AI | DigiTech
51.9K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Manus startapi deyarli hamma narsani bajara oladigan sun’iy intellekt agentini chiqardi.

Neyron tarmoq kompyuterdan foydalanishi va ilmiy tadqiqotlar uchun ma’lumot to’plashi mumkin.

— Birinchi videoda Manus bir vaqtning o’zida 50 Twitter akkauntini ro’yxatdan o’tkazib yuritishni boshlaganini ko’rishingiz mumkin.

— Neyrotarmoq Tesla aksiyalarini chuqur tahlil qilib, kelajak uchun prognoz bera oldi.

— Manus Marsga uchadigan kosmik kema uchun optimal orbitani hisoblay oldi.

Manus hozir yopiq beta test rejimida ishlamoqda, undan foydalanish uchun havola bo’yicha kutish ro’yxatiga qo’shilish kerak.

📟 DigiTech
👍72🤯21🔥64🫡32👏1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎵 Bir vaqtning o’zida ikkita turli janrdagi treklarni generatsiya qila oladigan neyrotarmoq chiqdi.

Tanlash uchun 14 janr mavjud: texno va rokdan hip-hop va EDM'gacha.
Qo’shiqni sozlash mumkin: asboblarni, vokalni, ritmni va hatto kayfiyatni o’zgartirishingiz mumkin. Asosiysi undan foydalanish bepul.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍45🤯8🔥5👏3💯3🫡21🤓1👨‍💻1🎄1
⚡️Xitoylik olimlar yurak xastaliklari rivojlanishining oldini oluvchi nanovaksinani ixtiro qilishdi.

Yangi preparat arteriyalarda yog’ shakllanishiga to’sqinlik qiladi — aynan shu narsa ko’pincha kasalliklarni keltirib chiqaradi, misol uchun: qon quyqalari, insult va tutqanoqlar.

Sichqonlar ustida o’tkazilgan sinovlar hayratlanarli natija ko’rsatdi: vaksina aterosklerozning rivojlanishini sezilarli darajada sekinlashtirdi, bu kasallik blyashka (arteriyalarda yog’) paydo bo’lishiga olib keladi.

Odamlarda sinovlar shu yilda o’tkazilishi mumkin.

📟 DigiTech
1👍897😡7😁64🤯3🔥2👏2😨1🫡1
⚡️Nvidia RTX 5090'ni quvvatlash simi 150°C haroratgacha qizishi mumkin. Hatto kabel unga mutlaqo to’g’ri ulangan bo’lsa ham.

Texno-bloger video karta 600 Vt quvvat sarflagan paytda juda xavfli haroratga yetganini payqadi. Keyinchalik, u sekin sovidi va kabel buzilmagan holda qoldi, ammo bu uni xavfsiz qilib qo’ymaydi.

Aytgancha, ushbu videokarta O’zbekistonda 3000 dollar atrofida sotilmoqda.

📟 DigiTech
🔥58👍18🤯177👏4😁4🤝3😡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Xitoy qanday tezlikda global avtomobil bozorini egallab olayotganini ushbu grafikda ko’rishingiz mumkin.

10 yil oldin eksport soni milliondan ham oshmasdi (u vaqtlar Germaniya va Yaponiya yetakchi bo’lgan), 2023-yilda esa Xitoy yetakchiga aylandi.

2024-yil oxirida eksport rekord darajadagi 6,4 million donaga yetdi: 1,1 millioni Rossiyaga, 445 mingi Meksikaga, qolganlari esa BAA, Belgiya va Saudiya Arabistoniga yo’l oldi.

📟 DigiTech
👍58🔥23🤯236👏63🤝2🎉1💯1😨1
⚡️Xitoydagi maktablarda sun’iy intellekt bo’yicha majburiy kurslar tashkil etiladi.

Boshlang’ich sinf o‘quvchilari SI tuzilishini, o’rta maktab o‘quvchilari undan kundalik hayotda qanday foydalanishni, yuqori maktab o’quvchilari esa uning imkoniyatlarini qanday kengaytirishni o’rganishlari kerak bo’ladi.

Maktablar kurslarni ishlab chiqish uchun universitetlar, tadqiqot markazlari va IT kompaniyalari bilan hamkorlik qilishadi.

Bizda ham shunday kurslarni qo’shish kerak, buyog’iga sun’iy intellektlar faqat rivojlanib, har bir sohaga kirib boradi.

