AI | DigiTech
51.7K subscribers
2.58K photos
1.43K videos
2.36K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Internetda Samsung'ning yangi qurilmalari fotosuratlari tarqaldi, ularni allaqachon Apple gadjetlarining nusxalari deb atashmoqda. Masalan, Galaxy Buds 3 quloqchini AirPods 3 dan ilhomlanilgani aniq.

Yangi Galaxy Watch Ultra Apple Watch Ultra bilan taqqoslanmoqda, garchi o’xshashliklar unchalik bo’lmasada. Lekin nom, rang va shakli o’xshaydi.

Ushbu yangi qurilmalar 10-iyulda, Unpacked nomli navbatdagi Samsung taqdimotida namoyish etilishi mumkin.

📟 DigiTech
👍87😁33😡6🤯5🤔4👨‍💻43😨3💯2🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Xitoyda SpaceX Falcon 9 ga raqobatchi sifatida yaratilayotgan Tianlong-3 ko’p marta ishlatiladigan raketasi portladi.

Eng qizig’i shundaki, bu dvigatellarning yerdagi sinovlari edi va u umuman uchib ketmasligi kerak edi, lekin o’rnatmalar dvigatellarning kuchiga bardosh bera olmadi.

Ushbu raketani ishlab chiqish uchun allaqachon 4 milliard yuandan (552 million dollar) ortiq mablag’ sarflangan va u sentyabr oyida birinchi parvozini amalga oshirishi kerak edi.

📟 DigiTech
🤯84👍19😁13👏10😨32💯2🔥1
⚡️Germaniyada dunyodagi birinchi «quyosh yoqilg’isi» ishlab chiqaruvchi zavod ochildi.

Ko’zgulardan tashkil topgan maydon issiqlikni o’ziga singdiradi va uni termokimyoviy reaktorga jo’natadi, u yerda karbonat angidrid va suvdan sintetik yoqilg’i hosil bo’ladi, ularni kerosin, benzin va dizelga qayta ishlash mumkin.

Hozirda zavod yiliga atigi 1000 tonna ishlab chiqarishga qodir, ammo 2033-yilga kelib ular turli mamlakatlarda butun tarmoqni qurib, ishlab chiqarishni 1 million tonnagacha oshirishmoqchi va qazib olinadigan yoqilg’iga qaramlikni kamaytirishmoqchi.

📟 DigiTech
👍146🤯34🔥184💯4🫡2😡1
⚡️Yaponiyada yuk mashinalarini Tokio va Osaka o’rtasida joylashadigan 500 kilometrlik konveyer bilan almashtirishmoqchi.

U har kuni 25 ming haydovchilar yetkazadigan yukdek yetkazib bera oladi, loyihaga tog’-kon sanoatida foydalaniladigan konveyerlar namuna sifatida olinadi.

Loyiha qiymati 25 milliard dollarga baholanmoqda, qurilish esa 10 yil davom etadi.

📟 DigiTech
🤯93👍51🔥5👏5💯31😍1🎄1
⚡️Samsung dunyodagi eng aqlli kir yuvish mashinasini namoyish etdi: u orqali qo’ng’iroq qilish mumkin, o’rnatilgan sun’iy intellekt esa o’zi narsalarning ifloslanish darajasini tushunib, yuvish rejimini tanlaydi.

Unda bir vaqtning o’zida 25 kg gacha kir yuvish mumkin, shuningdek, quritish funksiyasi va ko’pik miqdorini avtomatik sozlash mavjud.

Hozircha ushbu model faqat Janubiy Koreyada sotiladi, narxi — 2700 dollar.

📟 DigiTech
👍152😁43🔥1398😨7🤯3👏2🎉2😡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏠 Orzudagi uyni loyihalashtirish uchun eng yaxshi sayt.

Roomstyler'da katta katalogdan mebellar tanlash mumkin, interyerni sozlash funksiyasi va sayt dizaynerlarining tayyor dizaynlari va g’oyalari mavjud.

Dizaynni tanlab bo’lganingizdan so’ng ularni 3D rejimda ko’rish mumkin.

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍46🔥532👨‍💻2👏1🫡1🎄1
🎥 Video yaratish uchun mo’ljallangan GEN-3 neyron tarmog’i barcha uchun ochildi. Endi Sorani kutish shart emas.

Videolar juda realistik bo’lib, sozlamalar va uslublarni boshqarish mumkin. Bitta yomon tarafi — model pullik, obuna 15 dollar turadi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍56🤯8💯3👏2😨2🫡1
🧠 Xitoylik olimlar inson miyasi tomonidan boshqariladigan birinchi robot prototipini namoyish etishdi.

Miya haqiqiy — u inson ildiz hujayralaridan o’stirilgan. Robotning ko’zlari yo’q — u sensorlar yordamida ko’radi, signallar esa «miya» tomonidan qayta ishlanadi. Robot allaqachon to’siqlarni chetlab o’tish va narsalarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishni biladi.

📟 DigiTech
🤯123👍48🔥11👨‍💻6🤔43👏2😡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️KreaAI neyrotarmog’i obyektlarni boshqa tasvirga ko’chirishni o’rgandi — ushbu funksiya qanday ishlashini videoda ko’rishingiz mumkin.

Scene Transfer funksiyasi barcha narsa realistik ko’rinishda bo’lishi uchun hatto yorug’likni ham o’zgartiradi.

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥64👍26🤯754😍3🥰2👏2🤝2
🔭 Grinvich rasadxonasi 2024-yilning eng yaxshi astrofotosuratlarini e’lon qildi.

Saralash ro’yxatiga 11 mamlakatdan tasvirlar kiritilgan bo’lib, mutlaq g’olib sentyabr oyida aniqlanadi va 10 000 funt sterlingi bilan taqdirlanadi.

Postda bir nechta ajoyib fotosuratlarni to’pladik, boshqa suratlarni tanlov veb-saytida ko’rishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍82🔥208🤩5💯4🫡3👏2🥰1😨1