AI | DigiTech
51.6K subscribers
2.56K photos
1.43K videos
2.35K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Nvidia aksiyalari bir kunda deyarli 17% ga pasaydi. Kompaniya 500 milliard dollar yo’qotdi, bu Wall Street tarixidagi eng katta qulashdir.

Bunga sabab DeepSeek-R1 modeli mashhurligining keskin o’sishidir, kuni kecha chiqqan ochiq kodli sun’iy intellekt ilovasi App Store'da yuklanishlar soni bo’yicha ChatGPT'dan ham o’tib ketdi.

Uni ishlab chiqishga atigi 6 mln dollar sarflangan. Ma’lumot uchun: AQSh'da bunday modelni ishlab chiqish 100 milliondan milliard dollargacha turadi. Buni ko’rgan investorlar SI'ga milliardlab sarmoya kiritish shart emasligini tushunishdi.

Amerikaning barcha yirik texnologik kompaniyalarining yo’qotishlari allaqachon 1 trillion dollardan oshib ketdi.

📟 DigiTech
1.63K👍118🤯26👏185😁4🔥2💯1😨1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏍️ Muhandis har tomonga harakatlana oladigan sharsimon g’ildirakli mopedni yig’di.

Uning aksariyat qismlari 3D printerda bosib chiqarilgan va beshta motorchalar yordamida yuradi. Agar shunday moped yasashga qiziqsangiz, muallif barcha qo’llanmalarni Githubga joylagan.

📟 DigiTech
1.24K👍105👏16🔥96🫡5💯2😇2😁1🤔1
🌒 Kun surati: astrofotograf Endryu Makkarti tomonidan olingan sayyoralar paradi surati.

U sayyoralar va Oyning haqiqiy masshtabini saqlagan holda bir nechta fotosuratlarni birlashtirgan.

📟 DigiTech
1.58K👍206🔥43🤩2512👏6🫡5😡4🤝32🤯2👨‍💻2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💴 Mana buni korporativ desa bo’ladi: Xitoyda kranlar ishlab chiqaruvchi kompaniya tanlov o’tkazib, unda qatnashgan xodimlariga 8.4 mln dollar tarqatdi.

Ishchilar 30 kishidan iborat jamoalarga bo’linishdi, so’ng naqd pullar uzun stol bo’ylab sochildi. Xodimlar 15 daqiqada qancha ko’p naqd pulni to’g’ri sanay olsalar shunchani o’zlari bilan olib ketishlari mumkin edi.

Eng omadli xodim 15 daqiqada ¥100 000 bonusni qo’lga kiritdi — bu 13 800 dollar!

📟 DigiTech
1.14K👍115😁30👏14😨6🔥54🫡43💯3🤝2😡1
⚡️Alibaba yangi juda kuchli bepul sun’iy intellektni chiqardi — Qwen2.5-Max DeepSeek'dan ham yaxshiroq.

Xitoyliklar o’zlarining Yangi yiliga bomba neyrotarmoqni chiqarishdi, u deyarli hamma narsani qila oladi:

• Matnli so’rovlarga javob beradi;
• Fotorealistik suratlarni yarata oladi;
• Yuqori sifatli videolarni generatsiya qiladi;
• Senior dasturchi kabi kod yozadi;
• Internetdan kerakli ma’lumotni qidira oladi.

Eng asosiysi — undan foydalanish BEPUL va birnechta kerakli funksiyalar bir joyga jamlangan!

Undan foydalanish uchun havoladan kirib ro’yxatdan Qwen2.5-Max'ni tanlaysiz.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
1.28K👍108🔥1312🤯5🫡5👏3😨21🤝1
⚡️Nvidia bepul yangi kurslarni chiqardi.

— Chatbotlarni ishlab chiqish;
— LLM ilovalarni yaratish;
— Ma’lumotlarni tahlil qilish;
— Pixar'ning maxsus dasturi yordamida 3D grafikalar bilan ishlash.

Kurslar 1,5 dan 8 soatgacha vaqtni oladi, o’rganish uchun ozgina Python'ni bilish va neyrotarmoqlar qanday ishlashini tushunish kifoya.

👉 Kurslarga havola.

📟 DigiTech
1.05K🔥73👍34😁2253🫡2🎄2🥰1💯1👨‍💻1
⚡️DeepSeek xakerlar hujumiga uchradi — chatbot bilan barcha yozishmalaringiz, maxfiy kalitlar va boshqa ichki ma’lumotlar tarmoqqa sizib chiqdi.

Wiz Research tadqiqotchilari ma’lumotlar bazasini tarmoqda topishdi, u hech qanday parol bilan himoyalanmagan.

Chatbot bir necha kundan beri xakerlar hujumiga uchrab kelmoqda, ehtimol ma’lumotlar bazasi tarmoqqa shu tarzda tarqalgan. DeepSeek jamoasi muammodan xabardor, lekin vaziyatga hechqanday izoh berishmadi.

