AI | DigiTech
52.1K subscribers
2.55K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
👨‍💻 MWC 2024 ko’rgazmasida Lenovo kompaniyasi shaffof displeyli noutbukni namoyish etdi.

Uning klaviaturasi ham g’ayrioddiy: jismoniy tugmalar o’rniga tekis panelli sensorli klaviatura o’rnatilgan.

Hozircha bu faqat konsept, shu sabab texnik xususiyatlarini va shunga o’xshash qurilma sotuvga chiqadimi yo’qmi, aytishmadi.

📟 DigiTech
79👍36🤯106🔥5🤩5👏4🎉2👨‍💻2😨2💯1
📱MWC 2024 ko’rgazmasida HONOR Yevropa uchun flagmanlarini namoyish etdi — Magic6 Pro va Magic V2 RSR Porsche Design.

Magic6 Pro: 6,8 dyuymli displey, Snapdragon 8 Gen 3, 80 Vt 5600 mA/soat quvvatga ega batareya va x100 kattalashtirish funksiyasiga ega 180+50+50 MP kameralar. Narxi 16-512 GB uchun 1299 yevro.

Magic V2 RSR: titan ramkali, shisha tolali va eng yupqa buklanadigan korpusga ega — atigi 9,9 mm. Narxi 2700 yevro.

📟 DigiTech
👍69🤯1352🔥2👏2😁2🎉2🤓2👨‍💻2💯1
📲 Apple buklanadigan smartfonlarning chidamliligini sinovdan o’tkazdi. Sinov uchun Samsung qurilmalari tanlandi, sababi Apple qurilmalarida ushbu kompaniyaning displeylari o’rnatiladi.

Smartfonlar sinovdan o’ta olishmadi — ularda ekranning mustahkamligi bilan bog’liq muammolar borligi aniqlandi. Salbiy natijalar tufayli Apple buklanadigan iPhone'ni chiqarishga hali erta degan xulosaga keldi.

📟 DigiTech
👍187😁12510🫡9🔥62🤯2😍2💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 CyberTruck egasi avtomobilni suvga chidamliligini ulkan ko’lmakda tekshirib ko’rdi. Ko’rib turganingizdek, sinov muvaffaqiyatli o’tdi.

📟 DigiTech
🔥116👍4011🤩7👨‍💻7🤯5😁3🎉32
🚘 Xitoyda «raqsga tushadigan» YangWang U9 avtomobili sotuvlari boshlandi, u musiqaga mos chayqala oladi va bitta g’ildiragi teshilsa, uchta g’ildirakda yura oladi.

Giperkarda 1306 ot kuchiga ega to’rtta elektromotor mavjud, bir zaryadda 465 km masofani bosib o’tadi va 10 daqiqada 80 foizgacha tez quvvat oladi. U 0-100 km/soat tezlikka 2,36 soniyada erishadi, maksimal tezlik esa 309 km/soat.

Xitoyda narxi 235 000 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
💯88👍45🔥34🤯267😁5👏4👨‍💻4🤓3🤩21
🧑‍💻 Apple qurilmalari 1994, 2004, 2014 va 2024 yil fevral oyida.

📟 DigiTech
👍1783714🎉12🔥9🤯8😨4👨‍💻3👏2🥰1
⚡️Nihoyat Windows 11 ni kompyuterga restart bermasdan yangilash mumkin bo’ladi.

Microsoft qayta ishga tushirishni talab qilmaydigan yangilanishni sinovdan o’tkazmoqda. Bu Windows 11 ning dasturchilar uchun mo’ljallangan versiyasining so’nggi yangilanishidan ma’lum bo’lgan.

📟 DigiTech
👍13117🔥8🤯8💯85😁4😨4👨‍💻3🎉2🤩2
👨‍💻 Sun’iy intellekt bo’yicha Google, IBM, DeepLearning va Garvard'dan bepul kurslar. 0-dan boshlayotganlar uchun ham, professionallar uchun ham birdek mos keladi.

– IBM: sun’iy intellekt barcha uchun — asoslar;
– Google’ning yirik til modellari bilan tanishuv;
– DeepLearning'dan dasturchilar uchun ChatGPT promptlari;
- Garvard universitetidan Machine Learning va Data Science.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🔥114🤯4🫡4💯32😁2🤩2
🚘 Apple kompaniyasi elektromobil ishlab chiqish bo’yicha loyihasini to’xtatdi. Titan loyihasi ustida 10 yil ishlagandan so’ng, kompaniya sun’iy intellekt foydasiga undan voz kechishga qaror qildi.

Bu xabarga boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning bosh direktorlari reaksiyalari:

– Li Xiang (Li Auto): «Bu mutlaqo to’g’ri strategik tanlov, chunki agar sun’iy intellekt sohasida muvaffaqiyatga erishilsa, Apple kapitallashuvi 10 trillion dollarga yetishi mumkin»

– Ley Jun (Xiaomi): «Men bu yangilikni ko’rib hayratda qoldim. Biz Xiaomi'dagilar mashina yaratishning murakkabligini yaxshi bilamiz»

– Ilon Mask (Tesla): 🫡

📟 DigiTech
👍147😁80🫡309🔥6💯5👏3🤯3🤓3😡3🤩1