AI | DigiTech
52.2K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📷 Kecha bo’lib o’tgan quyoshning to’liq tutilishi NASA teleskoplari va odamlar nigohida.

Agar sizda nimaga men ko’rmadim degan savol tug’ilayotgan bo’lsa, bu manzaraga faqat AQSh, Kanada va Meksikada yashovchilar guvoh bo’lishgan.

📟 DigiTech
👍111😁136👏6🔥5🤯5😨4💯3🤩2👨‍💻2🫡2
🌙 Ramazon Hayiti muborak bo’lsin!

Bugun barchaga maksimal foydali bo’ladigan post chiqarishga qaror qildik, shuning uchun barcha foydali neyrotarmoqlar yig’ilgan ro’yxatni taqdim etamiz. Bu yerda 2011-yildan hozirgacha bo’lgan sun’iy intellekt loyihalari yig’ilgan va qo’llanilish sohalariga bo’lingan.

Alohida bo’limlarda kodlash, sotuv, kopirayting, tasvir, audio, animatsiya va boshqa sohalarda asqotadigan neyrotarmoqlar mavjud. Bu hozirda eng foydali sun’iy intellektlar yig’ilgan ro’yxat hisoblanadi.

👉 Original sifatdagi PDF faylni yuklab olish uchun havola.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10819🤩9🤯7💯5🔥4👏3😨3🎉2🫡21
📱Xiaomi kompaniyasi Garri Potter muxlislari uchun smartfon va planshetni namoyish etdi — Redmi Turbo 3 va Redmi Pad Pro Harry Potter Edition.

Redmi Turbo 3 — 6,67 dyuymli 120 hz chastotali OLED ekran, Snapdragon 8s Gen 3 chipi va 5000 mA/soat akkumulyatorga ega arzon model.

Maxsus versiyaning narxi 370 dollar turadi, 20$ ga esa kamarli sumka sotib olish mumkin.

12,1 dyuymli 120 hz chastotali IPS ekranli va Snapdragon 7s Gen 2 chipli planshetni 320 dollarga sotib olish mumkin.

📟 DigiTech
👏81👍46🤯137🔥76💯3😡3😍2😨2🤔1
👟 Italiyalik dizayner bolalar uchun oyoqlari o’sishi bilan u ham kattalashadigan krossovka ishlab chiqdi.

U besh yil davomida 4Steps modeli ustida mashaqqatli mehnat qilib, birinchi prototipni taqdim etdi. Oyoq kiyim 6 yoshdan 14 yoshgacha bolalar uchun mo’ljallangan — ha, bir juft sotib olib, o’lchami haqida o’ylanmay yaroqsiz holatga kleguncha kiyish mumkin.

Zo’r g’oya, yaxshi chidamli bo’lsa albatta :)

📟 DigiTech
👏168👍80😁246🤯5😍4😨3🔥2🥰2🎄2🤔1
⚡️Windows 10 da reklamalar paydo bo’lishi mumkin. «Пуск» menyusidagi «Tavsiyalar» bo’limiga dasturlarni o’rnatish bo’yicha tavsiyalar joylashtiriladi.

Bu Microsoft'ning millionlab odamlar tomonidan hanuzgacha foydalaniladigan Windows 10 dan pul ishlashga bo’lgan navbatdagi urinishidir.

📟 DigiTech
🤯72😁27👍238🔥5😡5🤩2🤝21💯1👨‍💻1
📱Xakerlar Apple ID'ni ommaviy ravishda 92 ta davlatda, shu jumladan O’zbekistonda ham masofaviy buzishga urinishmoqda.

iPhone'larga parolni tasdiqlash haqida soxta bildirishnomalar kelmoqda. Agarda parolingizni kiritsangiz, barcha ma’lumotlaringiz to’g’ridan-to’g’ri xakerlarga o’tadi.

Barcha foydalanuvchilarga quyidagilar tavsiya etiladi:

• barcha qurilmalarni eng so’nggi xavfsizlik sozlamalarini o’z ichiga olgan eng so’nggi dasturiy ta’minotga yangilash;
• qurilmalarga parol va Face ID/Touch ID o’rnatish;
• Apple ID uchun ikki faktorli autentifikatsiya va murakkab paroldan foydalanish;
• saytlar, noma’lum yoki shubhali jo’natuvchilardan kelgan havolalarni bosmang.

Hushyor bo’ling va parollarni faqat ishonchli joylarga kiriting.

📟 DigiTech
👍122🔥20😁16😨9🥰3🤯32👏2😡21
🌇 Saudiya Arabistonidagi The Line osmono’par shahari qurilishi sezilarli darajada sekinlashdi. 2030 yilga kelib, loyihaning atigi 1,5 foizi tayyor bo’ladi.

170 kilometrlik bino olti yil ichida qurib bitkazilishi taxmin qilingan edi, biroq yangi hisob-kitoblarga ko’ra, bu vaqtga qadar bor-yo’g’i 2,5 kilometri qurib bitkaziladi. Bundan tashqari, qurilishni moliyalashtirish kamayganligi sababli quruvchilar guruhida qisqartirishlar boshlandi.

G’oya bo’yicha The Linea loyihasi mamlakat iqtisodiyotini o’zgartirishi, vektorni neftdan texnologiyaga o’tkazishi kerak. Ammo bir muammo bor — loyiha qiymati 1,5 trillion dollardir.

📟 DigiTech
👏78👍50🤯39😁14💯7🔥5😨4👨‍💻2🤝21🤩1
⚡️Western Digital kompaniyasi «portativ» SSD chamadonni taqdim etdi — 368 terabayt!

Uning og’irligi 13 kg dan oshadi va «tonnalab ma’lumotlarni ko’chirish» kerak bo’lganlar uchun mo’ljallangan: masalan, kino suratga oluvchilar uchun.

Narxi sir saqlanmoqda. Buni faqat haqiqiy mijozlar bilan muhokama qilisharkan.

📟 DigiTech
🤯85👍53🔥16😁10😨63🤔32😍2🤩1🤝1
🛰️ Endi kosmosga ham reklama joylashtirish mumkin bo’ladi. Angara raketasi koinotga reklama joylashtirish uchun sun’iy yo’ldosh prototipini orbitaga chiqardi — unda logotipni joylashtirish 1 000 000 dollarga tushadi.

Taxminlarga ko’ra, 500–600 km balandlikda bunday sun’iy yo’ldoshlar guruhlari osmondagi yulduz turkumlariga o’xshash logotip va reklama matnlarini ko’rsatadi.

📟 DigiTech
👍133🤯39👏16😁12😡10😨32🤩2🫡21