AI | DigiTech
51.7K subscribers
2.58K photos
1.43K videos
2.36K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🎥 Video yaratish uchun mo’ljallangan GEN-3 neyron tarmog’i barcha uchun ochildi. Endi Sorani kutish shart emas.

Videolar juda realistik bo’lib, sozlamalar va uslublarni boshqarish mumkin. Bitta yomon tarafi — model pullik, obuna 15 dollar turadi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍56🤯8💯3👏2😨2🫡1
🧠 Xitoylik olimlar inson miyasi tomonidan boshqariladigan birinchi robot prototipini namoyish etishdi.

Miya haqiqiy — u inson ildiz hujayralaridan o’stirilgan. Robotning ko’zlari yo’q — u sensorlar yordamida ko’radi, signallar esa «miya» tomonidan qayta ishlanadi. Robot allaqachon to’siqlarni chetlab o’tish va narsalarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishni biladi.

📟 DigiTech
🤯123👍48🔥11👨‍💻6🤔43👏2😡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️KreaAI neyrotarmog’i obyektlarni boshqa tasvirga ko’chirishni o’rgandi — ushbu funksiya qanday ishlashini videoda ko’rishingiz mumkin.

Scene Transfer funksiyasi barcha narsa realistik ko’rinishda bo’lishi uchun hatto yorug’likni ham o’zgartiradi.

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥64👍26🤯754😍3🥰2👏2🤝2
🔭 Grinvich rasadxonasi 2024-yilning eng yaxshi astrofotosuratlarini e’lon qildi.

Saralash ro’yxatiga 11 mamlakatdan tasvirlar kiritilgan bo’lib, mutlaq g’olib sentyabr oyida aniqlanadi va 10 000 funt sterlingi bilan taqdirlanadi.

Postda bir nechta ajoyib fotosuratlarni to’pladik, boshqa suratlarni tanlov veb-saytida ko’rishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍82🔥208🤩5💯4🫡3👏2🥰1😨1
Xitoycha-inglizcha

Ijtimoiy tarmoqlarda ingliz tilida juda kulgili talaffuzga ega xitoylik ayolning modulli uylar haqidagi sharhlari aks etgan videolar millionlab ko’rilmoqda.

Bu ovozni budilnikga qo’ysa ham bo’ladi 😁

📟 DigiTech
😁127👍24🔥62👏2💯2🫡21🤔1
🛥️ Germaniyaning Meyer Werft kemasozlik zavodi uzunligi 324 metr bo’ladigan dunyodagi eng katta Ulyssia gigayaxtasini quradi — uzunligi xuddi Eyfel minorasidek.

U eng katta kruiz kemasi bo’lgan 365 metrlik «Dengiz timsoli» dan keyingi eng katta yo’lovchi tashuvchi kema bo’ladi.

Bortida 50 yilga ijaraga beriladigan yuzlab hashamatli kvartiralar, vertolyot maydonchasi, kurort, restoranlar va basseynlar bo’ladi. Agar hammasi rejadagidek ketsa, bu gigant 2028-yilda suvga tushiriladi.

📟 DigiTech
👍93🫡16118🤯5🔥4👏2😡2👨‍💻1
📷 Poyezd oynalaridagi chiroyli landshaftlarning fotosuratlari Hasselblad Masters 2024 tanlovida g’olib chiqdi.

Ularni xitoylik fotograf Veymin Chu Tibet bo’ylab sayohati vaqtida suratga olgan. Mukofot sifatida unga professional kamera va 5000 yevro berildi.

Kim shunga o’xshash chiroyli fotosuratlar olgan bo’lsa, izohlarda bo’lishishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍10412👏105😁4🤩4🔥3💯1😇1