AI | DigiTech
51.9K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Amerikalik talabalar aqlli gadjetlarni boshqarish uchun uzukni yasashdi.

O’rnatilgan kamera yordamida uzuk unga ko’rsatilgan obyektni taniydi, so’ng smartfon bilan bog’lanadi va u orqali kerakli buyruqni beradi.

Hozircha bu faqat prototip, uni takomillashtirib sotuvga chiqarishni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
👍5516👨‍💻86🤓5🔥3🫡2💯1🎄1
🚘 Lamborghini o’zining eng qimmat avtomobilini sotdi — xaridor noyob Egoista uchun rekord darajadagi 117 million dollar to’ladi.

Konsept avtomobil 2013-yilda yagona nusxada ishlab chiqarilgan va umuman sotilishi rejalashtirilmagan, biroq ismi oshkor etilmagan milliarder rad etib bo’lmaydigan taklif bergan.

📟 DigiTech
👍124🤯4825🔥129👏5🤓4😡4🎉2💯2🫡2
☕️ Maydalangan qahvalarda suvaraklar zarralari topildi — ular deyarli har bir qahva paketida topilgan.

Hasharotlar unga qahva donini yig’ish va qayta ishlash vaqtida tushishadi. AQSh Sog’liqni saqlash vazirligi har bir qadoqdagi qahvaning 10% qismi suvarak yoki boshqa hasharotlar bo’lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Suvaraklar o’zi sog’lom odam uchun zararli emas, ammo agar qisqichbaqasimonlarga allergiya bo’lsa, kasal bo’lish ehtimoli mavjud.

Postni qahva ichib o’qiyotganlarga hamdardlik bildiraman )

📟 DigiTech
😁172👍31😨16🔥7🫡63👏3🤯3💯3😡2
📲 iPhone «budilnigi» yana ovozsiz yoki juda kech jiringlamoqda — Reddit’da soat 10:30 ga qo’yilgan uyg’otgich faqat soat 12:42 da jiringlagani tasvirlangan surat bilan bo’lishishdi. Apple bu muammo haqida bir yildan beri biladi, lekin hatto yangi iOS bilan ham bu muammo hali to’g’irlanmagan.

Ishga nega kechikdingiz?
– Kechirasiz, men emas iPhone uxlab qoldi :)


📟 DigiTech
😁262👍30103👨‍💻3🎄3🤯2💯2🤝2🫡2👏1
🖼️ Nvidia va MIT Sana nomli tasvirlar generatsiya qiluvchi neyrotarmoqni chiqarishdi, u har qanday sifatdagi tasvirlarni juda tez yaratib beradi.

Rasmlar generatsiya qilish tezligi 2-3 soniya, hatto 4K tasvirlar uchun ham. Realizm jihatdan, u hali mukammal emas, ayniqsa odamlarni yaxshi generatsiya qilolmaydi. Lekin bu faqat birinchi versiya, keyingi versiyalarida sifat yaxshilanadi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
1👍7812🔥8👏5🫡4💯2🤝2😡2😁1
☄️ Kanadalik erkakning uyi yoniga meteorit tushdi. Birinchi marta samoviy jismning qulashi kuzatuv kamerasi tomonidan ovozli tasvirga olindi.

Meteorit taxminan 200 km/soat tezlikda tushgan va deyarli to’liq maydalanib ketgan.

📟 DigiTech
👍90🤯49😁15😨118🔥2💯2👏1🤓1😡1
📱Samsung Galaxy S25, S25+ va S25 Ultra'ning posterlarini ko’rsatdi.

Yangi flagmanlarning premyerasiga juda oz vaqt qoldi — taqdimot 22-yanvar kuni bo’lib o’tadi.

📟 DigiTech
👍126🔥251810😁6🤔3🎉3💯3🫡2🥰1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔋 Singapurda olimlar tuproqda olti hafta ichida butunlay parchalanib ketadigan va hech qanday zaharli moddalar qoldirmaydigan «qog’oz» batareyalarni yaratishdi.

Batareyadagi litiy, sink bilan marganesga almashtirildi, uni ishlab chiqarish xarajatlari esa litiy-ion batareyalari narxining atigi 10% ni tashkil qiladi.

Hozircha bunday batareyaning sig’imi faqat 600 mA/soatni tashkil etadi, ammo yaqin kelajakda texnologiyani takomillashtirishadi.

📟 DigiTech
👍127🔥2284😁4👨‍💻3🫡3👏1💯1🤓1😡1
♟️ Real hayotdagi chiter: 17 yoshli yigit shaxmat turnirida eng yaxshi harakatlarni ko’rsatib turuvchi ko‘zoynakdan foydalangani ma’lum bo’ldi.

Ko’zoynak tasvirni Instagramga translyatsiya qilgan va undagi ma’lumotlar kompyuterga uzatilgan, kompyuterda sun’iy intellekt o’yinni tahlil qilib, harakatlarni aytib turgan.

Bunday qilganini yigit turnirdan so’ng o’zining Twitterida tan oldi.

📟 DigiTech
😁261👍51🤯16🔥972💯2😨2
⚡️Binance birjasi O’zbekistonda rasman ish boshlaydi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Binance” kripto-birjasi bilan O‘zbekistonda mijozlarga xizmat ko‘rsatish masalasini hal qildi. “Binance” o‘z faoliyatini belgilangan tartibda mahalliy “CoinPay” kripto-birjasi orqali amalga oshiradi.

Foydalanuvchilar o‘z mablag‘larini bank kartalari va “Uzcard” va “Humo” to‘lov tizimlari orqali milliy valyutada kiritish hamda chiqarishlari mumkin bo’ladi. Tizim platformalarning barcha modullari, jumladan, milliy to‘lov tizimlari bilan integratsiyalashuv yakunlangan keyin ishga tushiriladi.

📟 DigiTech
👍109🔥21😡13👨‍💻5👏2💯1🤝1🎄1
📱Xiaomi smartfonlari 2024-yilda Xitoyda birinchi marta sotuvlar bo’yicha birinchi beshtalikdan tushib ketdi.

Mamlakatda jami 285 million dona smartfon sotilgan, top beshtalik esa quyidagicha:

• Vivo — 49,3 mln
• Huawei — 46 mln
• Apple — 42,9 mln
• OPPO — 42,7 mln
• Honor — 42,2 mln

Sizning smartfoningiz modeli qanday?

📟 DigiTech
🔥73👍39😨11👏8🫡73😁2💯2😡21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼️ Krea neyrotarmog’i zo’r yangilandi — endi har qanday obyektni 3D ga ko’chirishingiz mumkin.

Juda oson va tez ishlaydi, bepul sinab ko’rishingiz mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍69👏15🤓6🔥543💯2😨2🫡1😡1
🖐Chikagolik olimlar bir necha yildan buyon fikr kuchi bilan masofadan turib boshqarilishi mumkin bo’lgan bionik robot qo’lni ishlab chiqishmoqda.

U miyadagi chip bilan birgalikda ishlaydi, teginish signallari esa bir qator sensorlar tomonidan miyaga jo’natiladi. Texnologiya his qilish va tezlik jihatdan takomillashtirilmoqda. Yaqin kelajakda olimlar uning asosida protezlar ishlab chiqishmoqchi.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍84🤯21🫡9🔥5👏432🥰2😍2💯2😨1