📟 DigiTech
2K👏83😁44👍21😨16🔥4🤔433💯2😇2🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛩️ Boom Supersonic XB-1 xususiy samolyot prototipi birinchi marta tovush tezligini buzib o’tib, 1.1 Mah (1350 km/soatdan tezroq) tezlikka erishdi.

Samolyot AQSh'da 2014-yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda, uning asosida tarixda uchinchi bo’ladigan tovushdan tez uchadigan yo’lovchi samolyotni ishlab chiqishmoqchi.

Reja bo’yicha, u 1,7 Mah (2080 km/soat) gacha tezlasha oladi va Londondan Nyu-Yorkka ~3,5 soatda yetib boradi. Oddiy samolyotlarda parvoz 7-8 soat davom etadi.

📟 DigiTech
809👍4644👏10🔥7🫡4🎉3💯32😡1
🚘 Chevrolet yana Spark'ni ishlab chiqarishni boshlaydi, ammo endi u logotipi almashtirilgan Xitoyning Baojun Yep Plus avtomobilidir.

Mashina dastlab Braziliyada sotuvga chiqadi. Ehtimol, Xitoy versiyasi kabi 102 ot kuchiga ega dvigatel va bir zaryad 401 km'ga yetadigan batareya bo’ladi.

Hozircha narxi bo’yicha ma’lumot yo’q, lekin Baojun Yep Plus'ning Xitoyda narxi 13 800 dollar turadi.

📟 DigiTech
13👍85😁43😨432🥰1👏1🎉1
🎵 Suno raqobatchisi chiqdi — Riffusion neyrotarmog’ida musiqalarni bepul va limitlarsiz generatsiya qilish mumkin.

U juda oddiy ishlaydi: matn va janrni kiritish kifoya, agar matn bo’lmasa, SI uni o’zi yozadi. Istalgan tovushni qo’shiqqa aylantirishingiz mumkin. Eng muhimi bepul va limitlarsiz.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
16👍74🔥75🫡32👏2😨2💯1
Kun videosi: Alyaskada yashovchi fotograf uyining tepasida qanday ajoyib shimoliy yog’dular paydo bo’lishini ko’rsatdi.

U yerda qish oylarida shimoliy yog’dular haftasiga bir necha marta paydo bo’lib, tunni yashil rangga burkaydi.

Naqadar go’zal manzara.

📟 DigiTech
🔥98👍5320😇4😍32💯2🥰1👨‍💻1🫡1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖Tesla haydovchisiz taksilarini tozalaydigan robotni namoyish etdi.

Unga o’rnatilgan changyutgich shunchalik kuchliki, u yo‘lovchilar unutib qo’ygan suv idishlarini va hatto ryukzakni ham ko’tara oladi, shuningdek, almashtiriladigan qismlari tufayli displeyni ham artadi.

Bunday haydovchisiz taksilar AQSh'da 2026-yildan ishlashni boshlaydi.

📟 DigiTech
👍94👏12🔥85🤩43🫡2💯1😨1
🥽 Samsung kompaniyasi Apple Vision Pro dizaynini deyarli to’liq takrorlaydigan AR (to’ldirilgan reallik) garniturasini chiqaradi.

Tashqi ko’rinishi deyarli farq qilmaydi, hatto tashqi batareya ham xuddi Apple'nikidek. Garnitura Android'ning maxsus versiyasida ishlaydi va imo-ishoralar orqali boshqariladi, Google Gemini neyron tarmog’i esa eksklyuziv funksiyalardan biri bo’ladi.

Narxi haqida hozircha ma’lumot yo’q, solishtirish uchun: Vision Pro 3500 dollar turadi.

📟 DigiTech
😁46👍31🔥12👏54👨‍💻4💯2😨1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙️ NVIDIA Broadcast ilovasiga eng arzon mikrofonda ham yozilgan ovozni studiya darajasida tiniqlashtirib beradigan Studio Voice funksiyasini qo’shdi.

Endi qimmatbaho mikrofonlarni sotib olish shart emas, ushbu funksiya yordamida hatto eng arzon mikrofonda ham sifatli podkastlar yozish mumkin. Kontent yaratuvchilar uchun juda kerakli ilova.

👉 Ilovani yuklab olish uchun havola.

📟 DigiTech
👍87🔥12👏9🫡32💯21🎉1👨‍💻1
⚡️Tadqiqot: Kunduzgi uyqu miyani faollashtirib, murakkab muammolarni hal qilishga yordam beradi — hatto 13 daqiqa uyqu ham ta’sir ko’rsatadi.

Tadqiqotda kunduzi uxlagan ishtirokchilar ishdan shunchaki tanaffus olgan ishtirokchilarga qaraganda muammolarni tezroq va yaxshiroq hal qilishdi. Bu miyaning uyqu paytida ulanishlarni qayta tashkil etishi va yashirin yechimlarni topishi bilan bog’liq.

📟 DigiTech
👍136🔥31😁168🫡7👏5🤝43💯3😡1