🚘 Ford avtomobilni o’g’rilardan himoya qilish uchun kuchuk gologrammasini chiqaradigan texnologiyani patentlash uchun ariza berdi.
IHCMs tizimidan foydalangan holda, mashina itlar yoki qo’riqchilarning harakatlanuvchi gologrammalarini chiqaradi. Agar kimdir gologrammaga «tegish» yoki undan o’tishga harakat qilsa, haydovchiga xabarnoma keladi.
📟 DigiTech

👍81🤯12👏7🔥4💯3❤2😁2🥰1🤔1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏎️ McLaren LEGO'dan haqiqiy sport avtomobilini yasadi. Poygachi Lando Norris uni Silverstoun trassasida sinovdan o’tkazdi.
McLaren P1 ning haqiqiy o’lchamdagi nusxasini yig’ish uchun 8 433 soat va 342 000 qism kerak bo’ldi. Uning hatto dvigateli ham Lego'dan yig’ilgan — 786 ta Lego motorchalari birlashtirilgan.
Avtomobil 65 km/soat tezlikka erisha oladi, faqat g’ildiraklar va boshqaruv paneli asl mashinadan olingan. Uning og’irligi 1225 kg ni tashkil etdi.

😍56👍42🤯8⚡6🔥6❤1😨1
⚡️GPT-o1 dunyo aholisining 90 foizidan aqlliroq — neyron tarmoq Norvegiyaning nufuzli Mensa IQ testidan o’tdi va 120 ball to’pladi.
Taqqoslash uchun, O’zbekiston aholisining o’rtacha IQ darajasi 94.81 ballni tashkil qiladi. Ammo eng qizig’i shundaki: model o’zi o’rgana oladi, ya’ni u kundan-kunga aqlliroq bo’lib boradi.
Kinolardagi syujetni eslatyapti.

👏85🤯66👍41😡8🔥6❤4😨4😁2🤔2💯2🤩1
👩💻Ajoyib yangilik! Yandex Uzbekistan Toshkentda yosh mutaxassislar uchun ilk bor mobil va bekend dasturiy ta’minot ishlab chiqish maktablarini ochmoqda.
O‘quv dasturlari leksiyalar, amaliy mashg‘ulotlar va Yandex xizmatlaridagi haqiqiy biznes-vazifalar ustida jamoaviy ishlarni o‘z ichiga oladi. Maktablar dasturlash bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Eng yaxshi talabalar kompaniyada kasbiy faoliyatlarini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ta’lim bepul. Maktabga kirish uchun arizani to‘ldirish va 13 oktyabrgacha test topshirig‘ini bajarish lozim. Eng yaxshilar suhbatga taklif qilinadilar. Tanlov natijalari 23-24 oktyabr kunlari e’lon qilinadi. Ta’lim 28 oktyabrda boshlanadi.
Yandex 2011 yildan beri shunday maktablarni boshqarib kelmoqda. Shundan beri 72 ta maktab tashkil etilgan bo‘lib, ularda 3500 dan ortiq kishi ta’lim olgan. Talabalarning yarmidan ko‘pi kompaniyada amaliyotchi yoki xodimga aylanadi.

👍39⚡7🤯3😍2👨💻1🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Xitoyliklarning Denza Z9 GT avtomobilida parallel to’xtash funksiyasi shunday ishlaydi — haydovchi oldini joylashtiradi, avtomobil esa orqa tomonni «tortadi».
Avtomobil BYD va Mercedes qo’shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Top versiyasida 965 ot kuchiga ega elektr motor mavjud, 0/100 km/soat tezlikka 3,4 soniyada erishadi va bir zaryadda 630 km masofani bosib o’tishi mumkin.
Xitoyda narxi 47 000 dollardan boshlanadi.

👍92🔥28🤯8🫡3😍2💯2🤝2❤1🤩1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Ijtimoiy tarmoqlarda yangilangan Gen-3 Alpha'ning birinchi sinovlari paydo bo’ldi. Videoni yuklab, uni qanday uslubga o’zgartirish kerakligini yozish kifoya, bir necha daqiqada kerakli video tayyor bo’ladi.
Haqiqiy videoni animatsiyaga aylantirishingiz, manzarani, kiyimni va hatto odamning tashqi ko’rinishini o’zgartirishingiz mumkin. Lekin funksiya faqat pulli obunada mavjud.

