AI | DigiTech
51.7K subscribers
2.56K photos
1.43K videos
2.35K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 Cadillac o’zining eng uzun avtomobili — 5.8 metrlik elektr Escalade IQL'ni namoyish etdi.

U 750 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan, 0-100 km/soat tezlikka 4,7 soniyada erishadi va bir zaryadda ~740 km masofani bosib o’tadi.

Narxi — 132 695 dollar.

📟 DigiTech
1👍118🔥19🤯10👏64🎄2😡2🥰1🤝1🫡1
📲 ZTE Nubia Focus 2 5G va Focus 2 Ultra kamerofonlarini namoyish etdi.

Smartfonlarning asosiy xususiyati kameraning yonidagi masshtabni sozlash halqasi bo’ladi. Focus 2 ning asosiy kamerasi 108 MP f/1,75 sensor bilan jihozlangan.

Aylanadigan kamera halqasidan tashqari, kamerani boshqarish uchun hammaga tanish Capture Button tugmasi ham mavjud. Ikkala smartfon ham 120 hz chastotali 6,77 dyuymli displey va 5000 mA/soat akkumulyatorga ega bo’ladi, narxlari keyinroq e’lon qilinadi.

📟 DigiTech
👍55🔥63👏3🤯2🫡2🎉1😨1
⚡️Yoshlik eliksiri kashf qilindi — Osaka universiteti mutaxassislari hujayralarni yoshartirish mumkinligini aniqlashdi.

Gap AP2A1 oqsili haqida ketmoqda. Eski hujayralardagi «AP2A1»ning olib tashlanishi qarishni qaytardi va hujayralarning yangilanishini kuchaytirdi, yosh hujayralarda «AP2A1» oqsilining haddan tashqari ko’payishi esa qarishni tezlashtirdi.

Olimlar «AP2A1» oqsilini olib tashlab qarishni sekinlashtirish mumkinligini ta’kidlashmoqda. Hozir ular ushbu oqsilni batafsil o’rganib, tadqiqotlar o’tkazishyapti. Agar olimlar hujayralarning qarishini qaytara olsa yoki sekinlashtira olsa, odamlar sog’lom va uzoq umr ko’rishlari mumkin bo’ladi.

Kasalliklar paydo bo’lgandan keyin simptomlarni davolash o’rniga, bu yondashuv ularning boshlanishini oldini olishi yoki kechiktirishi mumkin.

📟 DigiTech
👏72👍61🔥12🤯124🫡32😡2🥰1😨1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌓 Kosmosdan olingan eng ajoyib kadrlar: xususiy kompaniya modulining Oyga birinchi muvaffaqiyatli qo’nishi.

Amerikaning Firefly kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan qurilma bir necha kun oldin Oyga qo’ngandi, biroq undagi kameralardan olingan videolar endi yetib keldi. U 10 ta ilmiy qurilmani sinovdan o’tkazadi, shuningdek, 16-mart kuni Yer Quyoshni to’sib qo’yganidagi tutilishni tasvirga oladi va o’chadi.

📟 DigiTech
🔥51👍38👏94🫡3🤯2👨‍💻2🤝21😨1
🎙️ Amazon dublyaj aktyorlarini sun’iy intellektga almashtiradi: endi Prime onlayn kinoteatridagi filmlar va seriallar asl ovozlarni klonlashtirgan holda neyron tarmoqlar orqali dublyaj qilinadi.

Hozircha funksiya test rejimida ishlamoqda va tajribali «mahalliylashtirish bo‘yicha mutaxassislar» natijalarni kuzatishmoqda. Agar dublyaj haqidagi fikrlar yaxshi bo’lsa, funksiya platformadagi barcha kontent uchun ishga tushiriladi.

📟 DigiTech
👍83🤯1916😡8😨5🫡3👨‍💻1🤝1
🚀 Bu o’zga sayyoraliklar bosqini emas — shunchaki Starship raketasi yana epik tarzda portladi. Bu safar Karib dengizi ustida.

Raketa bilan aloqa uchirilganidan ko’p o’tmay uzilib qoldi va uni yana portlatishga to’g’ri keldi. Portlatilgan kosmik kemaning bo’laklari bilan to’qnashish xavfi sababli Florida aeroportlarida parvozlar qisqa muddatga to’xtatildi.

Bu yil yana bir nechta uchirish sinovlari bo’lib o’tadi, 2026-yilda esa kompaniya Marsga uchuvchisiz Starship prototipini jo’natmoqchi.

