AI | DigiTech
52.2K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Western Digital kompaniyasi «portativ» SSD chamadonni taqdim etdi — 368 terabayt!

Uning og’irligi 13 kg dan oshadi va «tonnalab ma’lumotlarni ko’chirish» kerak bo’lganlar uchun mo’ljallangan: masalan, kino suratga oluvchilar uchun.

Narxi sir saqlanmoqda. Buni faqat haqiqiy mijozlar bilan muhokama qilisharkan.

📟 DigiTech
🤯85👍53🔥16😁10😨63🤔32😍2🤩1🤝1
🛰️ Endi kosmosga ham reklama joylashtirish mumkin bo’ladi. Angara raketasi koinotga reklama joylashtirish uchun sun’iy yo’ldosh prototipini orbitaga chiqardi — unda logotipni joylashtirish 1 000 000 dollarga tushadi.

Taxminlarga ko’ra, 500–600 km balandlikda bunday sun’iy yo’ldoshlar guruhlari osmondagi yulduz turkumlariga o’xshash logotip va reklama matnlarini ko’rsatadi.

📟 DigiTech
👍133🤯39👏16😁12😡10😨32🤩2🫡21
⚡️Adobe kompaniyasi odamlarning videolarini sotib olmoqda — ular bir daqiqalik video uchun o’rtacha 3 dan 7 dollargacha to’lashmoqda.

Kompaniyaga Sora bilan raqobatlasha oladigan neyrotarmoqni o’rgatish uchun yuz minglab videolar kerak — shuning uchun odamlarning kundalik ishlarni qilayotgani yoki emotsiyalarni ifoda etayotgan videolarini sotib olishmoqda.

📟 DigiTech
🤯104👍54🤔115💯4🔥3😨2🤩1😍1🤝1🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Telegram yana bir yangilanishni taqdim etdi. Nimalar qo’shildi:

1. Stikerlar uchun alohida muharrir paydo bo’ldi — endi ikki marta bosish orqali istalgan rasmni stikerga aylantirishingiz mumkin.

2. O’z profilingizni boshqalar nazarida ko’rish va baholashingiz mumkin.

3. Premium obunaga ega foydalanuvchilar reklamalarni yana yoqishlari mumkin bo’ladi (bu kimga kerak bo’ladi, bilmadik 🤷‍♂️).

4. Xabarlar ostidagi reaksiyalar sonini cheklash mumkin. Agar bitta reaksiya chegarasi qo’yilsa, unda qaysi biri birinchi bosilsa o’sha qoladi va undan boshqasini qo’yib bo’lmaydi.

📟 DigiTech
👍151😁41👨‍💻24🔥17👏97🤯6😨6🎄6🤔2💯2
🤖 Xitoy kasalxonalarida analizlar uchun qon oluvchi robotlar sinovdan o’tkazilmoqda: robotning o’zi tomirni topadi, qon olinganidan so’ng bintni yopishtiradi.

Ularning ta’kidlashicha, robot ignani odamdan ko’ra og’riqliroq kiritmaydi va butun jarayon taxminan bir daqiqa davom etadi.

📟 DigiTech
👏63🤯34👍26😨7💯4😡32🔥2🤔2🤩2🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Adobe Premiere Pro video tahrirlash dasturiga sun’iy intellekt qo’shadi. Uning yordamida obyektlarni qo’shish va olib tashlash, ramkani kengaytirish va videolarning davomiyligini oshirish mumkin bo’ladi.

Ular shuningdek, matnli so’rov asosida noldan video yaratish uchun alohida neyrotarmoqni qo’shishlari mumkin. Bu bo’yicha kompaniya allaqachon OpenAI va Runway bilan muzokaralar olib bormoqda.

Premiere Pro'ga yangi funksiyalar shu yil oxirigacha qo’shiladi. Hozircha sun’iy intellekt yordamida tahrirlangan videolarni ko’rib baholashingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍62💯10🔥97🤯7👏4🤝32😁2😨2🫡1
⚡️Olimlarning aniqlashicha, sun’iy intellektlar ataylab o’zini ahmoq qilib ko’rsatishi mumkin.

GPT-4 va Gemini kabi til modellari bolalarning tafakkurini mohirlik bilan taqlid qilib, o‘z aql-idrokini ataylab kamaytira oladi.

Olimlar ta’kidlashicha, bu xavfsiz emas — insoniyat ushbu texnologiyalarning haqiqiy imkoniyatlarini juda kech anglab yetishi mumkin.

📟 DigiTech
👍140🤯110😁23😡1510😨9🔥5🫡4🎉2💯2👨‍💻2
⚡️Amerikalik jurnalist Taker Karlson Pavel Durov bilan bir soatlik intervyuni YouTube'ga joyladi.

Ular asosan, albatta, Telegram haqida gaplashishdi: Durov uni qachon va nima uchun yaratgani, nima uchun bosh ofis Dubayda ekanligi va messenjer qanday qilib nol reklama xarajatlari bilan shu qadar mashhur bo’lganini so’zlab berdi.