🔥39👍29❤5👏3🤩3💯3🤯2🫡2😡1
☄️2024-yilning eng yaxshi astrofotosuratlari — «Astronomy Photographer of the Year» tanlovi g’oliblari e’lon qilindi.
Bu yil hakamlar hay’ati 58 davlatdan ishtirokchilarning 3700 dan ortiq ishlarini ko’rib chiqishdi, 10 000 funt sterling bosh mukofot esa birinchi fotosurat muallifiga nasib etdi.
Postda bir nechta ajoyib suratlarni to’pladik, barcha rasmlarni tanlov veb-saytida ko’rishingiz mumkin.

4👏79👍53❤11😍8🔥7🤩3🎄2🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yandex Uzbekistan Telegramda reklamalarni sinovdan o‘tkazmoqda
O’zbekiston biznesi uchun Telegramda rivojlanishning yana bir usuli paydo bo‘ldi. Endi Yandex Direct servisi orqali bir vaqtning ko‘plab telegram-kanallarda reklama postlarini joylashtirish mumkin bo‘ladi. Hozircha vosita yopiq beta-sinovdan o‘tkazilmoqda.
Bunday reklama rasm yoki video bilan oddiy post kabi bo‘ladi, postda emodjidan foydalanish mumkin. Reklama postidagi havola biznesning saytiga, onlayn-do‘kondagi mahsulot sahifasiga yoki boshqa telegram-kanalga bo‘lishi mumkin.
Qaysi telegram-kanallarda reklama ko‘rsatiladi?
Har bir e’lon uchun mos kanallarni neyron tarmoqlar tanlaydi. Texnologiya kanaldagi postlarning mavzusi va mazmunini hisobga oladi. Kanallarni o‘zingiz tanlashingiz va adminlar bilan gaplashishingiz shart emas. Reklama avtomatik ravishda joylashtiriladi.
Reklama beruvchilar ko‘rsatishlar uchun emas, balki faqat reklamaga bosishlar uchun pul to‘laydilar. Shuning uchun bunday reklama yangi mijozlarni jalb qilish va savdoni ko‘paytirish uchun ishlatilishi mumkin. Endi kichik byudjet bilan ham O‘zbekistondagi eng mashhur messenjerda reklamani sinab ko‘rishingiz mumkin.
Yandex Uzbekistan o‘zbek va rus tillaridagi kanallar bilan hamkorlik qiladi. Reklama postlari mos ravishda o‘zbek yoki rus tillarida chiqariladi. Obunachilari 2000 dan ko‘p bo‘lgan telegram-kanallar reklama orqali pul ishlashlari mumkin. Bitta kanalda kuniga 3 tagacha reklama postlari chiqishi mumkin.

👍49🔥11😡9👏2😨2❤1
⚡️Koreyada jinoyat sodir etilishidan oldin ularni bashorat qiladigan neyron tarmoq ishlab chiqildi.
Dejaview jinoyatlarni 82,8% aniqlik bilan bashorat qiladi, bu inson xatti-harakatlarini tahlil qilish, kunning vaqtini, joylashuvini va o’tmishdagi voqealarni tahlil qilish hisobiga amalga oshiriladi. Bundan tashqari, model o’tmishda jinoyat sodir etgan jinoyatchilarni ham yaxshi aniqlay oladi.
Hozirda neyron tarmoq allaqachon ba’zi aeroportlarda, zavodlarda va odamlar gavjum joylarda ishlamoqda.

😁120👍52🤯24⚡14🤔5🫡5🔥4👏3❤1🤝1🎄1
⚡️Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi ko’r bo’lib qolgan, shuningdek, tug’ilishdan ko’r bo’lgan odamlarga ko’rish imkonini beruvchi texnologiyani yaratdi.
Dastlabki bosqichlarda bunday «ko’rish» sifati Atari'ning 8 bitli grafikasi kabi past piksellar soniga ega bo’ladi, lekin asta-sekin u «tabiiydan ham o’tib ketadi» va hatto infraqizil yoki ultrabinafsha diapazonlarida ko’rish imkonini beradi — deydi Mask.
AQSh Sog’liqni saqlash vazirligi allaqachon qurilmani odamlarda sinashga ruxsat bergan va hatto unga «inqilobiy texnologiya» maqomini ham bergan.

👍180🤯41🔥25❤5🫡5👏4💯2😁1🎉1😇1
⚡️Norvegiya elektr avtomobillar soni benzinli avtomobillar sonidan oshib ketgan birinchi davlat bo’ldi.
Hozirda mamlakatda 2,8 million avtomobil ro’yxatga olingan — ulardan 754 303 tasi to’liq elektromobillar, 753 905 tasi benzinli va 366 000 tasi gibrid.
Oxirgi chegara dizeldagi avtomobillar bo’lib, ular mamlakatda hali ham milliondan ortiq. Biroq, hukumat hisob-kitoblariga ko’ra, hozirgi sur’atda elektromobillar soni 2026-yilga kelib ulardan o’tib ketishi mumkin.

