AI | DigiTech
51.8K subscribers
2.56K photos
1.43K videos
2.35K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
AI | DigiTech
Photo
📲 Quyosh panellarini smartfonlar va ularning chexollariga ham o’rnatishni rejalashtirishyapti. Xitoyning Infinix kompaniyasida allaqachon prototiplar ham tayyor.

Ularning zaryadlash quvvati 2 Vt bo’ladi va qurilma haddan tashqari qizib ketmasligi uchun faqat ishlatilmayotgan vaqtda faollashtiriladi. Smartfonni hatto chiroqdan ham zaryadlash mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
👍120🔥24🤯12👏96🎉43😍2🤔1🎄1
🧠 Yangi texnologik inqilob: Cortical Labs startapi haqiqiy inson neyronlarida ishlaydigan birinchi CL1 kompyuterini namoyish etdi.

Kashfiyot haqida qisqacha:
– Tizim inson ildiz hujayralaridan olingan tirik neyronlar asosida ishlaydi;
– Ular o’zi o'rganishga qodir;
– Neyronlar yordamida tizim an’anaviy LLM'larga qaraganda tezroq o’rganadi va kamroq energiya sarflaydi;
– Bunday kompyuterlar dorilarni yaratish va kasalliklarni o‘rganishni ancha tezlashtiradi;
– Texnologiya LLM tuzilishini yaxshiroq o’rganishga yordam beradi, robotlar yaqin kelajakda aqlliroq bo’lishi mumkin;
– Sotuvlar shu yildan boshlanadi, narxi bir kompyuter uchun atigi 35 ming dollar (bunday kompyuter uchun bu juda arzon).

Olimlar tom ma’noda inson miyasiga ega robotlarni yaratishmoqchi.

📟 DigiTech
👍76👏33🔥11🤯7😨72🥰2😁2🤔1
🧠 Telepatiya fantastika emas: olimlar agar kerakli neyronlar aloqalari o’chirib qo’yilsa, miyamiz boshqa odamlarning fikrlarini o’qiy olishini aniqlashdi.

Kanadalik tadqiqotchilar miyaning ayrim qismlari «psi ingibitori» rolini o’ynashini aniqlashdi, ya'ni u odamlarda mavjud bo’lgan, lekin o’zi bilmagan tabiiy psixik va telepatik qobiliyatlarni chegaralab turadigan filtrdir. Ular magnit stimulyatsiyasi yordamida «filtrni» o’chirishga muvaffaq bo’lishdi, bu bemorlarning «psi» qobiliyatini oshirib, ularga onglari bilan obyektlarga ta’sir qilish imkonini berdi.

Olimlar tajriba ham o’tkazdilar: 108 nafar ko‘ngilli tasodifiy sonlar generatoriga fikr kuchi bilan ta’sir ko‘rsata oldi.

📟 DigiTech
1👍100🤯83🔥12👏83🤩32😡2😨1🫡1🎄1
🎥 Videolarni to’g’ri telefonda generatsiya qilish uchun Hailuo Video neyrotarmog’ining mobil versiyasi chiqarildi.

Matnli so’rov yoki rasm asosida videolarni yaratishingiz, kerakli model va uslublarni tanlashingiz mumkin. Generatsiya qilingan videolar juda realistik bo’ladi.

Kuniga 100 ta token bepul beriladi, bu uchta video generatsiya qilish uchun yetarli. IOS va Android uchun yuklab olish.

📟 DigiTech
👍50👏76🤯4🔥2😨1🤝1🫡1
🚘 Cadillac o’zining eng uzun avtomobili — 5.8 metrlik elektr Escalade IQL'ni namoyish etdi.

U 750 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan, 0-100 km/soat tezlikka 4,7 soniyada erishadi va bir zaryadda ~740 km masofani bosib o’tadi.

Narxi — 132 695 dollar.

📟 DigiTech
1👍118🔥19🤯10👏64🎄2😡2🥰1🤝1🫡1
📲 ZTE Nubia Focus 2 5G va Focus 2 Ultra kamerofonlarini namoyish etdi.