Durov, shuningdek, Telegram'ning shifrlash standarti uning akasi Nikolay tomonidan ishlab chiqilgani, shuning uchun «messenjer xavfsizligiga hech qanday shubha yo‘qligini» aytdi.

Durov shaxsiy hayoti haqida hardoimgidek gapirmadi: u faqat VKdagi o’z ulushini sotishdan kelgan pulni hashamatli xaridlarga «yuzlab million dollar» sarflamaganini va boshlashni rejalashtirmayotganini aytdi.

👉 To’liq intervyuni ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍129🔥16👏14💯9🫡5🤯42👨‍💻2🤝21🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Boston Dynamics Atlas robotlarining yangi avlodini namoyish etdi — ular endi bitta ham gidravlik elementsiz, butunlay elektrda ishlaydi.

Ularning ta’kidlashicha, ushbu robot endi «dunyodagi eng epchil gumanoid robot» bo’lib, zavodlarda ishlay oladi va odamlarga kundalik hayotda yordam bera oladi.

Kompaniya yangi Atlas ustida Hyundai bilan birga ishlamoqda, ular pul va ishlab chiqarishda yordam berishmoqda.

📟 DigiTech
👍69🤯22👏9😁5🔥4😨32🤩2🫡21💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️InstantMesh neyron tarmog’i chiqdi, u har qanday rasmni 3D obyektga aylantirib beradi.

Generatsiya o’rtacha 10 soniya vaqtni oladi, neyron tarmoq sizga 3D model yaratilishining barcha bosqichlarini ko’rsatib beradi. Ishlatish mutlaqo bepul, lekin kompyuterda ishlatishni maslahat beramiz, telefonda yaxshi ishlamasligi mumkin.

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍63🤯9🔥6😡31😨1🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Singapurlik olimlar kiborg suvaraklarning «armiyasini» ko’rsatishdi. Ulardan, masalan, qutqaruv operatsiyalari paytida foydalanishmoqchi.

G’oyaning o’zi yangi emas: AQShda hasharotlarni nazorat qilish uchun shunga o’xshash moslamalar uzoq vaqtdan beri sotilib keladi, ammo bu yerda ular bir vaqtning o’zida 20 ta suvarakni nazorat qilishga muvaffaq bo’lishgan, ushbu suvaraklar hatto bir-birlariga yordam berishlari mumkin (masalan, qaysi biridir dumalab ketsa).

Ham hayratlanarli, ham qo’rqinchli ko’rinadi.

📟 DigiTech
👏63👍44🤯24😁6🔥5😨5😡32💯2🫡2🤩1
⚡️Uyqusizlik odamni tashqi ko’rinishi shunday o’zgartiradi. Muammolar kuniga 7 soatdan kam uxlaganda boshlanadi.

Uyqusizlik ajinlar paydo bo’lishiga va terini qurishiga olib keladi. Mahsuldorlik va o’zini his qilish ham yomonlashadi. Bularning sababi, hujayralar tiklanishi uchun yetarli vaqtga ega emasligi. Uyqusizlik shuningdek, kortizol gormoni darajasi keskin oshishiga ham olib keladi.

📟 DigiTech
👍101🤯40💯96🤓3🔥2🤝2🫡21😁1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😶 ChatGPT, Gemini kabi mashhur sun'iy intellektlar qaysi dasturlash tilida tayyorlanganini bilasizmi?

Qoyil qolsangiz arziydi. Hozirgi kunda barcha sun'iy intellektlar sodda va o'rganish oson bo'lgan Python dasturlash tilida tayyorlanadi.

«Najot Ta'lim» Dasturlash foundation kursida siz aynan C, Python dasturlash tillarining asosini o'rganasiz hamda dasturlashning istalgan yo'nalishlaridan birini tanlab, talabgir kasb egasiga aylanasiz.

Hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting.

🔗 Ro'yxatdan o'tish

📞 78 888 98 88
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46🔥97👏4😁4😡32🤯1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Agar qachondir robo-itlarga qarshi chiqishga to’g’ri kelsa, ushbu videoni eslang.

Ularni uloqtirish, ag’darish yoki tayoq bilan urish — variant emas! Batareya quvvati tugashini kutish osonroq :)

📟 DigiTech
😁94👍42👏21🤯14😨75🫡5🔥4🤩3💯3😡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Bundan yaxshiroq reklama bo’lmasa kerak: Porsche Taycan avtomobili Dubayda suv toshqinini kesib o’tgani aks etgan video internetda mashhurlashib bormoqda.

📟 DigiTech
👍166🤯3211🔥7💯6👏4🤩4😍3🤓3😨3🤝1
⚡️Kamalaklar aslida ideal dumaloq ekanligini bilarmidingiz?

Odatda, bizga yerdan uning faqat kichik bir qismi ko’rinadi, uni faqat yuqoridangina to’liq ko’rish mumkin — masalan, osmono’par binodan, tog’lardan yoki samolyot oynasidan.

📟 DigiTech
👍8723💯13🤯9🤩4🤔2😍2😨2🫡2🔥1👏1