o’zining yangi Atlas roboti qanday «insoniy» harakat qilishini ko’rsatdi.

Ularning ta’kidlashicha, bu «dunyodagi eng epchil insonsimon robot» va kelajakda u odamlarga kundalik hayotda yordam beradi, shuningdek, Hyundai zavodlarida ishlaydi.

📟 DigiTech
👍110🤯337😨5🔥3👨‍💻3😇2🫡21👏1💯1
🗼Xitoyda o’zlarining Pariji borligini bilasizmi? Versal saroyi va hatto Eyfel minorasi nusxalari bilan (faqat uch baravar kichikroq).

Bularning barchasi Xanchjou shahridagi 4,7 km² maydonni egallagan va 1 milliard dollarga qurilgan Tianducheng turar-joy majmuasining bir qismidir.

Dastlab u yerda 100 000 kishi yashashi rejalashtirilgan edi, biroq infratuzilma yetarli rivojlanmagani sabab loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchradi va oxir-oqibat faqat 30 000 ga yaqin kishi u yerga ko’chib keldi.

📟 DigiTech
🔥62👍50😁268👏7🤯7😨42🫡2🎄2🤝1
😴 Tadqiqot: Kam uyqu tom ma’noda miya hajmini kichraytiradi.

Olimlar hammasi bo’lib yuzdan ortiq ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilib chiqishdi, natijada uyquning buzilishi va uning yetishmasligi miya hajmining kichrayishi bilan bog’liq degan xulosaga kelishdi.

Uyquning yetishmasligi tufayli kognitiv qobiliyatlar yomonlashadi — xotira, diqqat va reaksiya tezligi pasayadi. Bu depressiya, tashvish va boshqa ruhiy kasalliklar xavfini oshiradi.

Shuningdek, uyqu vaqtida miya zaharli oqsillardan tozalanadi, agar ular to’planib qolsa Altsgeymer, demensiya va boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯59👍3911🔥5😨3🫡3😁2💯2😇1😡1
📲 Huawei noodatiy yangi qurilma — buklanuvchi smartfon-planshet Pura X'ni namoyish etdi.

Qurilma noodatiy tomonlar nisbatiga ega — 16:10. Kompaniyadagilar bu format foydalanuvchilar uchun eng qulayi deyishmoqda.

Ekran diagonallari: ichki 6,3 dyuym va tashqi 3,5 dyuym. Akkumulyator sig’imi 4720 mA/soat.

Narxi — 1 025 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
1🔥45👍27😁9🤯82🎉1🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼️ Rasmdan 3D video yaratib beradigan neyrotarmoq: Stability AI obyektlarni turli rakurslardan ko’rsatishi mumkin bo’lgan Stable Virtual Camera yangi generativ modelini chiqardi.

Undan foydalanish juda oson — rasmni yuklash va generatsiyani boshlash kifoya, modelning o’zi tafsilotlarni saqlab qolgan holda 3D-sahnani yaratadi. Kerakli rakursni topish uchun virtual «kamera»ni 360 ° ga aylantirish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
2👍53🤯6🫡6🔥5😨21👏1
🖼️ Rasmlar generatsiya qiluvchi Midjourney va Flux'ning kuchli raqobatchisi Reve neyrotarmog’i chiqdi.

Reve neyrotarmog’i rasmlarni juda sifatli generatsiya qiladi, matnli so’rovlarni (prompt) yaxshi tushunadi va mutlaqo bepuldir.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍84156🤯4😍3🔥2🎉2😨1
🤖 Mercedes-Benz zavodlarida Apollo robotlari ishlay boshlashdi — ular logistika, qismlarni yig’ish va hatto ularni sifatini tekshirishda yordam berishadi.

Mercedes xodimlari robotlar avtonom ishlay olishlari uchun vazifalarni telemetriya va AR orqali o’rgatishmoqda. Agar Apollo batareyasi zaryadi tugasa, u o’zini zaryad qilish uchun ketadi.

Robotlarning ish boshlashi Mercedes-Benz kompaniyasida xodimlarni ommaviy ishdan bo’shatish davriga to’g’ri keldi. BMW, Tesla va Zeekr ham o’z zavodlarida xodimlarni robotlarga almashtirishmoqda.

📟 DigiTech
👍64😨199😡75💯5🫡3🔥2🤯2👏1🤝1
⚡️Nvidia kompaniyasi quvvati butun boshli ma’lumotlar markazi bilan teng bo’lgan, Mac Mini o’lchamidagi DGX Spark va DGX Station personal SI superkompyuterlarini namoyish etdi.

Qurilmaga 1 petaflops hisoblash quvvatiga ega chip o’rnatilgan — u DeepSeek, OpenAI va Google'ning «fikrlaydigan» LLM'lari bilan ishlash uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Oldindan buyurtma berish allaqachon ochilgan. Narxi — 4000 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
1👍93🤯2910🔥5🫡42😨2🤝2💯1
🚘 Xitoy yo’llarida Xiaomi'ning ilk yo’ltanlamas avtomobili suratga tushib qoldi — katta ehtimol bilan u elektr bo’ladi.

Hozirda Xiaomi YU9 (ehtimoliy nomi) rasmiy relizdan oldin dizayni oshkor qilinmasligi uchun kamuflyajda sinovdan o’tkazilyapti, u 2026-yilda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍94🔥18🤩54😁4💯2🫡2😡2🤯1😍1