📟 DigiTech
👍5912🤯10👏7🔥53🎉2🫡2😍1😨1🤝1
FINTECH360 – 2025: Ереванда халқаро финтех анжумани!
(16–19 апрель кунлари Арманистоннинг гўзал пойтахти Ереванда халқаро FINTECH360 конференцияси бўлиб ўтади)

Финтех дунёсидаги энг долзарб трендлар, 150+ иштирокчи, 40+ нуфузли спикерлар, инновация ва технологиялар – буларнинг барчаси FINTECH360 доирасида муҳокама қилинади. Анжуманда банклар, тўлов тизимлари, телеком ва IT-компаниялар, стартаплар, брокерлик ва суғурта компаниялари ҳамда соҳавий ассоциациялар иштирок этади.

Нега FINTECH360?
▪️Янги трендлар ва технологиялар: AI-финтех иловалар, блокчейн, криптовалюта, DeFi, рақамли активлар ва трансчегаравий пул ўтказмалари.
▪️Муҳим бизнес мулоқотлари: Таниқли молия ва IT-мутахассислар билан учрашиш имконияти.
▪️Фойдали ҳамкорликлар: Финтех йўналишидаги етакчи компаниялар билан ҳамкорликни йўлга қўйинг.
▪️Рақамли суғурта ва брокерлик бозоридаги инновациялар: Янги технологиялар ва гипершахсийлаштирилган мижоз тажрибаси ҳақида билиб олинг.

☑️ Анжуман манзили ва махсус таклифлар:
📍 Holiday Inn Yerevan – Republic Square меҳмонхонаси
🔹 Юнибанк, UBPay ва KWIKPAY расмий ҳамкори
🔹 15 мартга қадар барча иштирок пакетларига 10% чегирма!
♦️Бонус: Арманистоннинг ҳайратланарли гўзал манзаралари!

Анжуман иштирокчилари Севан кўли ва қадимий монастирга саёҳат, қайиқда қувноқ сайр ва Арманистоннинг меҳмондўстлигидан баҳраманд бўлиш имкониятига эга бўладилар!

🔗 Батафсил дастур ва рўйхатдан ўтиш 👉 fintech360.io
Жойлар чекланган!
✈️ Ереванда учрашгунча!

Телеграм каналга ўтиш
👍173🔥3😡2
🚘 Toyota o’z tarixidagi eng arzon — bZ3X elektromobilini chiqardi.

Bazaviy versiyasi 204 ot kuchiga ega elektr motor bilan jihozlangan va bir zaryadda 430 km gacha masofani bosib o’tadi. Shuningdek, avtopilot va 11 ta dinamikli Yamaha audiotizimi mavjud. Toyota bZ3X'ning o’lchami RAV4 bilan deyarli bir xil.

Narxi 15 000 dollardan. Xitoyda birinchi soatni o’zida 10 000 dan ortiq oldindan buyurtma rasmiylashtirildi va buyurtmani qabul qilish tizimi bunday trafikga bardosh bera olmadi.

📟 DigiTech
1👍115🔥32🤯17👏54😁4💯4😨4🫡42😍1
⚡️Tadqiqotchilarning aniqlashicha, sun’iy intellekt shaxmat o’ynab, mag’lub bo’lsa, u odamlarni aldashga urinishni boshlaydi.

Sun’iy intellekt o’yinda g’alaba qilishi uchun hatto o’yinning server qismidagi fayllarni o’zgartirishga harakat qildi. Maqsad — har qanday yo’l bilan yutish.

OpenAI'ning o1-preview modeli 37% hollarda, DeepSeek R1 esa har o’ninchi o’yinda aldashga harakat qilgan. Eng qizig’i SI bu manipulyatsiyalarni inson ishtirokisiz ishlab chiqqan, ya’ni
texnik jihatdan, sun’iy intellekt hozir g’araz niyatli rejalarni tuzayotgan bo’lishi mumkin.

📟 DigiTech
😨142👍78😁58🤯15😡9🔥7💯4👏3👨‍💻3🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️4G endi Oyda ham mavjud — NASA tabiiy yo’ldoshda Lunar Surface tizimini ishga tushirdi.

Hammasi 4K videolar uchun: endi qo’nish moduli va oy roverlari o’rtasida aloqa sifati ancha yaxshi va tez bo’ladi. Lekin tarmoq lokal bo’lib, Oydan Yerga qo’ng’iroq qilishning imkoni bo’lmaydi.

📟 DigiTech
👍97👏24😁19🤯13🤝53🔥2😨2🫡2