AI | DigiTech
51.3K subscribers
2.55K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🧑‍🚀 Armanistonda Marsga uchishga tayyorgarlik boshlandi. Sinov maydoni uchun Armash qishlog’i yaqinidagi cho’l tanlandi — 26 mamlakat olimlari uning topografiyasini Mars relyefi bilan o’xshash degan fikrga kelishdi.

Oltita kosmonavtlar allaqachon u yerga «qo’nishdi» va ular bilan radio aloqa uchun 10 daqiqalik kechikish yaratildi — signal Marsga yetib borishi uchun shuncha vaqt kerak bo’ladi.

Aprelgacha issiqlikka chidamli skafandrlarni sinovdan o’tkazishni rejalashtirishmoqda, roverlar esa hududning 3D xaritasini yaratadi va tuproq namunalarini oladi.

📟 DigiTech
👍128😁23🔥124🤔32🤯2😨2🎄2👏1
🚘 Skoda o’zining eng arzon elektromobili — Epiq krossoverini namoyish etdi.

Ular avtomobil bir zaryadda 400 km dan ortiq masofani bo’sib o’ta olishini va’da qilishmoqda, lekin boshqa xususiyatlari haqida ma’lumot berishmadi, chunki sotuvlar faqat 2025-yilda boshlanadi.

Narxi taxminan 27 000 dollardan boshlanishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍118😁29🤯108🔥3😍3😨3🤔2💯2👏1🎉1
🚘 Janubiy Afrikalik rassom BMW i5 Flow NOSTOKANA ni ko’rsatdi — u real vaqtda ranglarni va naqshni o’zgartira oladi.

Bu yerda E Ink texnologiyasi qo’llanilgan. Avtomobil 1349 dona yupqa plyonka bilan qoplangan, unda millionlab «elektron siyoh» mikrokapsulalari mavjud. Uning yordami bilan mashina san'at asariga aylandi va rassomning rasmlari tom ma’noda jonlandi.

📟 DigiTech
🔥74👍45👏8😁43🤩3🫡3🤓2👨‍💻2😨2💯1
⚡️Olimlar keyingi pandemiyaning oldini olishga harakat qilmoqdalar: bu safar qo’ziqorin pandemiyasi.

2022-yilda JSST 4 ta xavfli qo’ziqorin infektsiyasi mavjudligini ta’kidlagan edi.

Haroratning ko’tarilishi tufayli mutatsiyaga uchragan zamburug’lar tarqalib, ommaviy infektsiya va o’limga olib kelmoqda, hozircha unga davo yo’q.

Olimlar ta’kidlashicha, biz allaqachon sekin rivojlanayotgan pandemiyani boshdan kechirmoqdamiz. Har yili dunyo bo’ylab 4 millionga yaqin odam bunday infektsiyalardan vafot etmoqda.

📟 DigiTech
🤯103👍26😨20😁7🎄5🔥2🤔2💯2👨‍💻2🫡2👏1
⚡️Nvidia sun’iy intellektlar uchun Blackwell B200 grafik protsessorini namoyish etdi, bu hozirgi kundagi eng kuchli chipdir.

U o‘tgan yilgi Hopper H100 dan 5 barobar tezroq va 25 barobar kamroq elektr energiyasi sarflaydi. Uning yordamida GPT-4 ni atigi 3 oy ichida, 8000 o’rniga 2000 ta protsessorlar bilan o’rgatish mumkin.

Google, Microsoft, OpenAI va Amazon allaqachon ushbu protsessorlardan katta partiya buyurtma qilishgan. Ongli SI paydo bo’lishiga uzoq qolmadi.

📟 DigiTech
👍115🤯40🔥8😡84🤔4😨43💯2🫡2🤩1
⚡️Xitoyning EHang kompaniyasi o'zining aeromobillarini to’g’ri Taobaoda sotishni boshladi. Yetkazib berish bepul, agar nimadir yoqmasa bir hafta ichida qaytarib berish mumkin.

Xaridorlarga parvozlarni rasmiylar bilan kelishish va marshrutlarni rejalashtirish, shuningdek, texnik xizmat ko’rsatishda yordamlashishadi.

Narxi — ¥2,4 million (330 000 dollar). Xitoy OAV'lari yozishicha, birinchi partiya darhol sotilib ketgan, ammo aniq soni noma’lum.

📟 DigiTech
💯56👍34🔥23🤩6🤯4🫡4🤔3🎄3😨21🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️NVIDIA o’yinlardagi NPC-larga o’yinchi bilan oldindan yozib olingan ssenariysiz, real vaqt rejimida muloqot qilish imkonini beruvchi SI Covert Protocol demo versiyasini namoyish etdi.

O’yin ishlab chiquvchilar har bir NPC'ning shaxsiyati va his-tuyg’ularini o’zlari sozlay olishadi: o’yindagi personajlar sun’iy intellekt yordamida fikrlaydi, atrov muhitga munosabat bildirishadi va hatto inson ovozini tushuna olishadi.

Muhandislarning fikricha, NPC'lar o’yinchining qarorlariga har safar har xil reaksiya bildirishadi. Kelajak biz o’ylagandanda yaqinroq.

📟 DigiTech
👍91🤯135🫡3🔥2👏2👨‍💻2🤩1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥽 Foydalanuvchi Apple Vision Pro uchun bolalikdagi shahrini AR'da qayta tiklashga qaror qildi. Buzilib ketgan eski binolarni to’ldirilgan reallikda tikladi va ularga hatto eski reklama bannerlarni joylashtirdi.

Tasavvur qiling: AR ko’zoynakni taqasiz va yoshligingizdagi shahar bo’ylab sayohat qila olasiz.

📟 DigiTech
🔥59👍33👏6🤩5🫡4😨3🎄32👨‍💻2🤯1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏍️ Tayvanda har kungi tig’iz paytdagi oddiy holat.

Mopedlar hamma joyda va deyarli hammada bor — orolda skuterlar soni dunyodagi eng yuqori zichlikka ega. 2022-yilgi ma’lumotlarga ko’ra, 23 million aholida 8,4 million avtomobil va 14 milliondan ortiq skuterlar mavjud.

📟 DigiTech
👍110🤯40😁107🔥6💯4🤩2🤝2🫡21👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi o’z chipini o’rnatgan birinchi bemor fikr kuchi bilan qanday shaxmat o’ynashini jonli translyatsiyada ko’rsatishdi.

Bu sehrga o'xshaydi — yigitning o’zi bu hissiyotni «Yulduzlar jangi» filmidagi fikr kuchi bilan taqqoslamoqda: u shunchaki kursorni siljitish haqida o’ylaydi va kursor harakatlanadi.

Ularning rejalari bo’yicha keyinchalik, chip autizm, shizofreniya va hatto semirishni davolay oladi.

📟 DigiTech
👍137🤯37🔥20😨11🤔3💯32👨‍💻2👏1
⚡️Tim Kuk eplolmadi: insayderlarning yozishicha, Apple o‘zining qurilmalariga Gemini neyrotarmog’ini integratsiya qilish bo’yicha Google bilan muzokaralar olib bormoqda.

Apple hatto o’zining Apple GPT chatbotini ham ishlab chiqdi, ammo u sifat jihatdan Google va OpenAI neyron tarmoqlaridan ancha orqada.

Kompaniya sun’iy intellekt funksiyalarini iOS 18 da chiqarishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍110😁40🔥9💯53🫡32👏2🤩2🤯1🎄1