AI | DigiTech
51.7K subscribers
2.58K photos
1.43K videos
2.36K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Hatto PowerPoint ham mohir qo’llarda jonlanadi — dizayner ajoyib slaydlarni yaratish qanchalik oson ekanligini ko’rsatib berdi.

Ushbu dizayner o’z YouTube sahifasiga PowerPoint'da chiroyli slaydlarni yaratish bo’yicha layfxaklarni joylab bormoqda.

📟 DigiTech
👍120🔥398💯6😍54👏3🤯3🫡3
⚡️Olimlar: Kunduzi 20 daqiqa uxlash — bu unumdorlikka, yaxshi xotiraga va yaxshi kayfiyatga to’g’ridan-to’g’ri yo’ldir.

Olimlar kunduzi soat 14:00 dan 16:00 gacha vaqt oralig’ida 20 daqiqa uxlashni maslahat berishadi. Bunday uyqu xotirani yaxshilaydi va kreativlikni oshiradi. Shunday qilib, agar miyangiz dam olishingizni so’rasa, qarshilik qilmang — qisqa uyqu qahvadan yaxshiroqdir.

📟 DigiTech
👍164🔥30🫡117😍43🤝3👏2👨‍💻2🥰1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoylik olimlar jele shaklidagi kichik robotni ishlab chiqishdi.

U cho’zilib tor yoriqlarga kirib, narsalarni olib chiqishi va shikastlangan elektr simlarni tuzatishi mumkin. Shuningdek, inson tanasida ham ishlashi va tibbiy muammolarni hal qilishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯223👍49😨23👏22🔥64💯3🫡2🎄2😍1
⚡️Yaponiyalik erkak 12 yildan beri kuniga atigi 30-45 daqiqadan uxlab, o’zini ajoyib his qilmoqda.

Daisuke Hori o’z qobiliyatlarini isbotlash uchun hatto uch kunlik realiti-shouda ham qatnashdi, u yerda kameralar uni 3 kun davomida tinimsiz kuzatishgan.

2016-yildan beri u 2000 dan ortiq odamga deyarli uxlamaslik va charchoqni his qilmaslikni o’rgatib kelmoqda.

Taym-menedjment: uddalab bo’lmas daraja.

📟 DigiTech
👍155🤯42🔥28👏12🤔9🫡74💯4😡32😁2
🌑 Italiyalik ayol osmondagi oylarning «cheksizligini» suratga olishga muvaffaq bo’ldi.

Bu suratni olish uchun unga 27 kecha kerak bo’ldi. Uni suratga olish astrofotografiyadagi eng ko’p vaqt talab qiladigan ishlardan biridir.

Xuddi shunday chiqishi uchun oyning orbital harakati tufayli suratlarni har kecha bir-biridan 51 daqiqa farq bilan olish kerak. Shuningdek, osmon har doim musaffo bo’lishi juda muhimdir.

📟 DigiTech
176👍119😨30🔥23👏16😍8🤯53🥰2🎉2👨‍💻2
⚡️Smartfoningiz sizni kuzatmoqda

404 Media nashrining qo’liga kuzatuv faktini tasdiqlovchi Google va Meta'ning asosiy reklama hamkori bo’lgan Cox Media Group (CMG) taqdimoti tushib qoldi.

CMG taqdimotiga ko’ra, u mijozlariga «faol tinglash» xizmatini taklif etadi, bu maxsus sun’iy intellektga smartfoningiz atrofidagi suhbatlarni tinglash, shuningdek, foydalanuvchining onlayn faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi.

Active Listening har qanday smartfon mikrofonidan har qanday tovushlarni yozib oladi. Uning algoritmlari mijozlarga eng aniq reklamani taqdim etish imkonini beradi. Misol uchun, «yangi futbolka kerak» iborasidan so’ng u odam futbolkalar reklamalari oqimini ko’rishni boshlaydi.

CMG ning eng asosiy mijozlari — Google, Amazon va Meta'dir.

Eng qizig’i Google va Meta o’z resurslaridan CMG haqidagi har qanday eslatmani olib tashlashgan, Amazon esa ular xizmat haqida bilishlarini, lekin undan hech qachon foydalanmaganliklarini aytdi.

📟 DigiTech
😡72👍21🫡2143💯3🔥2👏2👨‍💻2🎄2🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻 8 yoshli bola mini-o’yinli veb-saytlar yasamoqda. Uning dasturlashda hechqanday tajribasi yo'q: faqat Claude AI, Cursor va ikki soat mehnat.

Bola bunday loyihalarga kuniga bir necha soat sarflaydi va allaqachon 100 dan ortiq loyihalarni bitirgan. Otasi faqat kod uchun dasturni sozlashga yordamlashadi.

Xohish bo’lsa imkoniyat topiladi.

📟 DigiTech
🔥119👍54🤯226🎉6🥰4👏4👨‍💻4😨4😍3
🚘 Porsche Bangkokda to’g’ri kvartiralarni ichida garajlari bo’ladigan mega-lyuks ko’p qavatli uyni quradi.

21 qavatli minorada maydoni 1135 m² gacha bo'ladigan jami 22 ta xonadon, shuningdek, basseyn va fitnes zallari bo’ladi. Avtomobil bilan kirish uchun esa alohida yo’l bo’ladi, ular uylarni 15 dan 40 million dollargacha sotishni rejalashtirishmoqda.

