AI | DigiTech
51.9K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
☄️2024-yilning eng yaxshi astrofotosuratlari — «Astronomy Photographer of the Year» tanlovi g’oliblari e’lon qilindi.

Bu yil hakamlar hay’ati 58 davlatdan ishtirokchilarning 3700 dan ortiq ishlarini ko’rib chiqishdi, 10 000 funt sterling bosh mukofot esa birinchi fotosurat muallifiga nasib etdi.

Postda bir nechta ajoyib suratlarni to’pladik, barcha rasmlarni tanlov veb-saytida ko’rishingiz mumkin.

📟 DigiTech
4👏79👍5311😍8🔥7🤩3🎄2🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yandex Uzbekistan Telegramda reklamalarni sinovdan o‘tkazmoqda

O’zbekiston biznesi uchun Telegramda rivojlanishning yana bir usuli paydo bo‘ldi. Endi Yandex Direct servisi orqali bir vaqtning ko‘plab telegram-kanallarda reklama postlarini joylashtirish mumkin bo‘ladi. Hozircha vosita yopiq beta-sinovdan o‘tkazilmoqda.

Bunday reklama rasm yoki video bilan oddiy post kabi bo‘ladi, postda emodjidan foydalanish mumkin. Reklama postidagi havola biznesning saytiga, onlayn-do‘kondagi mahsulot sahifasiga yoki boshqa telegram-kanalga bo‘lishi mumkin.

Qaysi telegram-kanallarda reklama ko‘rsatiladi?

Har bir e’lon uchun mos kanallarni neyron tarmoqlar tanlaydi. Texnologiya kanaldagi postlarning mavzusi va mazmunini hisobga oladi. Kanallarni o‘zingiz tanlashingiz va adminlar bilan gaplashishingiz shart emas. Reklama avtomatik ravishda joylashtiriladi.

Reklama beruvchilar ko‘rsatishlar uchun emas, balki faqat reklamaga bosishlar uchun pul to‘laydilar. Shuning uchun bunday reklama yangi mijozlarni jalb qilish va savdoni ko‘paytirish uchun ishlatilishi mumkin. Endi kichik byudjet bilan ham O‘zbekistondagi eng mashhur messenjerda reklamani sinab ko‘rishingiz mumkin.

Yandex Uzbekistan o‘zbek va rus tillaridagi kanallar bilan hamkorlik qiladi. Reklama postlari mos ravishda o‘zbek yoki rus tillarida chiqariladi. Obunachilari 2000 dan ko‘p bo‘lgan telegram-kanallar reklama orqali pul ishlashlari mumkin. Bitta kanalda kuniga 3 tagacha reklama postlari chiqishi mumkin.
👍49🔥11😡9👏2😨21
⚡️Koreyada jinoyat sodir etilishidan oldin ularni bashorat qiladigan neyron tarmoq ishlab chiqildi.

Dejaview jinoyatlarni 82,8% aniqlik bilan bashorat qiladi, bu inson xatti-harakatlarini tahlil qilish, kunning vaqtini, joylashuvini va o’tmishdagi voqealarni tahlil qilish hisobiga amalga oshiriladi. Bundan tashqari, model o’tmishda jinoyat sodir etgan jinoyatchilarni ham yaxshi aniqlay oladi.

Hozirda neyron tarmoq allaqachon ba’zi aeroportlarda, zavodlarda va odamlar gavjum joylarda ishlamoqda.

📟 DigiTech
😁120👍52🤯2414🤔5🫡5🔥4👏31🤝1🎄1
⚡️Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi ko’r bo’lib qolgan, shuningdek, tug’ilishdan ko’r bo’lgan odamlarga ko’rish imkonini beruvchi texnologiyani yaratdi.

Dastlabki bosqichlarda bunday «ko’rish» sifati Atari'ning 8 bitli grafikasi kabi past piksellar soniga ega bo’ladi, lekin asta-sekin u «tabiiydan ham o’tib ketadi» va hatto infraqizil yoki ultrabinafsha diapazonlarida ko’rish imkonini beradi — deydi Mask.

AQSh Sog’liqni saqlash vazirligi allaqachon qurilmani odamlarda sinashga ruxsat bergan va hatto unga «inqilobiy texnologiya» maqomini ham bergan.