👍112👏28🔥12😨9❤8🎉1🎄1
📲 YouTube'da 500 ming obunachidan kam auditoriyaga ega kanallarni targ’ib qilish uchun «hype» tugmasi paydo bo’ldi.
Joylashtirilganiga 7 kun bo’lmagan videolarni «hype» qilish mumkin. Bunday videolar alohida toifaga kiradi va alohida reytingi mavjud. Video qancha ko’p yangi reaksiyalar to’plasa, topda yuqoriga chiqaveradi. Hozircha funksiya hammada ham ishlamaydi.

👍104👏13💯11👨💻8❤4🤓3🤝2😇1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Kling AI neyrotarmog’i yangilandi, endi u statik obyektlarni harakatlantira oladi.
Buning uchun shunchaki «Motion Brush» funksiyasini tanlash va harakat yo’lini chizish kifoya. Obyektning nisbati o’zgarmaydi va fizikasi saqlanadi.
Bundan tashqari, 1080p pikselli videolarni generatsiya qilish mumkin bo’lgan «professional rejim» ham qo’shilgan.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.

🔥62👍32👏16💯6🫡3❤2⚡2🤩2😨2🤝2
⚡️Bill Geyts milliarderlar kapitalining 70 foizini olishni taklif qilmoqda. Microsoft asoschisi yangi soliq tizimini yaratmoqchi.
Uning fikricha, pul qasrlarga emas, balki foydali ishlarga ketishi kerak. Masalan, arzon ta’lim va tibbiyot.
161 milliard dollarlik boylikka ega Geytsning o’zida bunday super soliqlardan keyin atigi 53,3 milliard dollar puli qolgan bo’lardi.

«Milliarderlarning borligi g’alati narsa. Bunday kattalikdagi boyliklarni jamiyatga qaytarish kerak»
161 milliard dollarlik boylikka ega Geytsning o’zida bunday super soliqlardan keyin atigi 53,3 milliard dollar puli qolgan bo’lardi.
📟 DigiTech
🔥170👍73😁34👏23🫡10🤯9❤4🤩4💯4🎉2😍2
📱Agar smartfoningizdan kuniga bir soat kamroq foydalansangiz, ishingiz unumdorligi oshadi. Olimlar 278 kishi ustida tadqiqot o’tkazishdi.
Turli kasbli ko’ngillilar yig’ildi va to’rt guruhga bo’lindi:
– Birinchi guruh smartfondan kun davomida bir soat kamroq foydalanishgan;
– Ikkinchi guruhga 30 daqiqalik jismoniy mashqlar berildi;
– Uchinchi guruh bu ikkala ishni ham bajargan;
- To’rtinchisi odatlarini umuman o’zgartirishmagan.
Natijada, birinchi va uchinchi guruh ishtirokchilari ikki haftalik kuzatuvdan so’ng, ruhiy holat yaxshilanganini, ishdagi motivatsiyani va umuman hayotdan qoniqishlari oshganini ta’kidlashgan.

👍112👏17❤11🔥8🫡3😍2💯2🤝2⚡1👨💻1😡1
⚡️Microsoft ma’lumotlar markazlarini quvvatlantirish uchun o’zining atom elektr stansiyasiga ega bo’ladi.
Texnologik gigant yopilgan Three Mile Island atom elektr stansiyasining egasi bilan shartnoma tuzdi, unga ko’ra stansiya 2028-yilgacha tiklanib, ishga tushiriladi. Bu Qo’shma Shtatlarda birinchi marta atom elektr stansiyasining qayta ishga tushirilishi va birinchi marta barcha energiya faqat bitta mijozga yuborilishi bo’ladi.

👍90🤯51🔥12❤4🎉4👏2😍2😁1😇1
🌓 Yerda vaqtincha «ikkinchi Oy» paydo bo’ladi — 2024 PT5 asteroidi noyabr oyining oxirigacha orbitada aylanadi va «kichikroq Oy»ga o’xshaydi.
Yangi yo’ldosh deyarli 57 kun davomida Yerning tortishish kuchi ta’sirida bo’ladi: 29-sentyabrdan 25-noyabrgacha.
Yangi film uchun syujet tayyor.

👍163😁91🔥21🤯21💯8❤6👏3🤔3🫡2😨1