AI | DigiTech
51.9K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Unitree robotlarini yana xafa qilishmoqda.

Xitoyning Unitree kompaniyasi o’z robot-itiga sirk ijrochisi kabi muvozanatni saqlashni o’rgatishdi — endi u bir panjasida sakrab, ikki oyoqda yura oladi, hatto tayoq bilan kuchli urilsa ham muvozanatini saqlaydi.

Robot bu qiynoqlarni eslab qolmaydi degan umiddamiz :(
Aytgancha, uning narxi 1600 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
57😁50🤯19👍14😨8👏63💯3👨‍💻2🫡2🤔1
🏃‍♂️Tadqiqot: Kuniga atigi 5 daqiqa aktivlik sog'lom bo’lishingizni ta’minlaydi. Hatto zinadan ko’tarilish yoki avtobusga yetib olish uchun qisqa yugurish ham shunday aktivlikga kiradi.

Qisqa, ammo intensiv mashqlar yarim soatlik muntazam mashg’ulotlarni o’rnini bosa oladi. Ma’lum bo’lishicha, bunday aktivlik yurakni mustahkamlaydi va qon bosimini stabillashtiradi.

📟 DigiTech
👍9510👏9💯5🔥4🤓31👨‍💻1🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏞️ Xitoyning Chongqing shahrida yashovchi yigit ishga ketayotganda va qaytayotganda qancha zinalarni bosib o’tishi kerakligini ko’rsatdi.

Bunday ko’p bosqichli qurilishlar shaharning tog’ tizmalari orasida joylashganligi bilan bog’liq.

Zinalardan tushish-ku mayli, lekin ulardan qaytib chiqishchi 😅

📟 DigiTech
👍77🤯45😁26👏7😨432🔥1💯1🤓1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Hech kim tezlikni oshirishga jur’at eta olmaydigan yo’l.

«Atraksion» yo’l Gavayadagi Oaxu orolining g’arbiy sohilida joylashgan.

📟 DigiTech
😁139👍266👏5🤩4🫡4🔥2💯2😨1
🎁 Yandex Plus obunasidan 90 kun BEPUL foydalaning!

Obunada hayotingizni yorqinroq qilish uchun barchasi mavjud: Kinopoisk'da minglab filmlar va seriallar, Yandex Go ilovasida bepul yetkazib berish, Yandex Music'da barcha musiqalar, shuningdek, har qanday did uchun podkastlar va audiokitoblar.

Asosiysi, G67RZUEFQM promokodini kiritib birinchi 90 kun davomida bularning barchasidan mutlaqo bepul bahramand bo'lishingiz mumkin!

👉 Havoladan o’tib G67RZUEFQM promokodini kiriting va obunani faollashtiring.

Reklama
👍182🔥1👏1😇1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Generativ SI hatto Paint'da ham paydo bo’ladi. Neyron tarmoq yordamida obyektlarni generatsiya qilish yoki rasmlardagi keraksiz narsalarni o’chirish mumkin bo’ladi.

Yangilanish faqat Windows 11 foydalanuvchilari uchun amal qiladi.

📟 DigiTech
👍59🔥14😁5🤓32🥰2👏2🤝2
⚡️Gayana hukumati yoshi 18 dan baland har bir fuqaroga 100 ming G$ (500 dollar atrofi) tarqatishga qaror qildi.

Buning sababi, neft qazib olish mamlakat iqtisodiyotini kuchaytirganidir — 2015-yilda neft zaxiralari topilganidan beri Gayana yalpi ichki mahsuloti dunyoda eng tez o’sayotgan mamlakatlardan biriga aylandi.

Hukumat muntazam ravishda bunday to’lovlarni amalga oshirmoqchi, chunki neftdan daromad barqaror ravishda kirib kelmoqda.

📟 DigiTech
120👍106🤯30🔥7👏3😨2🤓1👨‍💻1
⚡️Dunyodagi eng boy o’n kishining boyligi Tramp g’alabasidan so’ng umumiy hisobda 64 milliard dollarga oshdi.

Saylovdan eng ko’p Ilon Mask foyda ko’rdi — uning kapitali bir kunda 10,1 foizga o’sdi.

Lekin ayrimlarni omadi kelmadi, LVMH bosh direktori Bernard Arno boyligini 1,6% ni yo’qotdi. Mark Sukerberg'ni esa kapitali o’zgarmadi.

