AI | DigiTech
51.9K subscribers
2.56K photos
1.43K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🔊 AQSh'dagi startap uyqu muammolariga yechim topdi. Muhandislar izoxronik tovushlar chiqaradigan «Banala Sleep Dot» deb nomlangan mini-kolonkani ishlab chiqishdi.

Bu ritmik tovushlar miyani tinchlantirishga, tezroq uxlashga va chuqur uyquga ketishga yordam beradi — tadqiqotlar buni isbotladi.

KickStarter'dagi narxi — 49 dollar.

📟 DigiTech
🤩51👍38🤯6🔥5😨4🫡4👏32👨‍💻2
⚡️Shveytsariyada yo’l ta’mirlanayotgan vaqtda harakatni to’sib qo’ymaslik imkonini beruvchi ko’chma ko’prik yig’ishdi.

Uning uzunligi 240 metrni, og’irligi esa 1250 tonnani tashkil qiladi. Kerakli yo’lga qismlarga bo’linib olib kelinadi, so’ng yig’iladi va ikki qator yo’lli ko’prikga aylanadi.

Uning pastida qurilish ketaveradi. Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so’ng, ko’prik masofadan boshqarish pulti orqali yuzlab metr oldinga siljiydi.

📟 DigiTech
🔥153👍55🤯41👏11😁8🤩3😨32💯2🎄2🫡1
📲 Ijtimoiy tarmoqlardan uzoq vaqt foydalanishni davom ettirish uchun sport bilan shug’ullanishga undaydigan dastur ishlab chiqildi.

ClearSpace'da kameraga qanchalik ko’p sport bilan shug’ullansangiz , ijtimoiy tarmoqlardan shuncha ko’p foydalana olasiz. Dasturni aldashning iloji yo’q, sun’iy intellekt harakatlarni kuzatadi va keyin boshqa ilovalarga kirishga ruxsat beradi.

👉 Ilovani yuklab olish uchun havola.

Hozircha ilova faqat iPhone uchun mavjud, lekin baribir undan foydalanmasangiz kerak :)

📟 DigiTech
👍137😁51🔥26👏5🤯5😡41
⚡️Ishqiboz uyida haqiqiy Boeing 737-8 simulyatorini qurdi.

U asl jihozlarga o’n minglab dollar sarfladi, ularni topish ham oson emas, shunga qaramay u bolalik orzusini amalga oshirdi.

📟 DigiTech
👍122🔥20🤩147🤯53👨‍💻3🎄3👏2🤝2🎉1
🌥️ Yaqinda Xitoyning Nanchuan shahri aholisi bulutlardan tashkil topgan sharsharaga guvoh bo’lishdi.

Bu ajoyib go’zal hodisani juda sodda tarzda tushuntirish mumkin: balandlikning keskin o’zgarishi va kuchli shamol tufayli bulutlar cho’qqilardan pastroqqa uchadi.

📟 DigiTech
👍69😍32🔥11🤯762💯2🫡2🤝1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Kiborglar va gumanoidlar: Xitoydagi robotlar zavodi videosi ijtimoiy tarmoqlarda aktiv muhokama qilinmoqda.

Videoda davlat va tibbiyot muassasalari uchun o’ta realistik gumanoid robotlar ishlab chiqaruvchi Xitoyning EX Robot kompaniyasining yangi qurilmalari namoyish etilgan.

📟 DigiTech
🤯124👍46👏20🔥13😍5😨43😡2😁1
🚛 Londonda kuryerlar uchun pedalli yuk mashinalari ishlab chiqildi — unda 350 kg gacha yukni tashish va velosipedlar uchun mo’ljallangan yo’lda yurish mumkin.

Haddan tashqari oyoqni charchatmaslik uchun 60-100 km masofaga yetarli batareyalari bo’lgan 250 vattli elektr motor mavjud.

Hozirda ePack bir nechta yetkazib berish xizmatlari tomonidan sinovdan o’tkazilmoqda va kelajakda taksi xizmatlari uchun mo’ljallangan versiyasini ham chiqarishni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
👍79🔥12👏7😁6🤯433😇2🤩1
Bular so’nggi ikki kunda butun dunyo bo’ylab ko'rish mumkin bo’lgan eng go’zal shimoliy yog’dulardir.

Ularning paydo bo’lishiga 10-mayda boshlangan so’nggi 20 yildagi eng kuchli geomagnit bo’roni sabab bo’lgan. Olimlar uni eng yuqori intensivlik darajasi G5 deb baholashdi — oxirgi marta bunday kuchli magnit bo’roni 2003-yil oktyabr oyida qayd etilgan.

Kimdir uni ko’rishga muvaffaq bo’ldimi? Agar suratga olishga ulgurgan bo’lsangiz, izohlarda bo’lishing (aytgancha, agar yaqin 2 kunda boshingiz qattiq og’rigan bo’lsa sababi shu bo’rondir).

📟 DigiTech
🔥67👍3917🤩10🤯6👏4😍3🫡21🤝1