AI | DigiTech
51.4K subscribers
2.54K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Xitoyliklar rasmlarni o’ta realistik «jonlantiruvchi» neyron tarmoqni yaratishdi — yaratilgan video audio ovozga moslashtiriladi va yuz ifodalari nutq bilan sinxronlashtiriladi.

Neyrotarmoq Alibaba buyurtmasi asosida ishlab chiqildi, shu sabab uning ommaviy versiyasini hozircha chiqarishmaydi.

📟 DigiTech
👍128🤯71🔥11😨8😡533🤔2🫡2😍1🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ AQSh'da muzdagi futbol yangi sport turini o’ylab topishdi.

Birinchi o’yinlar Germaniyada 2 hafta oldin bo’lib o’tdi, o’yin qoidalari bilan ushbu saytda tanishib chiqish mumkin.

Juda qiziqarli va kulgili ko’rinadi :)

📟 DigiTech
😁141👍21😡11😨63🤯3🎄3🔥2😍2🤔1
🏎 Red Bull'dagi mutaxassislar poygalarni suratga olish uchun dunyodagi eng tezkor FPV dronni yig’ishdi.

U Formula 1 avtomobillaridan ham tezroq tezlashadi, 300 km/soat tezlikka atigi 4 soniyada erishadi.

Video 5K 30 fps sifatda juda yaxshi stabilizatsiya bilan yoziladi.

📟 DigiTech
🤯123👍468🫡4🔥3👏3😁2💯2🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Midjourney'ning jiddiy raqobatchisi paydo bo’ldi — Freepik jamoasi tomonidan yaratilgan Pikaso neyrotarmog’i fotorealistik rasmlarni real vaqt rejimida yaratishni o’rgandi.

Ishlatish bepul, faqat ro’yxatdan o’tish kifoya.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🤯61👍42🔥8🤩3👨‍💻3👏2😁2😨21💯1🤓1
⚡️O’yinlardagi grafika fotorealizm darajasiga chiqdi — Unreal Engine 5.3 yangi versiyasi bilan o’yindagi grafikani hayotdan ajratib bo’lmaydi.

Nurning barglardan o’tishiga e’tibor bering, toshlardagi har bir kichik yoriqlar ham aniq ko’rinmoqda.

Hozircha hamma kompyuterlar ham bunday sifatni ko’tara olmaydi, lekin 1-2 yilda bu muammoga ham yechim topiladi.

📟 DigiTech
🤯119👍535😁4🤩3💯3👨‍💻2😨2🎄21👏1
🚘 Rolls-Royce kompaniyasi anonim mijoz uchun yangi Arcadia Droptail nomli juda hashamatli va noyob avtomobilni yaratdi.

Loyihani yakunlash uchun jami to’rt yildan ortiq vaqt kerak bo’ldi — paneldagi birgina soatning o’zi ikki yil davomida ishlab chiqildi va yana besh oy davomida yig’ildi.

Avtomobil narxi taxminan 30 million dollar.

📟 DigiTech
👏111🤯61👍42🔥13😁65😡4💯3👨‍💻3🫡3🤓2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoy milliy televideniyasida butunlay neyron tarmoqlar orqali yaratilgan dunyodagi birinchi animatsion serial — Qianqiu Shisong qo’yilmoqda.

Buning uchun ChatGPT va Sora'ga o’xshash neyrotarmoqlardan tashkil topgan CMG Media GPT modellar jamlanmasi ishlab chiqilgan. Multfilm yaratuvchilarining ta’kidlashicha, dastlabki g’oyadan boshqa hamma narsa — animatsiya, tovushlar va ssenariy neyron tarmoqlar tomonidan yaratilgan.

Bu ketishda yaqinda animatorlarga ish qolmaydi.

📟 DigiTech
👍110🤯24🔥105🤔5😨4😁2👨‍💻2🫡21💯1
🛣️ Butun dunyodagi eng murakkab transport yo’li — Xitoyning Chongqing shahridagi Xuanjuvan aylana yo’li.

To’rt yo’nalishda 15 ta aylana va 20 ta yo’l mavjud bo’lib, besh qavat bir-biriga bog’langan. Eng tepasidagining balandligi 37 metrni tashkil etadi, bu 12 qavatli bino bilan teng.

Tasavvur qiling, shu yerga birinchi marta va novigatorsiz tushib qoldingiz :)

📟 DigiTech
👍120😨46😁319🤯5🔥4👏3💯2🤔1🤩1🤓1
⚡️Ilon Mask Sem Altman va OpenAI'ni sudga berdi.

U OpenAI'ni insoniyat uchun emas, balki Microsoft manfaati uchun ishlayotganlikda aybladi. Mask kompaniyadan ochiq manbaga qaytishni va OpenAI, Altman, kompaniya prezidenti Brokman va Microsoftdan umumiy sun’iy intellektdan (AGI) foyda olishni taqiqlashni talab qilmoqda.

Qiziqarli fakt: da’vo arizasida Mask GPT-4 da AGI belgilari borligini yozgan. Shuning uchun model, avvalgilaridan farqli o’laroq, yopiq.

📟 DigiTech
👏119👍45😁16🤯11😨8😡5💯4🫡42🔥2
⚡️Mercedes Mayamida ham osmono’par bino qurishni boshladi.

67 qavatli binoda 800 ta xonadon, jumladan, brend avtomobillari uslubida bezatilgan penthauslar, shuningdek, do’konlar, fitnes markazi, ofislar va 174 xonali mehmonxona bo’ladi.

Loyihani faqat 2027-yilda yakunlashni rejalashtirishmoqda, lekin uylarni taxminan narxi allaqachon e’lon qilingan:

• «Byudjet» studiya — 550 000 dollar.
• 3 xonali uy — 4 million dollar.

📟 DigiTech
👏95👍57🤯42🔥1154😁4💯3👨‍💻3😨2🫡2