Aytgancha, avtomobillarni to’g’ridan-to’g’ri kvartiralarga olib kirish uchun liftlari bo’lgan birinchi Porsche Tower Mayamida qurilgan.

📟 DigiTech
2👍7918👏11😨116🔥5😍4😡2🥰1
☄️ Filippin osmonida yorqin yonayotgan asteroidni suratga olishdi.

Qizig’i shundaki, bu astronomlar insoniyat tarixida faqat to’qqizinchi marta kosmik jismni Yerga qulashidan oldin aniqlay olishgan holatidir.

Ushbu asteroid hech qanday xavf tug’dirmadi — o’lchami bir metrdan sal oshiqroq bo’lib, atmosferada taxminan 63 360 km/soat tezlikda butunlay yonib ketdi.

📟 DigiTech
1👍72🔥22👏9🤯7😁6🫡532😍1💯1😡1
⚡️Pavel Durov Fransiyada hibsga olinganidan keyin birinchi bor vaziyatga izoh berdi.

Durov avvalroq Telegram orqali Fransiya hukumatiga terrorizmga qarshi kurashda yordam bergan.

Fransiya rasmiylarida Telegram vakillari va Pavel bilan shaxsan muloqot qilish uchun barcha kontaktlar bo’lgan, biroq ular muammoni hal qilishning boshqa yo’lini tanlashgan.

Messenjer kelishuvga erishib bo’lmaydigan davlatlarni tark etishga tayyor, bunga misol Rossiya va Eron.

Biz prinsiplarimizga to’g’ri kelmaydigan bozorlarni tark etishga tayyormiz, chunki biz buni pul uchun qilmaganmiz. Bizni niyatimiz yaxshilik qilish va odamlarning asosiy huquqlarini himoya qilishdir, ayniqsa, bu huquqlar buzilayotgan joylarda.


Telegram har kuni millionlab zararli postlar va kanallarni bloklaydi. Yaqin kelajakda esa moderatsiya bundan ham yaxshilanadi. Pavel bu bo’yicha tafsilotlarni yaqin orada baham ko’rishga va’da berdi. Shuningdek, uni qo’llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi.

📟 DigiTech
1👍247👏25🔥148😡4🤓3😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻 Lenovo o’zi ochiladigan va ovozli buyruq bo’yicha displeyni aylantiradigan noutbukni namoyish etdi.

Kichik motorli burilish tizimi tufayli gadjet avtomatik ravishda ekranni siz tomonga aylantiradi, shuningdek, planshetga aylanadi va buyruq bo’yicha ochilib-yopiladi.

Bu hozircha faqat konseptsiya. Texnologiya ommaviy ishlab chiqarilishi aniq emas.

📟 DigiTech
👏44👍35🔥176🫡3💯1😡1
⚡️Maktab o‘quvchisi SI startap ochib 1 million dollar ishlab topdi. Zak neyron tarmoqlar yordamida fotosuratlardan kaloriyani hisoblaydigan Cal AI ilovasini ishga tushirdi, uni allaqachon 100 mingdan ortiq odam yuklab olgan.

May oyida loyiha tom ma'noda hech qancha turmas edi, ammo sal o’tib shartnomalar, investorlar va blogerlar kela boshladi. Yigit darslar o’rtasida ish bo’yicha qo’ng’iroqlarga javob berib o’tirgan va vaqti-vaqti bilan ishi sabab maktabga bora olmagan.

Kecha 17 yoshli Zak yuqori sinfdagi birinchi darsiga bordi, uning ilovasi esa allaqachon 1,1 million dollar daromad keltirgan.

📟 DigiTech
1👍180🤯46🔥25👏844💯4😨2🤝2🫡2😁1
⚡️AQSh'lik yigit neyrotarmoqda generatsiya qilingan musiqalar orqali 10 million dollar ishlab topdi va endi uni 60 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.

U kamida 2017-yildan beri neyron tarmoqlardan foydalangan holda xayoliy guruhlar treklarini generatsiya qilib, ularni Apple Music, Spotify va YouTube Music'ga yuklab kelgan, so’ng botlar yordamida eshitishlar sonini ko’paytirib topga olib chiqqan.

Bunda unga mahalliy sun’iy intellekt startapi yordam bergan, muvaffaqiyatli oylarda 100 000 dollardan ko‘proq daromad olishgan, biroq vaqt o’tib striming kompaniyasi nimadir noto’g’ri ekanligidan shubhalanib, FQB bilan bog’langan.

📟 DigiTech
1👍81😁53😨12🫡1266👏4🔥2🥰2🎄1
⚡️Issiq xonada miya yaxshi ishlamaydi: xona haroratini 32°C dan 23°C gacha tushirish talabalarga imtihonni 13% ga yaxshiroq topshirishga yordam berdi.

Olimlar so‘nggi 13 yil ichida Nyu-York shahrida o’quv xonalari issiqligi tufayli yarim millionta odam imtihondan o’ta olishmaganini aniqlashdi.

Barcha o’quv xonalarida konditsioner bo’lishi zarurdir.

📟 DigiTech
1👏124👍55🔥20😁17😨54🤓4🫡4💯2🎄21