Saylovda Tramp g’alaba qozonganidan keyin kriptovalyutalar bozori ham rekord darajada o’sishni boshladi, hozirda 1 Bitcoin narxi 82 000 dollar atrofida turibdi.

📟 DigiTech
🔥89👍51👨‍💻118👏8🫡4💯1🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐀 Rossiyalik olimlar kalamushning miyasini sun’iy intellekt ma’lumotlar bazasiga ulashga muvaffaq bo’lishdi — endi Pifiya (kalamushning ismi) panjalari bilan klaviaturani bosib, barcha savollarga javob bera oladi.

U Eynshteyn'ning tug’ilgan kunini, oqsillarning kimyoviy tarkibini biladi va hatto o’zi kalamush ekanligini ham tushunadi. Endi ular inson miyasini ma’lumotlar bazalariga bog’lashmoqchi.

📟 DigiTech
🤯254😁57😨38👍31🔥134🎉2😍2👏1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yigit o’zining Tesla Botiga agar u buyurilgan ishlarni bajarmasa, u bilan nima bo’lishini ko’rsatdi :)

📟 DigiTech
😁315😨60😡23👍13🤔5🫡5👨‍💻4😍3🤓3🔥2👏2
AI | DigiTech
🖼️ Robot-rassom chizgan surat Sotheby's auksionida sotilmoqda. Hozir auksiondagi narx — 140 000 dollar. Ai-Da roboti o’zining yangi ishini «AI God: Portrait of Alan Turing» deb atadi, unda matematik va sun’iy intellektlar «otasi» Alan Tyuring abstrakt uslubida…
🖼️ Aytgancha, mana bu robot chizgan rasm auksionda 1,08 million dollarga sotilib ketdi.

Tashkilotchilar undan 120-180 ming dollar ishlab olishga umid qilishgan edi, lekin kutilmaganda millionerga aylanishdi 🤣

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😨119😁27👍20🤯5💯52🤓2🫡2😡2🔥1🎉1
🤖 Robot-jarroh faqat videoyozuvlardan o’rganib, operatsiyani muvaffaqiyatli bajara oldi.

Jons Xopkins universiteti tadqiqotchilari robotni har bir harakatini dasturlashtirmaslikka qaror qilishib, unga shunchaki operatsiya videosini ko’rsatishdi. Robotga ulangan sun’iy intellekt videodagi shifokorlarning barcha harakatlarini 100% aniqlikda nusxaladi.

Nostandart vaziyatlarda esa SI o’zi vaziyatni tahlil qilib, tezda moslasha oladi. Misol uchun, robot yarani tikayotganida igna qo’lidan tushib ketsa, uni ko’tarish o’rgatilmagan bo’lsada, avtomatik ravishda uni olib, ishni davom ettiradi.

📟 DigiTech
1👍122🔥15🤯12🎉3💯3🫡2👏1👨‍💻1
Generativ modellar ichida nima bor: Yandex Uzbekistan tomonidan Computer Vision Week onlayn-intensivi

2024-yil 25-noyabrda Yandex Uzbekistan tomonidan oʻtkaziladigan Computer Vision Week bepul onlayn-intensivi* boshlanadi. Yandex mutaxassislari koʻplab vizual xizmatlarning asosini tashkil etuvchi generativ modellar haqida soʻzlab beradilar va ularni yaratish boʻyicha tajribalari bilan boʻlishadilar.

Intensiv dasturi maxsus ravishda kompyuter koʻrish boʻyicha bazaviy bilimlarga ega ML-ishlab chiquvchilar va talabalar uchun ishlab chiqilgan boʻlib, ular diffuzion modellar va zamonaviy tasvirlar generatsiyasiga yondashuvlar haqida bilishni xohlaydilar.

5 kun davomida ishtirokchilar 7 ta prezentatsiya va 4 ta vorkshopda qatnashish imkoniga ega boʻladilar. Prezentatsiyalar efirlari ish kunlari soat 20:00 da boʻlib oʻtadi. Efir davomida chat orqali savol berish imkoni bor — savollarga real vaqtda javob beriladi. Intensiv rus tilida oʻtkaziladi.

Barcha ishtirokchilarga prezentatsiyalar va vorkshoplar yozuvlari taqdim etiladi va intensiv tugaganidan soʻng ularga kirish imkoni qoladi. Onlayn-intensivga roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://cvweek.yandex.com/uz. Roʻyxatdan oʻtish 25-noyabrda soat 01:59 da yopiladi.

