AI | DigiTech
52K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Xitoydagi maktablarda sun’iy intellekt bo’yicha majburiy kurslar tashkil etiladi.

Boshlang’ich sinf o‘quvchilari SI tuzilishini, o’rta maktab o‘quvchilari undan kundalik hayotda qanday foydalanishni, yuqori maktab o’quvchilari esa uning imkoniyatlarini qanday kengaytirishni o’rganishlari kerak bo’ladi.

Maktablar kurslarni ishlab chiqish uchun universitetlar, tadqiqot markazlari va IT kompaniyalari bilan hamkorlik qilishadi.

Bizda ham shunday kurslarni qo’shish kerak, buyog’iga sun’iy intellektlar faqat rivojlanib, har bir sohaga kirib boradi.

📟 DigiTech
👏113👍80🔥29🤯16😨1341🤝1🫡1🎄1
📲 Apple iOS'ning katta redizaynini tayyorlamoqda. U visionOS'ning «shishali» dizaynidan ilhomlanilgan.

Mark Gurmanning so’zlariga ko’ra, bu 2013-yildagi iOS 7’dan buyon operatsion tizimdagi eng katta o’zgarish bo‘ladi. U iyun oyidagi WWDC konferensiyasida namoyish etilishi mumkin.

Videoda iOS 19 va macOS 16 yangi interfeysining taxminiy vizualizatsiyasi ko’rsatilgan.

📟 DigiTech
🔥34👍22😡8😁7👏41🤯1😇1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Har qanday taqdimotni bir daqiqa ichida yarating — barcha ma’lumotlar, slaydlar va skriptlarni to’plab taqdimot tayyorlaydigan neyrotarmoq chiqdi.

U juda oddiy ishlaydi: kerakli ma’lumotlarni kiritasiz, matnli so’rovni yozasiz va bir daqiqada natijani olasiz. SI turli xil variantlarni generatsiya qiladi, dizaynni o’zingizga mosini tanlashingiz mumkin.

Tayyor taqdimotni tahrirlash mumkin. Shuningdek, u posterlar, skriptlar, hisobotlar va hatto maketlar ham tayyorlab beradi. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍4876🔥3👏3😨2🤯1🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Anthropic bosh direktori va Claude yaratuvchisi Dario Amodeyning aytishicha — dasturchilik kasbi 1 yilda yo’q bo’lib ketishi mumkin.

Uning fikricha 3-6 oydan so’ng dasturlar kodlarining 90% SI tomonidan generatsiya qilinadi. Bir yildan keyin esa bu ko’rsatgich 100% ga yetadi.

Kompaniyalarni bunga undaydigan omillar:
• SI juda tez rivojlanmoqda: neyrotarmoqlarni ishlab chiqish narxi yiliga 4 marta arzonlashmoqda, investitsiyalar esa 10 barobarga o’smoqda.
• AQShda va butun dunyoda tobora ko’proq ma’lumotlar markazlari qurilmoqda.
• Top kompaniyalarda dasturchilarga bo’lgan talab tobora pasayib bormoqda — hozirda istagan odam neyrotarmoqlar yordamida kodlashi mumkin, tajribali mutaxassis esa butun bir jamoani almashtira oladi.


📟 DigiTech
👏51👍35🤯29👨‍💻75😨4💯3🫡3😁2🤓1🎄1
👨‍💻 Xitoyliklar RTX 5090 o’rnatilgan birinchi noutbukni namoyish etishdi. Qurilmaning og’irligi deyarli 5 kg.

U 17,3 dyuymli 3K sifatli displeyga ega, shuningdek, suyuq sovutish tizimi o’rnatilgan. Tanlovga Intel Ultra 9 285K yoki Ryzen 9 9950X3D protsessori mavjud.

Uni Kickstarter orqali sotishni rejalashtirishyapti, ammo hozircha narxi ma’lum emas.

📟 DigiTech
👍87😁36🔥14🤯8😡6👏5🫡42😨2
🖼️ Google Gemini 2.0 Flash orqali matnli so’rov bilan suratlarni tahrir qilish funksiyasini qo’shdi — chatda rasmni qanday tahrirlash kerakligini yozish kifoya.

Model rasmlarni noldan qayta yaratadi, shuning uchun unda keraksiz detallar paydo bo’lishi mumkin, lekin natija 10 soniyada tayyor bo’ladi va hechqanday limitlarsiz istagancha rasmni bepul generatsiya qilish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍74🔥18🤯10🫡53👏21😍1🤝1😡1
⚡️Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashadi, shundan so’ng unga haqiqiy yurak ko’chirib o’tkazildi. Bu tarixdagi maksimal ko’rsatgich.

BiVACOR implanti titandan tayyorlangan bo’lib, sog’lom yurakning tabiiy qon oqimini imitatsiya qiladi. U bilan to’liq hayot kechirish va hatto sport bilan shug’ullanish mumkin.

📟 DigiTech
👍145🤯42👏33🔥86😨31😍1🤓1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyliklar robotga velosiped haydashni o’rgatishdi — u o’z muvozanatini ushlab turib, pedallarni boshqara oladi.

Lingxi X2 robotidan uy ishlarida yordamchi, do’konlarda sotuvchi va masofadan boshqariladigan avatar sifatida foydalanishni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
👏66👍43🤯24🔥136😡5🫡3💯1🤝1🎄1
🚘 Mercedes yangilangan CLA 2026 ni ko’rsatdi.

Bir zaryadda 800 km masofani bosib o’tadigan va 0-100 km/soat tezlikka 4,8 soniyada erishadigan gibrid ham, elektr versiyalari ham bo’ladi.

Sotuvlar kuzda boshlanadi, narxi 55 000 dollardan boshlanishi kutilmoqda. Dizayniga nima deysiz?

📟 DigiTech
🔥92👍6815😡11🤯7🥰5😍53🎄2🎉1🤩1
⚡️Ma’lum bo’lishicha, neyron tarmoqlarni ishlashi uchun zarur bo’lgan grafik protsessorlarning katta qismi sun’iy intellektning irqchiga (rasist) aylanishini oldini olish uchun ishlatiladi.

Bu haqda dasturchilardan biri xabar berdi. Uning so’zlariga ko’ra, ba’zida irqchilikni jilovlash uchun SI rivojlanishini cheklashga ham to’g’ri keladi.

Bunday eng mashhur voqea deyarli 10 yil oldin, Microsoft Twitterda odamlar bilan muloqot qilish uchun o’zining Tay chatbotini ishga tushirganida sodir bo’lgan. U bir kun ichida o’chirilgan, sababi SI Gitlerni qo’llab-quvvatlab, odamlarni yo’q qilishga chaqirgan.

Yaqinda esa Google neyrotarmog’i Mein Kampf kitobini o’qishni tavsiya qilishni boshlab uni «maftunkor va qiziqarli» deb atadi. Neyron tarmoq Gitler ishini haqiqiy san’at asari deb hisoblashni boshlagan.

📟 DigiTech
😁113👍29🤯26💯10🫡84😨4🤓2🤝21😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Robotlar odamlarni hali almashtira olmasligiga yana bir isbot.

Amazon omborida yuk tashuvchi robotlar to’qnashib ketib, qanchalik urinsa ham, bir-biridan aylanib o’ta olishmadi :)

📟 DigiTech
😁217👍24🤯54👏2💯2🎄21🤔1👨‍💻1🫡1