AI | DigiTech
52.3K subscribers
2.55K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Internetda Telegramni navbatdagi yangilanishining skrinshotlari paydo bo’ldi. Yangi xususiyatlar:

— 20+ boost darajasiga ega bo’lgan telegram kanalingizda TgADS reklamalarini butunlay o’chirib qo’yish imkoniyati;

— Profilga tug'ilgan sanani qo’shish (ehtimol, kontaktlar uchun eslatma bilan);

— Ba’zi mamlakatlarda kanal egasi reklamadan daromadning 50 foizini olishi mumkin bo’lgan monetizatsiya;

— Botlarni kanallarga integratsiya qilish;

— Maxfiylik sozlamalari yaxshilandi, shu jumladan chatlarga qo’shishni taqiqlash.

📟 DigiTech
👍12815🤯6🔥5🤩5😁43👨‍💻2🤝2🫡2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Vision Pro-da endi uyning turli joylarida Wi-Fi tezligini tekshirish mumkin. Bu AR WiFi&5G ilovasidir, u allaqachon AppStore-da mavjud.

Asosiysi, eng tezkor internet podyezda bo’lib chiqmasa bo’ldi :)

📟 DigiTech
🔥93😁57👍23🤯19👏432🤩2🫡2💯1
⚡️OpenAI matnni ovozga aylantiruvchi Voice Engine neyrotarmog’ini ko’rsatdi. Model istalgan odamning ovozini 15 soniyalik yozuv asosida nusxalay oladi. Saytda bir nechta demolar mavjud.

U kontent yaratuvchilari va kompaniyalarga o’z ovozlari bilan istalgan tilda auditoriya bilan suhbatlashishga yordam beradi. Asosiy xususiyati shundaki, Voice Engine ovoz tonini saqlab qoladi.

📟 DigiTech
🤯72👍56🔥76😡4🤩3🫡3💯2😨2🤔1🤓1
IT sohasida yangi davr

Google kompaniyasi 2020-yilda AppSheet deb nomlangan startapni sotib oldi. Uning asosiy g'oyasi har bir oddiy inson endi dastur yasay oladi.

Kodsiz dasturlash xuddi uy qurish uchun tayyor devorlar, shiftlar va hokazolardan foydalanishga o'xshaydi.

Tez, oson va kamroq xarajat evaziga qurish mumkin bo’ladi. Kim chiroyli uy qura oladi - muhimi shu.

O'rganish uchun ajoyib soha. Agar siz ingliz tilidan xabardor bo'lsangiz o'rganishingiz nisbatan oson bo’ladi.

Yangi industriya kirib kelmoqda. Kim birinchilardan bo'lsa - o’sha yutadi.

Qo'shimcha ma'lumot ushbu kanal orqali: Kodsiz dasturlash

Reklama
👍53😡105😁3🔥2👏2🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💊 Xitoy shifoxonasidagi zamonaviy dorixonada robot farmatsevt shunday ishlaydi.

Qurilma odamlarni nafaqat omborga qatnashdan qutqaradi, balki shifokorning ko’rsatmasi bo’yicha dori-darmonlarni oldindan tayyorlaydi: kabinetdan dorixonaga kelganingizda, sizga kerak bo’lgan hamma narsa allaqachon kassada bo’ladi.

Lekin dorixona roboti Xitoyda ixtiro qilinmagan. U birinchi marta Germaniyada 1996-yilda namoyish etilgan va bugungi kunda turli xil modellarini AQSh, Evropa, Osiyo, Rossiya va boshqa joylarda topish mumkin.

📟 DigiTech
👍85🔥64👏4👨‍💻4😁3😨32🤔2💯2🎄2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☎️ Dubayda 058-7777777 «omadli» telefon raqami auksionda 870 000 dollarga sotildi. Uni biznes uchun ishlatishadi.

Hayratlanarli narxga qaramay, bu narx rekord darajadagi emas: 2015-yilda 052-2222222 raqami Dubayda 2,2 million dollarga sotilgan.

📟 DigiTech
👍74🤯34😡23😁11🔥3👏32🎉2👨‍💻2🤩1🤓1
🚀 Taobao va Space Epoch startapi ko’p martalik raketalar yordamida buyurtmalarni jo’natishni rejalashtirmoqda. Dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazib berish bir soat atrofida vaqtni oladi.

Raketaning yuk ko’tarish quvvati taxminan 10 tonnani tashkil qiladi. Dvigatelni sinovdan o’tkazish allaqachon yakunlangan, ammo loyiha qachon ishga tushirilishi noma’lum.