*taʼlim dasturi emas.
👍23👏41😇1🤝1
📱LG cho’ziluvchan displeyni ishlab chiqdi, u 50% ga — 12 dan 18 dyuymgacha cho’zilishi mumkin.

Bundan egiluvchan smartfon va bilaguzuklarda, shuningdek, kiyim-kechak va avtomobillarda foydalanishni rejalashtirishmoqda. Misol uchun, undan 3D panellarni tayyorlash uchun foydalanish mumkin.

Ommaviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish sanasi hali e’lon qilinmadi. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, displey taxminan 10 ming marta cho’zilishi mumkin.

📟 DigiTech
👍93👏16😁6💯63🔥3🤯3🫡3😨2👨‍💻1
🦠 Shvetsiyalik olimlar bakteriyalar yordamida odamlarni kuzatishning yangi usulini o’ylab topishdi.

Yangi mGPS tizimi mikroblarni tahlil qiladi va qayerda bo’lganingizni bir necha metr aniqlikda topadi. U misol uchun, qaysi metro bekatida bo’lganingiz yoki hatto qaysi tutqichni ushlaganingizgacha aniqlay oladi.

Olimlar mikrobiom ma’lumotlar bazasini yig’ishmoqda: bakteriyalar barmoq izlari kabi yaxshi dalilga aylana oladi, bu Covid-19 kabi epidemiyalarni kuzatish va oldini olishga yordam beradi.

📟 DigiTech
50👍39🤯32👏6🔥2👨‍💻2
Xakatonlar vodiyga yetib keldi! 2024 yil 9 noyabr kuni O‘zbekistondagi qizlar uchun Technovation Girls yirik STEM dasturi Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda Farg‘ona shahrida hakaton o‘tkazdi.

Xakatonda ishtirokchilarning vazifasi yo‘l harakati xavfsizligi, shahar muhiti imkoniyatlari va "aqlli shahar"/Smart City mavzularida sun’iy intellektdan foydalangan holda mobil ilova yoki loyiha yaratishdan iborat edi.

14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 83 nafar ishtirokchi 18 ta jamoaga bo‘linib, xakatonning qiyin va yengil darajalarida taqdimotlar va interaktiv prototiplar ishlab chiqdi.

G‘olib bo‘lgan loyihalar orasida quyidagilar mavjud:
📌nogironlar uchun harakatlanish imkoniyatlarini yaratish va xavfsiz jamoat transportini ta’minlash bo‘yicha yechim;
📌smart-parkovka ilovasi;
📌shahar tozaligini saqlash va chiqindilarni qayta ishlashni yaxshilash uchun e-bins aqlli chiqindi qutilari;
📌 avtomobil haydovchilari uchun ijtimoiy xizmatlar ilovasi;
📌odamlar va hayvonlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yuz, ovoz, geolokatsiyani tanish va radar funksiyalariga ega bo‘lgan yo‘ldagi xavflarni ogohlantiruvchi ilova;
📌 bolalar va nogironlar xavfsizligiga yo‘naltirilgan, yo‘llardagi tirbandlik va jamoat transportini optimallashtirish uchun sun’iy intellekt bilan ilova va boshqa ko‘plab qiziqarli loyihalar.


Xakatonning barcha ishtirokchilariga sertifikatlar berildi, 6 ta jamoa esa tashkilotchilar tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.

«Biz Farg‘onada birinchi marta bunday ko‘lamdagi hakatonda qatnashmoqdamiz. Bizning jamoamiz jamoat transporti uchun elektron tablo ishlab chiqishga qaror qildi. Bu bizning uchun juda ajoyib tajriba bo‘ldi, shu g‘oyalarga ega boshqa yigit-qizlar bilan muloqot qilishimizga imkon yaratdi, chunki biz — aynan atrofimizdagi bu va boshqa ijtimoiy muammolarni hal qilishni boshlaydigan avlodmiz», deydi Black Star jamoasi ishtirokchilari Vitaliy va Safina.


Technovation Girls Uzbekistan dasturining yangi mavsumiga ro‘yxatdan o‘tish 2025 yil yanvar oyida mamlakatning barcha hududlaridan ishtirokchilar va mentorlar uchun ochiladi.
👍3942😨1