Smartfonlarning asosiy xususiyati kameraning yonidagi masshtabni sozlash halqasi bo’ladi. Focus 2 ning asosiy kamerasi 108 MP f/1,75 sensor bilan jihozlangan.

Aylanadigan kamera halqasidan tashqari, kamerani boshqarish uchun hammaga tanish Capture Button tugmasi ham mavjud. Ikkala smartfon ham 120 hz chastotali 6,77 dyuymli displey va 5000 mA/soat akkumulyatorga ega bo’ladi, narxlari keyinroq e’lon qilinadi.

📟 DigiTech
👍55🔥63👏3🤯2🫡2🎉1😨1
⚡️Yoshlik eliksiri kashf qilindi — Osaka universiteti mutaxassislari hujayralarni yoshartirish mumkinligini aniqlashdi.

Gap AP2A1 oqsili haqida ketmoqda. Eski hujayralardagi «AP2A1»ning olib tashlanishi qarishni qaytardi va hujayralarning yangilanishini kuchaytirdi, yosh hujayralarda «AP2A1» oqsilining haddan tashqari ko’payishi esa qarishni tezlashtirdi.

Olimlar «AP2A1» oqsilini olib tashlab qarishni sekinlashtirish mumkinligini ta’kidlashmoqda. Hozir ular ushbu oqsilni batafsil o’rganib, tadqiqotlar o’tkazishyapti. Agar olimlar hujayralarning qarishini qaytara olsa yoki sekinlashtira olsa, odamlar sog’lom va uzoq umr ko’rishlari mumkin bo’ladi.

Kasalliklar paydo bo’lgandan keyin simptomlarni davolash o’rniga, bu yondashuv ularning boshlanishini oldini olishi yoki kechiktirishi mumkin.

📟 DigiTech
👏72👍61🔥12🤯124🫡32😡2🥰1😨1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌓 Kosmosdan olingan eng ajoyib kadrlar: xususiy kompaniya modulining Oyga birinchi muvaffaqiyatli qo’nishi.

Amerikaning Firefly kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan qurilma bir necha kun oldin Oyga qo’ngandi, biroq undagi kameralardan olingan videolar endi yetib keldi. U 10 ta ilmiy qurilmani sinovdan o’tkazadi, shuningdek, 16-mart kuni Yer Quyoshni to’sib qo’yganidagi tutilishni tasvirga oladi va o’chadi.

📟 DigiTech
🔥51👍38👏94🫡3🤯2👨‍💻2🤝21😨1
🎙️ Amazon dublyaj aktyorlarini sun’iy intellektga almashtiradi: endi Prime onlayn kinoteatridagi filmlar va seriallar asl ovozlarni klonlashtirgan holda neyron tarmoqlar orqali dublyaj qilinadi.

Hozircha funksiya test rejimida ishlamoqda va tajribali «mahalliylashtirish bo‘yicha mutaxassislar» natijalarni kuzatishmoqda. Agar dublyaj haqidagi fikrlar yaxshi bo’lsa, funksiya platformadagi barcha kontent uchun ishga tushiriladi.

📟 DigiTech
👍83🤯1916😡8😨5🫡3👨‍💻1🤝1
🚀 Bu o’zga sayyoraliklar bosqini emas — shunchaki Starship raketasi yana epik tarzda portladi. Bu safar Karib dengizi ustida.

Raketa bilan aloqa uchirilganidan ko’p o’tmay uzilib qoldi va uni yana portlatishga to’g’ri keldi. Portlatilgan kosmik kemaning bo’laklari bilan to’qnashish xavfi sababli Florida aeroportlarida parvozlar qisqa muddatga to’xtatildi.

Bu yil yana bir nechta uchirish sinovlari bo’lib o’tadi, 2026-yilda esa kompaniya Marsga uchuvchisiz Starship prototipini jo’natmoqchi.

📟 DigiTech
👍5912🤯10👏7🔥53🎉2🫡2😍1😨1🤝1