AI | DigiTech
52K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Yangi itimoiy tarmoq chiqdi, unda foydalanuvchilar taxallusi o’rniga faqat bank hisobidagi mablag’i ko’rinadi.

U hisoblarga kirmasdan balans ma’lumotlarini oladigan Plaid xizmati asosida ishlaydi. Shuning uchun hammasi xavfsiz.

Millionerlar bilan suhbatlashmoqchi bo’lsangiz, havola.

📟 DigiTech
😁191👍36👏65🫡4🎄43💯3🤝3🔥2👨‍💻2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Google juda foydali neyrotarmoqni chiqardi — u ekraningizni kuzatib, sizga nima qilish kerakligini aytib turadi.

Yangi Gemini 2.0 Flash modeli chiqdi. Kod va matnlarning sifati yaxshilandi va eng asosiy narsa — Stream Realtime funksiyasi qo’shildi.

Uning juda ko’p qulayliklari mavjud, misol uchun: unga yozgan kodingizni ko'rsatib, xatolarni aytishini so’rashingiz, o’yinlarda qahramon tanlash yoki shaxmatda to’g’ri harakat qilish bo’yicha maslahatlar so’rashingiz mumkin.

Eng muhimi, uni AI Studioda BEPUL sinab ko’rish mumkin. Hozircha faqat ingliz tilida ishlaydi va VPN kerak bo’lishi mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
45👍37😨11😡3🎉2💯2🤝1🫡1
⚡️Ilon Mask boyligi 400 milliard dollarga yetdi — u ikkinchi o’rindagi Jeff Bezosdan endi 1,8 barobar boyroq.

Uning boyligini keskin o’sishi (bir yil oldin 225 milliard dollar edi) SpaceX aksiyalarining ichki sotilishi hisobiga bo’ldi, yangi xAI startapi qiymati ham ikki baravarga oshdi, shuningdek, Tesla kompaniyasidan 10 yillik maoshi o’rniga 55 milliard dollar «bonus» oldi.

📟 DigiTech
👍153👏31🤯1110🔥96🎄5😡3🫡2
🏎️ Aston Martin Valhalla super gibridini namoyish etdi, u 0-100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erishadi va maksimal tezligi 350 km/soat.

Unda 4 litrli V8 va 1079 ot kuchiga ega uchta elektromotor mavjud. Jami 999 nusxada chiqariladi, narxi taxminan 1 million dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
61👍466🔥5👏5😨4🫡4😁3🤯3💯2
⚡️Insoniyat ahmoqlashib bormoqda — OECD tadqiqot o’tkazib quyidagilarni aniqladi:

— Hozir sayyoramizning har beshinchi aholisi o’qish va arifmetik vazifalarni boshlang’ich sinf o’quvchisi darajasida bajara oladi;

— Ishchilarning qariyb uchdan bir qismi o’z ishlari uchun yetarlicha malakaga ega emaslar: ularda ko’nikmalar yoki bilim yetishmaydi;

— Bir qator mamlakatlardagi zumerlarda (16–24 yosh) savodxonlik darajasi kuchli pasaygan;

— Hatto so’nggi 100 yil davomida o’sib borayotgan IQ darajasi hozirda dunyoning ba’zi qismlarida pasayib bormoqda.

📟 DigiTech
👍103😨48👏13🔥105💯3😡3😁2🫡2🎄2🤝1
🌆 Ilon Mask o’z shahriga ega bo’lishi mumkin: u Texasdagi Starbase kosmodromini shaharga aylantirmoqchi.

Milliarderning so’zlariga ko’ra, u hududda allaqachon yuzlab odamlar doimiy yashab kelishmoqda, ularning o’z yo’llari, maktablari va shifoxonalari mavjud, shu sabab Starbase'ga shahar maqomini berish to’g’ri bo’ladi.

Bu boradagi yakuniy qarorni Texas aholisining o’zlari ovoz berish orqali qabul qilishlari kerak.

📟 DigiTech
👍14521🔥13🤯9👏8😍53💯2🫡1😡1
🎵 Maykl Jeksonning chiqishga ulgurmagan qo’shiqlari kutilmaganda Kaliforniyadagi omborxonadan topildi.