📟 DigiTech
👍180🤯41🔥255🫡5👏4💯2😁1🎉1😇1
⚡️Norvegiya elektr avtomobillar soni benzinli avtomobillar sonidan oshib ketgan birinchi davlat bo’ldi.

Hozirda mamlakatda 2,8 million avtomobil ro’yxatga olingan — ulardan 754 303 tasi to’liq elektromobillar, 753 905 tasi benzinli va 366 000 tasi gibrid.

Oxirgi chegara dizeldagi avtomobillar bo’lib, ular mamlakatda hali ham milliondan ortiq. Biroq, hukumat hisob-kitoblariga ko’ra, hozirgi sur’atda elektromobillar soni 2026-yilga kelib ulardan o’tib ketishi mumkin.

📟 DigiTech
👍112👏28🔥12😨98🎉1🎄1
📲 YouTube'da 500 ming obunachidan kam auditoriyaga ega kanallarni targ’ib qilish uchun «hype» tugmasi paydo bo’ldi.

Joylashtirilganiga 7 kun bo’lmagan videolarni «hype» qilish mumkin. Bunday videolar alohida toifaga kiradi va alohida reytingi mavjud. Video qancha ko’p yangi reaksiyalar to’plasa, topda yuqoriga chiqaveradi. Hozircha funksiya hammada ham ishlamaydi.

📟 DigiTech
👍104👏13💯11👨‍💻84🤓3🤝2😇1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Kling AI neyrotarmog’i yangilandi, endi u statik obyektlarni harakatlantira oladi.

Buning uchun shunchaki «Motion Brush» funksiyasini tanlash va harakat yo’lini chizish kifoya. Obyektning nisbati o’zgarmaydi va fizikasi saqlanadi.

Bundan tashqari, 1080p pikselli videolarni generatsiya qilish mumkin bo’lgan «professional rejim» ham qo’shilgan.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥62👍32👏16💯6🫡322🤩2😨2🤝2
⚡️Bill Geyts milliarderlar kapitalining 70 foizini olishni taklif qilmoqda. Microsoft asoschisi yangi soliq tizimini yaratmoqchi.

Uning fikricha, pul qasrlarga emas, balki foydali ishlarga ketishi kerak. Masalan, arzon ta’lim va tibbiyot.

«Milliarderlarning borligi g’alati narsa. Bunday kattalikdagi boyliklarni jamiyatga qaytarish kerak»


161 milliard dollarlik boylikka ega Geytsning o’zida bunday super soliqlardan keyin atigi 53,3 milliard dollar puli qolgan bo’lardi.

📟 DigiTech
🔥170👍73😁34👏23🫡10🤯94🤩4💯4🎉2😍2
📱Agar smartfoningizdan kuniga bir soat kamroq foydalansangiz, ishingiz unumdorligi oshadi. Olimlar 278 kishi ustida tadqiqot o’tkazishdi.

Turli kasbli ko’ngillilar yig’ildi va to’rt guruhga bo’lindi:

– Birinchi guruh smartfondan kun davomida bir soat kamroq foydalanishgan;
– Ikkinchi guruhga 30 daqiqalik jismoniy mashqlar berildi;
– Uchinchi guruh bu ikkala ishni ham bajargan;
- To’rtinchisi odatlarini umuman o’zgartirishmagan.

Natijada, birinchi va uchinchi guruh ishtirokchilari ikki haftalik kuzatuvdan so’ng, ruhiy holat yaxshilanganini, ishdagi motivatsiyani va umuman hayotdan qoniqishlari oshganini ta’kidlashgan.

📟 DigiTech
👍112👏1711🔥8🫡3😍2💯2🤝21👨‍💻1😡1
⚡️Microsoft ma’lumotlar markazlarini quvvatlantirish uchun o’zining atom elektr stansiyasiga ega bo’ladi.

Texnologik gigant yopilgan Three Mile Island atom elektr stansiyasining egasi bilan shartnoma tuzdi, unga ko’ra stansiya 2028-yilgacha tiklanib, ishga tushiriladi. Bu Qo’shma Shtatlarda birinchi marta atom elektr stansiyasining qayta ishga tushirilishi va birinchi marta barcha energiya faqat bitta mijozga yuborilishi bo’ladi.

