AI | DigiTech
51.8K subscribers
2.56K photos
1.43K videos
2.35K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🛥️ Dunyodagi birinchi vodorodda yuruvchi Project 821 superyaxtasi Niderlandiyada suvga tushirildi. Mish-mishlarga ko’ra, u Bill Geytsning buyurtmasi bo’yicha 1 milliard dollarga qurilgan.

U uzoq masofalarga gidrotozalangan o’simlik moyida suzadi, vodorod esa elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.

Aytgancha, Project 821 mamlakatda qurilgan eng katta motorli yaxta ham hisoblanadi. Uning uzunligi 119 metr, bortda 12 ta kabina, sport zali, kinoteatr, kutubxona va basseyn mavjud.

📟 DigiTech
👍105🤯23🔥186👏5👨‍💻21😨1
☄️ Kecha tunda Portugaliya va Ispaniya aholisi uchib o’tayotgan meteoritni ko’rishdi.

Kosmik obyekt osmonni zumrad rangida yoritdi va atmosferada yonib ketdi.

📟 DigiTech
🤯133🔥28🤩28👍21💯63🫡32😁2👨‍💻2🤝1
🏠 Huawei o’zining ixcham «kelajak uyi»ni namoyish etishga tayyorlanmoqda.

Bu yotoqxona, oshxona, mehnomxona va hammom bilan jihozlangan 37,95 m² maydonli, 10 tonnalik kapsulali uydir. Uy egalari smartfon yordamida yorug’likni, maishiy texnika va iqlim nazoratini boshqarishi mumkin bo’ladi.

Narxi taxminan 70 000 dollar atrofida bo’lishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍9218🔥13😁8🤩8😡6💯3🤓3👏2🤝2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoyda dronlarni foydali qo’llanilishiga yana bir misol.

Tepaliklardagi qurilish maydonchasiga ishchilar kopter yordamida chelaklarda sement jo’natishmoqda. Fantastik filmdan olingan kadrlarga o’xshaydi!

📟 DigiTech
👍106🔥17🤯13🤩7👏522💯2🤝2😡1
⚡️Microsoft bosh direktori internetni g’azablantirdi — uning aytishicha Windows 11 da barcha harakatlaringiz Recall funksiyasi orqali yozib olinadi. Dastur doimiy ravishda skrinshotlar oladi va ularni hatto internetsiz ham saqlaydi.

Ushbu yangilik qizg’in muhokama qilinmoqda. Ilon Mask buni «Qora oyna» seriali uchun yangi syujet deb atamoqda, foydalanuvchilar esa barcha yozishmalar, fayllar va boshqa ma’lumotlar noto’g’ri qo’llarga tushishi mumkinligidan havotirdalar.

Kompyuterni Windows 11 ga yangilanmaslik uchun yana bir sabab.

📟 DigiTech
🔥88🤯36😡33👍24🫡5😁4😨3🤝3💯2🥰1
Foizsiz muddatli to'lovga texnika oling

idea do'konlarida payme nasiya rasmiylashtiring va muddatli to'lovga bozor narxida texnika sotib oling. Aksiya may oyining oxirigacha butun O'zbekiston bo'ylab amal qiladi.

Batafsil ma'lumot.

Reklama
😁18🔥14👍102🫡2😡2
⚡️OpenAI yana GPT-5 haqida gapirdi, bu safar Microsoft dasturchilar konferensiyasida. Ularning aytishicha, model deyarli tayyor.

Kompaniya GPT-3 ni akula, GPT-4 ni kosatka bilan, GPT-5 ni esa kit bilan taqqosladi.

Foydalanuvchilar allaqachon bir kitning og’irligi 30 ta akulaga tengligini hisoblab chiqishdi. Bu shuni anglatadiki, GPT-5 modeli GPT-3 dan 30 baravar kuchliroq bo’ladi.

📟 DigiTech
👍111🤯51🔥14🫡6😁422😨2😡2
🥄 Yaponiyadagi Kirin kompaniyasi taomlarning ta’mini o’zgartirib, uni tuzsiz sho’rroq qiladigan qoshiqni namoyish etdi.

Qurilma tildagi natriy ionlarining molekulalariga zaif elektr zaryadi bilan ta’sir qiladi, shu sabab taomga tuz solinmasa ham u bordek tuyuladi.

Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, qoshiq tuz iste’molini kamaytirishga va sog’lom bo’lishga yordam beradi. Narxi — 127 dollar.

📟 DigiTech
😁101👍61👏9🤯8🔥42😨21🎉1🤩1
🌌 Somon yo’li galaktikasi fotograflar nigohida: Capture the Atlas portali 2024-yildagi galaktikamizning eng yaxshi suratlarini tanlab oldi.

Albatta, ularning barchasiga ishlov berilgan, lekin qo’l va hech qanday neyron tarmoqlarsiz.

Postda bir nechta ajoyib fotosuratlarni to’pladik, butun to’plamni esa havoladan kirib ko’rishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍83🔥2112👏7🤯6😍53🥰2💯2🤝2🎄1