Unda butun albomni to’ldirishga yetarli treklar bor. Kassetalarda 15 ta qo’shiq mavjud, ulardan 12 tasi chiqarishga tayyor edi.

Ombor avval Jeksonning prodyuseriga tegishli bo’lgan, biroq uni tasodifan qo’shiq kassetalari bor qutini ko’rib qolgan politsiyachi sotib olgan. Endi u kassetalarni kim oshdi savdosida sotmoqchi.

📟 DigiTech
1🔥131👍59😁29👏18🤯14😍64💯4🫡43🎄3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏎️ Kino sehri — hatto poygalar ham haqiqiy mashinalarsiz suratga olinadi.

Yaqinda chiqqan «Senna» seriali jamoasi trekdagi poyga effektiga erishishga yordam bergan oddiy fokuslarni ko’rsatishdi.

Tez o'zgaruvchan fon — displey va proyektorlar, yomg’ir va shamol — ventilyator va suv purkagichlar, driftlar — aylanuvchi platforma.

📟 DigiTech
1👍92😨18👏118💯43😁3🎄3😡1
📲 iPhone uchun boshqa odamlarning zaryadlash simlaridan foydalanish xavfli bo’lishi mumkin: bu orqali ular sizni kuzatib turishlari, login va parollarni o’g’irlashlari va qurilmaga viruslarni yuklashlari mumkin. Buni hatto sezmaysiz.

Kiberxavfsizlik bo'yicha mutaxassis bunday kabel qanday ishlashini ko’rsatdi: uning ko’rinishi oddiy kabel bilan bir xil, lekin ichida Wi-Fi chip o’rnatilgan. Bunday «josuslik» kabellari 2019 yildan beri 190 dollardan erkin sotilib kelinmoqda.

📟 DigiTech
2👍95🔥14🤓9🤝54🎄43🫡3💯2👨‍💻2👏1
⚡️YouTube'da ovozli izohlar paydo bo’ladi. Yangi funksiyani ThioJoe blogeri videosi ostida payqashdi.

Veb-versiyada faqat transkriptsiya ko’rsatiladi, ovozli izohlarni faqat mobil ilovada tinglash mumkin.

Google bunday funksiyani hali rasman e’lon qilmagan. Ehtimol, hozircha uni faqat ayrim blogerlar sinovdan o'tkazishayotgan bo’lishlari mumkin.

📟 DigiTech
👍107💯10🥰8👏7😁5🫡53🔥1🎄1
⚡️Buklanadigan iPad 2028-yilda chiqishi mumkin. Mark Gurman Apple haqiqatdan shunday qurilmani ishlab chiqayotganini aniqladi.

Planshet kattaligi ikkita iPad Pro o’lchamiga teng bo’ladi. Bunday iPad iPadOS tizimida ishlaydi, lekin macOS tizimidagi ilovalarini ham ishga tushirish mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
1👍79😁28🔥9🫡43👏3🤓1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kelajak allaqachon shu yerda: Dasturchi Gemini 2 asosida ishlaydigan to'liq ovozli SI yordamchini yaratdi. U qurilma sozlamalarini o’zgartirishi, dasturlarni ochishi va ularda ishlashi mumkin.

Neyrotarmoq ish stolidagi matndan kerakli ma’lumotni tezda topdi, terminalni ochdi va unda darhol ob-havoni ko’rsatadigan oddiyroq ilova kodini yozdi.

Eng qizig’i: sun’iy intellektning o’zi API bilan xatosini payqab, uni darhol tuzatdi.

📟 DigiTech
👏66👍42🔥106🫡5🥰1💯1😇1
🎥 Google videolar generatsiya qiluvchi yangi Veo 2 neyrotarmog’ini namoyish etdi, ijtimoiy tarmoqlarda uni allaqachon eng zo’r neyrotarmoq deb atashmoqda — generatsiya qilingan videolarni haqiqiydan ajratish juda qiyin.

Hozircha uni faqat cheklangan miqdordagi testerlar sinovdan o’tkazishmoqda, 2025-yilda esa texnologiya YouTube Shorts va kompaniyaning boshqa xizmatlariga barcha uchun integratsiya qilinadi.

📟 DigiTech
👍67🔥11🤯98😡5👏3🫡3💯2🤝2