AI | DigiTech
51.9K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📱 Afsona qaytmoqda: Nokia 3210 25 yil deganda sotuvga chiqishi mumkin. Internetda telefonning reklama bannerlari tasvirlari tarqaldi.

Mish-mishlarga ko’ra, 90-yillarning xit telefoni dizayni yangilandi: kamera qo’shildi, Bluetooth va 4G funksiyalari qo’shildi. To’liq taqdimot may oyida bo’lishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯182👍79👏25😁2111🎉6🤩4🔥3💯3🤝3🫡2
🎥 Bular neyron tarmoqlar yordamida rang berilib, tiniqlashtirilgan 1890-yillardagi kadrlardir. Ko’rib turganingizdek kadrlar sifati ancha oshgan va ranglar to’g’ri qo’yilgan. Asl ko’rinishida bular aka-uka Lumyerlar tomonidan suratga olingan oq-qora tasvirlar bo’lgan.

1. Parij, Fransiya
2. Kyoto, Yaponiya
3. Nyu-York, AQSh
4. Moskva, Rossiya imperiyasi

📟 DigiTech
👏47👍40💯964🤯4👨‍💻3🫡3🔥2🤩2🤝2
🚀 Kosmosga bitta chipta bervoring: SpaceX rasmiy veb-saytida kosmik parvozlar uchun joy band qilish ochildi.

Umumiy to’rtta yo’nalish mavjud: Yer orbitasi, XKS, Oy va Mars. Parvozlar Dragon va Starship kosmik kemalarida amalga oshiriladi.

Narxlar ko’rsatilmagan, ammo «Join A Mission» tugmasini bosib so’rov qoldirish mumkin.

📟 DigiTech
🤯146👏34👍28😁14🔥943🤩3🫡3💯2😇1
⚡️Hume AI neyron tarmog’i og’zaki ingliz tilini yaxshilashga yordam beradi. U har qanday mavzu bo’yicha suhbat qila oladi, nutqni matnga tarjima qiladi va emotsiyalar shuningdek, intonatsiyani aniqlaydi.

Saqlab qo’ying, asqotadi.

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥58👍35🤯114👨‍💻3👏2😡2
🏠 Airbnb «Tepaga» multfilmidagi uchar uyni va «X-Odamlar» filmidagi saroyni qurishdi — endi ular ijaraga beriladi.

Birinchisi cho’lda kranga osilgan va unga joylashganingizdan keyin 16 metr balandlikka ko’tariladi, ikkinchisi Nyu-Yorkda bo’lib, «X-Odamlar ‘97» dagi saroy uslubida jihozlangan.

Yashash narxi bir xil — kishi boshiga bir kecha uchun taxminan 100 dollar.

📟 DigiTech
🤯55👍41🔥8👏4💯41🤩1😨1🫡1
⚡️Jeyms Uebb teleskopi hayot bo’lishi mumkin bo’lgan K2-18b sayyorasini o’rganmoqda.

K2-18b da tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan gaz borligi aniqlandi. Sayyora okeanlar bilan qoplangan va Yerdan «atigi» 120 yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan deb taxmin qilinmoqda.

Tadqiqotga rahbarlik qilgan Kembrij astrofizikining aytishicha, sayyorada gazning topilishi «uni shokka solgan va 1 hafta davomida uxlay olmagan».

📟 DigiTech
🔥129😁68👍45🤯219😨8💯3🫡3🤔2🤝21
⚡️ Britaniyaning Engler kompaniyasi «superkvadrotsikl» — sport avtomobili va kvadrotsikl gibridini ishlab chiqdi.

U 1200 ot kuchiga ega V12 dvigateli bilan jihozlangan: 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erishadi va nazariy jihatdan 400 km/soatgacha tezlasha oladi.

Jami 20 dona chiqariladi, lekin hali taxminiy narx ham e’lon qilinmadi.

📟 DigiTech
🔥75👍44😁195🤯5🤩5😡4🤔2💯2🤝2🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📦 Amazon AQSh'da buyurtmalarni dron orqali yetkazib berish yangi xizmatini ishga tushirdi.

Texaslik fuqaro ushbu havo orqali yangi yetkazib berish xizmatini sinab ko’rishga qaror qildi, ko’rib turganingizdek dron buyurtmani 2-3 metr balandlikdan shunchaki tashlab ketgan.

Xizmat hozircha beta-test rejimida ishlamoqda: ehtimol, bunga qandaydir yechim topishar.

📟 DigiTech
👏63👍45😁31🤯14🔥4🤩3🤝32🫡2💯1🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yaponiya shaharlaridan biridagi yo’lakda yurish tezligini ko’rish imkoniyati paydo bo’ldi.

LED displey harakatlanish tezligini ko’rsatib turadi, uning yordamida boshqalar bilan yugurish bo’yicha raqobatlashish ham mumkin.

📟 DigiTech
👍157🔥30😁20🤯20👏9💯3🫡21👨‍💻1😇1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎵 Stability AI o’zining musiqa generatsiya qiluvchi neyrotarmog’ining yangi modelini chiqardi — Stable Audio 2.

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍455🔥4👏3🤩3💯2🫡2🤯1
🚘 Ferrari yangi 12Cilindri superkarini namoyish etdi — bu gibrid yoki elektromobil emas, balki bugungi kunda kamdan-kam chiqayotgan benzinda yuruvchi avtomobildir.

Unga 830 ot kuchiga ega V12 dvigateli o’rnatilgan: 2,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi, maksimal tezligi esa 340 km/soat dan yuqori.

Narxi 395 000 yevrodan boshlanadi. Izohlarda dizayniga baho bering.

📟 DigiTech
🔥76👍39🤯15🫡64💯4🤩3😍2🤝21
⚡️Shu yozdan AQShda «elektrolyotlar» sotuvlari boshlanadi, uni boshqarish uchun uchuvchi litsenziyasi shart emas.

Qurilma Pivotal startapi tomonidan Google boshqaruvchisi Larri Peyj ko’magida yaratilgan: u 100 km/soat tezlikka chiqa oladi va bir zaryadda 32 km masofagacha uchadi. Ularning aytishicha, uni boshqarish dronni boshqarishdek oson, har ehtimolga qarshi ballistik parashyut ham bor.

Narxi — 190 000 dollardan boshlanadi. Bu narxga o’qitish va uni olib yurish uchun treyler ham kiradi.

📟 DigiTech
👍82💯17🤯10🔥92🫡2🎉1🤝1