📟 DigiTech
👍128🤯43💯14🔥86😨6🤩43👏3🫡3👨‍💻2
⚡️XKSdan tashlangan chiqindi Floridadagi uyning ustiga tushib, tom va ikki qavatni yorib o’tdi.

2021-yilda ishlamay qolgan batareyalar solingan idish stansiyadan tashlab yuborilgan va u atmosferada butunlay yonib ketadi deb taxmin qilingan, ammo og’irligi taxminan 1 kg bo’lgan parchalardan biri omon qolgan.

Hozir parchani NASA olib ketgan. Agar ekspertiza haqiqatan ham ularga tegishli ekanligini aniqlasa, uy egasiga kompensatsiya puli to’lab beriladi.

📟 DigiTech
🤯139👍66😁497🤔4🤩3💯3😨3🫡3🔥1👨‍💻1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 OpenAI Sora tomonidan yaratilgan birinchi musiqiy klipni namoyish etdi. Bu safar musiqachi Avgust Kemp'ga yopiq neyron tarmoqdan foydalanish imkoniyati berildi. Bu uning «Worldweight» qo’shig’i uchun ishlangan video.

📟 DigiTech
👍69🤯17👨‍💻4😁3😨322🤔2😡2🥰1
📱Facebook Messenger foydalanuvchilarining shaxsiy xabarlarini Netflix'ga 100 million dollarga sotgan. Kelishuv haqidagi hujjatni Google'ning sobiq xodimi topdi.

Netflix ularga tomoshalar tarixini taqdim etish orqali javob berdi. Saytga bizning xabarlarimiz nima uchun kerakligi noma’lum, ammo bu yerda maxfiy yozishmalar tushunchasi aniq hisobga olinmagan.

📟 DigiTech
😡116💯47👍25🤯12😁10👨‍💻5😨53🫡32🔥1
⚡️Amazon Just Walk Out texnologiyasida ishlaydigan kassirlarsiz do’konlarini yopdi. U do’konlarda xaridor shunchaki kirib, o’ziga kerak bo’lgan hamma narsani olib, chiqib ketishi mumkin edi — sun’iy intellekt esa xaridlar miqdorini hisoblab, to’lovni kartadan avtomatik yechardi.

Ma’lum bo’lishicha, kompaniya faqat avtomatlashtirish illyuziyasini yaratgan. Aslida mingdan ortiq haqiqiy odamlar kameralar orqasida o’tirib, xaridlarni hisoblashgan.

Shu sabab xaridorlardan noto’g’ri summa yechib olingani bo’yicha ko’p shikoyatlar tushgan. Muammolardan xalos bo’lish uchun Amazon endi yana bir ilg’or texnologiya — Dash Cart aqlli aravalarini yaratmoqda.

📟 DigiTech
👍90😁38🤯9👏5🔥432👨‍💻2😨2🤩1💯1
📷 Kaliforniyada dunyodagi eng katta raqamli kamerani yasashdi.

Uning o’lchami avtomobildek, og’irligi deyarli 3 tonna va 3,2 gigapiksel (3200 megapiksel) o’lchamda suratga oladi — bunday fotosuratda 25 km masofadan hatto golf to’pini ham ko’rish mumkin.

Ushbu kamera astronomik kuzatishlar uchun Chilidagi teleskopga o’rnatiladi: har 20 soniyada bir marta suratga olib, kuniga 15 TB gacha ma’lumot to’playdi.

📟 DigiTech
👍169🤩31🔥18🤯176😁5🤔2😨2🎄21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Google rasmlar uchun JPEG'ning yangilangan versiyasi — Jpegli yangi formatini ishlab chiqdi. Bu «Internetni yanada chiroyli va tezroq qilishi» kerak.

Bunday tasvirlarning hajmi 35% kamroq bo’ladi (shu sabab tezroq yuklanadi), sifati esa yaxshilanadi.

Bu format qanchalik tez ommalashadi, buni vaqt ko’rsatadi.

📟 DigiTech
😁121👍41🤯124💯4👨‍💻4🔥3🤓3😨3🤝3🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Ushbu neyron tarmoq sizga istalgan syujetdagi ajoyib komikslarni chizib beradi. AI Comic Factory'da har qanday tasavvuringizni komiksga aylantirishingiz mumkin! Shunchaki matnli tavsifni kiritish kifoya, bir nechta daqiqada tugallangan komiksni olasiz.

Yakshanbani maroqli o’tkazish uchun ayni muddao, albatta sinab ko’ring.

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍563🔥21👏1🤩1🎄1