📟 DigiTech
👍90🤯51🔥124🎉4👏2😍2😁1😇1
🌓 Yerda vaqtincha «ikkinchi Oy» paydo bo’ladi — 2024 PT5 asteroidi noyabr oyining oxirigacha orbitada aylanadi va «kichikroq Oy»ga o’xshaydi.

Yangi yo’ldosh deyarli 57 kun davomida Yerning tortishish kuchi ta’sirida bo’ladi: 29-sentyabrdan 25-noyabrgacha.

Yangi film uchun syujet tayyor.

📟 DigiTech
👍163😁91🔥21🤯21💯86👏3🤔3🫡2😨1
❄️ Janubiy Afrikada dam olish kunlari juda kuchli qor yog’di. Qor bo’roni ketma-ket 10 soat davom etdi va yo’llarda ko’p kilometrli tirbandliklar hosil bo’ldi. Ayrim joylarida havo harorati -3°C gacha pasaydi.

Ko’pgina elektr stansiyalari va suv quvurlari ishdan chiqdi. Buning oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha maxsus xizmatlar, jumladan armiya ham jalb qilingan.

Janubiy Afrikada qor yog’ishi kamdan-kam uchraydigan hodisa. Oxirgi marta qor 2023-yil iyul oyida, undan oldin esa 2012-yilda yog’gan edi.

Qorni ko’rib hatto sher ham hayratda :)

📟 DigiTech
😁91👍36🤯21🎄54😨4🔥3😍2😡1
⚡️Olimlar ma’lumotlarni saqlash uchun buzilmaydigan «5-D kristall»ni ishlab chiqishdi. Unda 360 TB ma’lumotni saqlash mumkin, uni yo’q qilish esa deyarli imkonsiz.

Tanga o’lchamidagi kristall +1000°C gacha bo’lgan haroratga, kosmik nurlanishga va kvadrat santimetr uchun 10 tonna bosimga bardosh bera oladi. Unga birinchi bo’lib inson genomi ma’lumotlari yuklandi.

📟 DigiTech
🔥124👍69🤯4410😨9👏6🫡54😁2💯2🤝2
📱OpenAI Apple'ning sobiq dizayneri Joni Ayv bilan birgalikda sun’iy intellektli smartfon chiqaradi: OAVlar qurilma allaqachon ishlab chiqilayotganini yozishmoqda.

Gadjet vazifalarni avtomatlashtirish va foydalanuvchi harakatlarini bashorat qilish uchun sun’iy intellektdan foydalanadi – ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, bu texnologiya olamida inqilob bo’ladi.

Ularning maqsadi mutlaqo yangi foydalanish tajribasini taqdim etadigan qurilma yaratish va gadjetni 2007-yildagi birinchi iPhone kabi inqilobiy qilishdir.

📟 DigiTech
👍63🤯104💯3😨1🤝1🫡1
⚡️OpenAI asoschisi Sem Altman sun’iy intellektli yaqin kelajak haqidagi tasavvurlari bilan bo’lishdi.

• Kelgusi 5 yil ichida insoniyatning eng muhim yutuqlaridan biriga aylanishi mumkin bo’lgan «superintellekt» paydo bo’ladi.

• SI tez orada shaxsiy yordamchi sifatida ishlay boshlaydi, neyron tarmoqlarning kelajak versiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va barcha sohalarda ilmiy taraqqiyotni tezlashtiradi.

• SI fizikaning barcha mumkin bo’lgan qonunlarini kashf qiladi, iqlim o’zgarishi muammosini hal qiladi va kosmik koloniyalarni yaratishga yordam beradi.

• Insoniyat hayoti hozirgidan ming barobarga yaxshilanadi, kambag’allik tushunchasi bo’lmaydi.

• Superintellektdan barcha foydalana olishi kerak, faqat cheklangan doiradagi odamlar foydalanishiga qo’yish jahon urushiga olib kelishi mumkin.

📟 DigiTech
👍113🤯357🎉5🔥4🤔3👨‍💻2👏1😍1😡1