📟 DigiTech
👏113👍80🔥29🤯16😨1341🤝1🫡1🎄1
📲 Apple iOS'ning katta redizaynini tayyorlamoqda. U visionOS'ning «shishali» dizaynidan ilhomlanilgan.

Mark Gurmanning so’zlariga ko’ra, bu 2013-yildagi iOS 7’dan buyon operatsion tizimdagi eng katta o’zgarish bo‘ladi. U iyun oyidagi WWDC konferensiyasida namoyish etilishi mumkin.

Videoda iOS 19 va macOS 16 yangi interfeysining taxminiy vizualizatsiyasi ko’rsatilgan.

📟 DigiTech
🔥34👍22😡8😁7👏41🤯1😇1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Har qanday taqdimotni bir daqiqa ichida yarating — barcha ma’lumotlar, slaydlar va skriptlarni to’plab taqdimot tayyorlaydigan neyrotarmoq chiqdi.

U juda oddiy ishlaydi: kerakli ma’lumotlarni kiritasiz, matnli so’rovni yozasiz va bir daqiqada natijani olasiz. SI turli xil variantlarni generatsiya qiladi, dizaynni o’zingizga mosini tanlashingiz mumkin.

Tayyor taqdimotni tahrirlash mumkin. Shuningdek, u posterlar, skriptlar, hisobotlar va hatto maketlar ham tayyorlab beradi. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍4876🔥3👏3😨2🤯1🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Anthropic bosh direktori va Claude yaratuvchisi Dario Amodeyning aytishicha — dasturchilik kasbi 1 yilda yo’q bo’lib ketishi mumkin.

Uning fikricha 3-6 oydan so’ng dasturlar kodlarining 90% SI tomonidan generatsiya qilinadi. Bir yildan keyin esa bu ko’rsatgich 100% ga yetadi.

Kompaniyalarni bunga undaydigan omillar:
• SI juda tez rivojlanmoqda: neyrotarmoqlarni ishlab chiqish narxi yiliga 4 marta arzonlashmoqda, investitsiyalar esa 10 barobarga o’smoqda.
• AQShda va butun dunyoda tobora ko’proq ma’lumotlar markazlari qurilmoqda.
• Top kompaniyalarda dasturchilarga bo’lgan talab tobora pasayib bormoqda — hozirda istagan odam neyrotarmoqlar yordamida kodlashi mumkin, tajribali mutaxassis esa butun bir jamoani almashtira oladi.


📟 DigiTech
👏51👍35🤯29👨‍💻75😨4💯3🫡3😁2🤓1🎄1
👨‍💻 Xitoyliklar RTX 5090 o’rnatilgan birinchi noutbukni namoyish etishdi. Qurilmaning og’irligi deyarli 5 kg.

U 17,3 dyuymli 3K sifatli displeyga ega, shuningdek, suyuq sovutish tizimi o’rnatilgan. Tanlovga Intel Ultra 9 285K yoki Ryzen 9 9950X3D protsessori mavjud.

Uni Kickstarter orqali sotishni rejalashtirishyapti, ammo hozircha narxi ma’lum emas.

📟 DigiTech
👍87😁36🔥14🤯8😡6👏5🫡42😨2
🖼️ Google Gemini 2.0 Flash orqali matnli so’rov bilan suratlarni tahrir qilish funksiyasini qo’shdi — chatda rasmni qanday tahrirlash kerakligini yozish kifoya.

Model rasmlarni noldan qayta yaratadi, shuning uchun unda keraksiz detallar paydo bo’lishi mumkin, lekin natija 10 soniyada tayyor bo’ladi va hechqanday limitlarsiz istagancha rasmni bepul generatsiya qilish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍74🔥18🤯10🫡53👏21😍1🤝1😡1
⚡️Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashadi, shundan so’ng unga haqiqiy yurak ko’chirib o’tkazildi. Bu tarixdagi maksimal ko’rsatgich.

BiVACOR implanti titandan tayyorlangan bo’lib, sog’lom yurakning tabiiy qon oqimini imitatsiya qiladi. U bilan to’liq hayot kechirish va hatto sport bilan shug’ullanish mumkin.

📟 DigiTech
👍145🤯42👏33🔥86😨31😍1🤓1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyliklar robotga velosiped haydashni o’rgatishdi — u o’z muvozanatini ushlab turib, pedallarni boshqara oladi.

Lingxi X2 robotidan uy ishlarida yordamchi, do’konlarda sotuvchi va masofadan boshqariladigan avatar sifatida foydalanishni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
👏66👍43🤯24🔥136😡5🫡3💯1🤝1🎄1